1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyojlari uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuni 9, 15, 16 va 17 moddalariga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyojlari uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 18-iyun,
161-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 18-iyundagi 161-son qaroriga ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyoji uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyoji uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
mudofaa ehtiyojlari uchun taqdim etiladigan mulk — mudofaa ehtiyoji uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan bino, inshoot, transport vositasi, aloqa vositasi va boshqa mulk, jumladan oziq-ovqat, xom-ashyo, xarajat qilinadigan va qurilish materiallari (keyigi oʻrinlarda — mulk deb yuritilida).
moddiy vositalar kompensatsiyasi - korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — mulk egasi deb yuritilida) mudofaa ehtiyoji uchun bino, inshoot, transport vositasi, aloqa vositasi va boshqa mulk taqdim etishi natijasida ularning yoʻqotishlari va xarajatlarini urushdan keyingi vaqtda pul yoki natural koʻrinishda qaytarilishi.
3. Moddiy xarajatlarni kompensatsiya (qilinishi) toʻlovi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
a) mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etilgan va toʻliq yoʻq qilinishi natijasida tiklashning imkoni boʻlmagan mulkning bozordagi qiymati;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
b) mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etilgan mulkka yetkazilgan zarar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Mulk egasining yoʻqotilgan foydasi kompensatsiya qilinmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Mudofaa ehtiyoji uchun mulkni taqdim etish natijasida yetkazilgan moddiy zararlarni kompensatsiya qilish ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. MUDOFAA EHTIYOJI UCHUN MULKNI TAQDIM ETISH TARTIBI
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
7. Mudofaa ehtiyoji uchun mulk urush davrida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.09.00.00 Qoʻshinlarni taʼminlash]
8. Mudofaa ehtiyoji uchun mulkni taqdim etish mulk egasi tomonidan uni Oʻzbekiston Respubikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalariga berish bilan bir vaqtda mulk egasiga mulk berilganligini tasdiqlovchi xujjatni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Mulkni berishda uni berish vaqtidagi oʻlchami, soni, texnik tavsifi va holati koʻrsatiladi, turar va noturar binolarni berishda elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvni hisobga oluvchi priborlar mavjud boʻlsa ularni berish vaqtidagi koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.09.00.00 Qoʻshinlarni taʼminlash]
9. Mudofaa ehtiyojlari uchun turar va noturar binolar taqdim etilgan davrda kommunal xizmatlar boʻyicha (elektr, gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik va oqova suv taʼminoti), qattiq va yumshoq maishiy chiqindilar, shuningdek, telefon aloqa xizmatlari xarajatlarini qoplanishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
III. AMALGA OSHIRILGAN MODDIY XARAJATLARNI KOMPENSATSIYA QILISH HAQIDAGI MUROJAATLARNI KOʻRIB CHIQISH TARTIBI
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Mulk egasi yoki uning vakili kompensatsiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda yozma ravishda murojaat qiladi:
a) quyidagilar aks ettirilgan mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etish natijasida amalga oshirilgan moddiy xarajatlarni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning familiyasi va ismi (yuridik shaxslar uchun);
familiyasi, ismi va otasining ismi, STIR, yashash manzili (talefon raqami) (jismoniy shaxslar uchun);
b) faqat yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
v) faqat yuridik shaxslar uchun — pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga mulkni taqdim etganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
d) mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etilgan mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
e) yuridik va jismoniy shaxslar uchun — vakil sifatida murojaat qilish huquqini tasdiqlovchi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
j) amalga oshirilgan moddiy xarajatlar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
11. Mulk egasi yoki uning vakilining moddiy xarajatlar uchun kompensatsiya toʻlovi toʻgʻrisidagi murojaati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki qoʻshimcha oʻrganishlar va (yoki) tekshiruvlar olib borilishi talab etilganda esa — bir oy muddatgacha boʻlgan vaqtda koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish mobaynida ushbu Nizomda koʻrsatilgan tartibda keyinchalik yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish bilan taqdim etilgan mulkni mulk egasiga yoki uning vakiliga qaytarish chorasini koʻradi.
Turar va noturar joylar qaytarilganda ulardagi elektrenergiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvlarda hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda ulardagi qaytarib berish vaqtidagi koʻrsatkichlar koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi mulk egasining yoki uning vakilining murojaatini koʻrib boʻlgandan soʻng uch kun ichida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaatchini yozma ravishda xabardor etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Mudofaa ehtiyoji uchun mulkni taqdim etganlikni tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda moddiy xarajatlar kompensatsiyasi amalga oshirilmaydi.
