Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va oʻqitilayotgan fanlar boʻyicha innovatsiyalar, shuningdek oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi soʻnggi yutuqlarni chuqur oʻrganish;
yuqori samarali zamonaviy taʼlim va innovatsiya texnologiyalari, ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy oʻquv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash;
oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining global Internet tarmogʻi, multimedia tizimlari va masofadan oʻqitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni oʻquv jarayoniga faol tatbiq etishi;
oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy oʻzlashtirish darajasini oshirish va undan oʻz kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishi uchun keng foydalanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralarning qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish borasida mamlakatimizning ushbu yoʻnalishlarda Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ilmiy kengashlari, zarur uslubiy, oʻquv-laboratoriya va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega 18 ta yetakchi oliy oʻquv yurti hamda davlat muassasasini oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlashni tashkil etish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari sifatida belgilashga doir taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Quyidagilar Tayanch oliy oʻquv yurtlarining asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
qayta tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
ushbu kurslarda mashgʻulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada oʻtkazish uchun zarur oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazani shakllantirish;
oliy oʻquv yurtining yetakchi oʻqituvchilarini va Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash aʼzolarini, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa oliy oʻquv yurtlarining yuqori malakali oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar, oʻquv-uslubiy xodimlar va amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun keng jalb etish;
qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha zarur axborot-maʼlumot bazasini shakllantirish, zamonaviy innovatsion pedagogika, multimedia va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va qayta tayyorlash jarayoniga tatbiq etish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilar uchun ularning ochiq maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishi, oʻtilgan darslarning muhokama qilinishi va tanqidiy tahlil etilishiga asoslangan pedagogik amaliyotni tashkil etish;
kurslarning viloyatlardan kelgan tinglovchilariga qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida oliy oʻquv yurtlari turar joylaridan joy ajratish boʻyicha choralar koʻrish.
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari sifatida belgilangan oliy oʻquv yurtlari rektorlari zimmasiga qayta tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yuksak saviyada tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, mamlakatimiz taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta doimiy asosda 1-ilovaga muvofiq Tayanch oʻquv yurtlarining doimiy faoliyat koʻrsatadigan kurslarida qayta tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlanishi va malakasini oshirishi shart;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi oʻquv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soatlik maxsus dasturlarning 144 soat hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144 soati toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 06/19/5789/3659-son)
kurslar yakunida tinglovchilar har bir Tayanch oliy oʻquv yurtida tashkil etiladigan oliy oʻquv yurti rektori yoki Fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash raisi rahbarligidagi ilmiy kengash aʼzolari, oʻquv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislardan tashkil topgan kamida 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtadi;
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan kurs tinglovchilariga 3-ilovaga muvofiq davlat namunasidagi qatʼiy hisobdorlik hujjati hisoblangan malakaviy attestat beriladi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtolmagan oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari belgilangan muddatda takroriy qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtishi shart;
oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari takroriy attestatsiyadan oʻtolmagan taqdirda, oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini yoʻqotadi va ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish yakunlariga koʻra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog kadrlar tegishli yoʻnalish boʻyicha boʻsh pedagog lavozimini egallash tanlovidan oʻtishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Tayanch oliy oʻquv yurtlarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarning asosiy ish joyida egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi oʻqish davrida saqlab qolinadi.
Oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan kurslar faoliyati 2015-yilning 1-sentabridan tashkil etilsin.
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2015-yilning 1-avgustiga qadar oliy oʻquv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi oʻquv rejasining tasdiqlangan Namunali tarkibini inobatga olgan holda, oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangilangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oliy oʻquv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha Tayanch oliy oʻquv yurtlari Attestatsiya komissiyalari raislari lavozim maoshiga 30 foiz miqdorida ustama haq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda Attestatsiya komissiyalari raislari qayta tayyorlashdan oʻtgan va malaka oshirgan rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning sifat darajasiga, qarorlar qabul qilishda xolislik, oshkoralik va prinsipiallik uchun shaxsan javob berishi belgilab qoʻyilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon ijrosini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin va unda quyidagilar koʻzda tutilsin:
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;
oliy oʻquv yurtlari rahbar va oʻqituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Tayanch oliy oʻquv yurtlarining oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikasi va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash choralari.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentabrdagi 273-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoni)”gi qarori.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-iyun,
PF-4732-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yurtlari rahbar va oʻqituvchi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha tayanch oʻquv yurtlari
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tayanch oliy oʻquv yurti nomi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti

Energetika

Metallurgiya

Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

Elektronika va asbobsozlik

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish

Konchilik ishi

Geologiya, foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish

Neft va gaz konlarini izlab topish va foydalanishga topshirish

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Texnologik mashinalar va jihozlar

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Tashuvlarni tashkil etish va transport logistikasi

Havodagi harakatni boshqarish

2.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Axborot tizimlarini matematik va dasturiy taʼminlash

Informatika va axborot texnologiyalari

Axborot xavfsizligi

Kompyuter grafikasi va dizayn

Telekommunikatsiya texnologiyalari

Televizion texnologiyalar

Maxsus yoritish texnologiyalari

Pochta aloqasi texnologiyasi

Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

Radioelektron qurilmalar va tizimlar

Kompyuter texnologiyalari va informatika

3.

