O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
STATISTIKA VA MOLIYA HISOBOTINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Statistika va moliya hisoboti shakllarini yanada birxillashtirish, soddalashtirish va qisqartirish, uni taqdim etish davriyligini takomillashtirish, shuningdek hisobot tizimini xalqaro standartlar talablariga yuqori darajada yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining:
moliya va statistika hisoboti shakllarini taqdim etish davriyligini qisqartirish to‘g‘risidagi 1-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini birxillashtirish va birlashtirish to‘g‘risidagi 2-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini bekor qilish to‘g‘risidagi 3-ilovaga muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrida va respublika mintaqalarida moliya va statistika hisobotini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat statistikasini 2005-yilgacha bo‘lgan davrda yanada tizimli isloh qilish kompleks dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarning qayta ko‘rib chiqilishi va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-iyun,
227-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-iyundagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllarining
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r‎

Shakllarning nomi‎‎

Davriyligi‎‎

1. Moliyaviy hisobot‎

1.1. Yirik va o‘rta korxonalar uchun:‎

1.‎ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot, 4-shakl‎ yillik‎

1.2. Kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun‎

2.‎ Buxgalteriya balansi, 1-shakl‎ yillik‎‎
3.‎ Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot, 2-shakl‎ yillik‎‎
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-iyundagi 227-son qaroriga
3-ILOVA
Bekor qilinadigan davlat statistika hisoboti shakllari
RO‘YXATI

T/r‎

Shakllarning nomi‎‎

Davriyligi‎‎

Demografiya

1.‎ Ma’muriy-hududiy tuzilmalar o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumot, V-shakl yillik
2.‎ Aholining ko‘chib yurish hisobi kartasi, M-shakl tuman bo‘yicha har chorakda

Uy-joy-kommunal xo‘jaligi

3.‎ Tabiiy gazdan foydalanish to‘g‘risida hisobot, 2-gaz shakli

Sog‘liqni saqlash

yillik
4.‎ Ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar to‘g‘risida hisobot, 1-inf. shakli oylik
5.‎ O‘rinlarning ixtisoslashuvi bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risida jamlanma hisobot, 2-sog‘liq shakli yillik
6.‎ Kunduzgi statsionar faoliyati to‘g‘risida hisobot, 14-ds shakli yillik

Ta’lim‎

7.‎ O‘quv yurtlari kutubxonalari hisoboti, 10-nk shakli yillik

Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

8.‎ Xususiylashtirilgan korxona hisoboti, 1-xususiylashtirish shakli‎ har chorakda
9.‎ Ilmiy-texnik ishlarni bajaruvchi korxona, tashkilot moddiy-texnika bazasi to‘g‘risida hisobot, 1-fan (mtb) shakli yillik

Ekologiya‎

10.‎ Atmosfera havosini (turg‘un manbalar) muhofaza qilish to‘g‘risida hisobot 2-e (havo) shakli yarim yillik
11.‎ Atmosfera havosini (ko‘chma manbalar) muhofaza qilish to‘g‘risida hisobot) 2-e (transport) shakli yillik
12.‎ Mavjud noxaridorbop hamda kasod mollar qoldig‘i to‘g‘risida hisobot, 2-savdo (noxaridorbop) shakli har chorakda

Pulli xizmatlar

13.‎ Pulli tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisobot, 1-xizmat (sog‘liq) shakli har chorakda
14.‎ Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisobot, 1-jts (xizmatlar) shakli har chorakda

Energetika‎

15.‎ Poyezdlarni tortish uchun sarflangan dizel yonilg‘isi va elektr energiyasi to‘g‘risida hisobot, 1-det shakli har chorakda

Qishloq xo‘jaligi

16.‎ Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ligi sifati to‘g‘risida hisobot, 14-qx shakli yilda 2-marta
17.‎ Moliya-xo‘jalik faoliyatining kutilayotgan natijalari to‘g‘risida hisobot, 8-qx shakli yillik
18.‎ Mavjud mineral va organik o‘g‘itlar sarfi to‘g‘risida hisobot, 9-qx shakli yillik
19.‎ Yordamchi davlat yoki kooperativ xo‘jaliklarida chorvachilikning ahvoli to‘g‘risida hisobot, 24-shakl (yordamchi) har chorakda‎
20.‎ Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xom-ashyolariga kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi to‘g‘risida hisobot, 18-zag. shakli oylik

Transport va aloqa

21.‎ Uzluksiz ishlaydigan transport to‘g‘risida hisobot, 1-tr (uzluksiz) shakli 2 yilda 1-marta
22.‎ Harakatdagi obyektlar bilan quruqlikdagi radio aloqasi texnik vositalari to‘g‘risida hisobot, 54-aloqa (radio) shakli yillik
23.‎ Umumiy foydalanilmaydigan telefon aloqasining texnik vositalari haqida hisobot, 1-aloqa shakli yillik
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 95-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda, 44-son, 507-modda)