IV. KOMPENSATSIYA QILINADIGAN MODDIY XARAJATLAR MIQDORI VA MUDDATINI ANIQLASH TARTIBI
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
15. Moddiy xarajatlarni kompensatsiyasi miqdoridini aniqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilik bilan belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlarni shartnoma asosida jalb qilgan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakolatli davlat organlari va tashkilotlaridan mudofaa ehtiyoji uchun mulkni taqdim etish natijasida mulk egasining moddiy xarajatlari kompensatsiyasi bilan bogʻliq zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mulk egasining yoki uning vakilining murojaatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha uch kun ichida kompensatsiya miqdorining asoslantirilgan hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hujjatlarni qabul qilib olgan kundan 10 kun ichida:
taqdim etilgan hisob-kitoblarning toʻgʻriligi, kompensatsiyani toʻlovini moliyalashtirish manbasi va muddatini belgilaydi;
kompensatsiya toʻlovi miqdori, moliyalashtirish manbasi va muddatlarini, shuningdek, kompensatsiya toʻlovi boʻyicha javobgar vazirlik, idoralarni belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi;
koʻrsatilgan qaror loyihasini koʻrib chiqish va oʻrnatilgan tartibda qabul qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
19. Zarur hollarda, mulk egasi yoki uning vakili bilan kelishgan holda moddiy xarajatlar qiymatiga teng boʻlgan mulkni mulk egasi yoki uning vakiliga berish orqali moddiy xarajatlar kompensatsiyasi natural koʻrinishda berilishi mumkin.
Ushbu holatda Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda qaror loyihasiga kompensatsiyani natural koʻrinishda berishga javobgar boʻlgan vazirlik yoki idoraga aniq topshiriqni belgilovchi taklifini kiritadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
20. Moddiy xarajatlar kompensatsiyasini toʻlash (berish) uchun javobgar vazirlik, idora qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida mulk egasi yoki uning vakilini kompensatsiyani amalga oshirishga tayyorligi toʻgʻrisida xabardor etadi va qarorda koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda moddiy xarajatlarni oʻz vaqtida va toʻliq kompensatsiyasini taʼminlaydi.
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
22. Mulk egalarining mulklarni mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etishlari natijasida moddiy xarajatlar kompensatsiyasi masalalarida yuzaga kelgan bahs va munozaralar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyoji uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaa ehtiyoji uchun vazifalarni bajarishda amalga oshirgan xarajatlarini kompensatsiya qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
I-bosqich
Mulk egasi
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz mulkida boʻlgan bino, inshoot, transport vositasi, aloqa vositasi va boshqa mulkni mudofaa ehtiyoji uchun taqdim etish.
1. Mudofaa vaziligining ehtiyojlariga qarab.
→
→
2. Kompensatsiya olish uun zarur hujjatlar roʻyxatini tayyorlaydi.
→
2. 10 kun ichida
3. Hujjatlar toʻplamini Mudofaa vazirligiga yuboradi.
3. 3 kun ichida
↓↑
II-bosqich
Mudofaa vazirligi
1. Mudofaa ehtiyoji uchun mulkni taqdim etganlikni tasdiqlovchi hujjatni mulk egasiga beradi (qabul qilish dalolatnomasi, nakladnoy va boshqalar).
1. Taqdim etilgan vaqtda
2. Qabul qilingan mulkdan maqsadli foydalanadi.
2. Urush davrida
→
→
3. Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi, bunda:
a) mulk mavjud boʻlsa uni mulk egasiga qaytaradi;
b) kompensatsiya qilinadigan xarajatlar miqdorini aniqlaydi.
→
3. 15 kun ichida
4. Zarur hollarda qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib oladi, qoʻshimcha oʻrganishlar (tekshiruvlar) oʻtkazadi.
4. 1 oygacha
5. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha mulk egasi yoki uning vakilini xabardor etadi va natijalarini Moliya vazirligiga yuboradi
5. 3 kun ichida
↓
III-bosqich
Moliya vazirligi
1. Kompensatsiya qilinadigan xarajatlar uchun taqdim etilgan hisob kitoblar toʻgʻriligini tekshiradi, kompensatsiya toʻlovining moliyalashtirish manbasi va muddatlarini aniqlaydi.
2. Kompensatsiya toʻlovi miqdori va turi (natural yoki pul koʻrinishdagi), moliyalashtirish manbasi va muddatlarini, shuningdek, kompensatsiya toʻlovi boʻyicha javobgar vazirlik, idoralarni belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Hukumatining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi va oʻrnatilgan tartibda kelishilgan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10 kun ichida
→
→
→
↓
IV-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
1. Qaror loyihasini koʻrib chiqadi va qabul qiladi.
2. Qabul qilingan qarorni Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va kompensatsiyani toʻlashga (berishga) javobgar boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentiga asosan
→
→
→
↓
V-bosqich
Kompensatsiya toʻlovi (berilishi) uchun javobgar vazirlik (idora)
1. Kompensatsiyani amalga oshirishga tayyorligi toʻgʻrisida mulk egasi yoki uning vakilini xabardor etadi.
1. 3 kun ichida
→
→
2. Moddiy xarajatlarni oʻz vaqtida va toʻliq kompensatsiyasini taʼminlaydi.
→
2. Qarorda koʻrsatilgan muddat boʻyicha
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kompensatsiya natijalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
3. Toʻliq toʻlangan (berilgan) vaqtdan boshlab 3 kun chichida