Oʻzbekiston milliy universiteti

Matematika

Tabiiy fanlar

Psixologiya

Sotsiologiya

Falsafa

Jurnalistika

Tarix

Filologiya

4.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agronomiya

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Oʻsimliklar himoyasi va karantin

Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi
Zootexniya

Ipakchilik

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
Vetenariya

Qishloq xoʻjaligida menejment

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Kimyo texnologiyasi

Biotexnologiya

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi

Oziq-ovqat texnologiyasi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi

Tasviriy sanʼat va ?uhandislik grafikasi

Pedagogika va psixologiya

Musiqa taʼlimi

Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi

Boshlangʻich taʼlim

Maktabgacha taʼlim

Defektologiya

Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat

7.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Filologiya va tillarni oʻqitish

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

8.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi

Texnologik mashinalar va jihozlar

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi texnologiyasi va uni qayta ishlash

Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiyot

Menejment

Marketing

Moliya

Bank ishi

Soliqlar va soliqqa tortish

Buxgalteriya hisobi va audit

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

Sugʻurta ishi

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi

Turizm

10.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Arxitektura

Bino va inshootlar qurilishi

Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi

Avtomobil yoʻllari va aerodromlar

Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish

Geodeziya, kartografiya va kadastr

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Davolash ishi

Pediatriya ishi

Tibbiy profilaktika ishi

Stomatologiya

Farmatsiya (turlari boʻyicha)

Sanoat farmatsiyasi

Oliy hamshiralik ishi

Harbiy tibbiyot

12.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat

Sport faoliyati

13.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

Bastakorlik sanʼati

Sanʼatshunoslik

Aktyorlik sanʼati

Rejissorlik

Dirijorlik

Vokal va cholgʻu ijrochiligi

Xoreografiya

Kino-teleoperatorlik

Xalq ijodiyoti

14.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish

Suv xoʻjaligi va melioratsiya

Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Yer tuzish va yer kadastri

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash

Qishloq xoʻjaligini elektrifikatsiya qilish va avtomatlashtirish

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Yurisprudensiya

Huquqshunoslik

16.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

Oʻzbek tili filologiyasi

Oʻzbek tili va adabiyoti

Oʻzbek-ingliz tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti

17.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Zooinjeneriya

Veterinariya tibbiyoti

18.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi

Tasviriy va amaliy sanʼat

Dizayn

Sanʼatshunoslik: tasviriy va amaliy sanʼat

Muzeyshunoslik (badiiy taʼlim yoʻnalishlarida)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi oʻquv rejasining
NAMUNAVIY TUZILMASI

T/r

Oʻquv modullari

Oʻquv yuklamasini taqsimlash

1.

Oliy taʼlimning normativ-huquqiy asoslari

5%

2.

Taʼlimning ilgʻor texnologiyalari va pedagogik mahorat

15%

3.

Taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash

10%

4.

Xorijiy tilning amaliy kursi

15%

5.

Tizimli tahlil qilish va qarorlar qabul qilish asoslari

10%

6.

Maxsus fanlar

30%

7.

Pedagogik amaliyot

10%

8.

Malakaviy attestatsiya

5%

Jami

100%

Izohlar:
1. Qayta tayyorlash kursining davomiyligi: 288 soat.
2. Oʻquv rejaning namunaviy tuzilmasida modullar boʻyicha oʻquv yuklamalarni oʻrtacha taqsimlash koʻrsatkichlari joriy qilingan.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qayta tayyorlashdagi aniq yoʻnalishlarning oʻquv rejalari sohaning spetsifikasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (5 foizdan ortiq ogʻishishga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda yoʻl qoʻyiladi).
(izohning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qayta tayyorlashning oʻquv rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga tasdiqlanadi.
(izohning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga
3-ILOVA

‎‎
‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi gerbi

‎ Oʼzbekiston Respublikasi

‎‎ Qayta tayyorlash



‎MALAKA ATTESTATI

‎MA №

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil ______________________________________ dan 20________________ gacha

‎ _____________________________________________________________________ da ‎

‎‎(Qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)

‎‎_______________________________________________________ soatga ‎‎moʼljallangan
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(Qayta tayyorlash kursining nomi)
‎‎

‎qayta tayyorlsh kursida taʼlim olib, ‎_____________________________________________
‎___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Attestatsiya
‎‎‎
‎‎komissiyasida ____________________________________________ bahoga himoya qildi.


‎‎‎
‎Muhr oʼmi ‎

Rektor _____________‎

‎‎Attestatsiya komissiyasi
raisi
___________

‎‎Sana _______________ ‎‎Qayd raqami __________________
Davlat namunasidagi qayta tayyorlash
MALAKA ATTESTATI
(tavsifi)
Qayta tayyorlash va malaka oshirish toʻgʻrisidagi malaka attestati A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash MALAKA ATTESTATI” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MA va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Attestat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda olti karra himoyaga ega.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 312-modda; 2016-y., 48-son, 548-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda, 37-son, 981-modda; 37-son, 981-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 06/19/5789/3659-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)