Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
FERMERLARNI, XUSUSIY TADBIRKORLARNI HAMDA KICHIK BIZNES BOSHQA SUBYEKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORa-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va uning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, uni iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligining muhim omiliga aylantirish, shuningdek Toshkent viloyati misolida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yangi shakllarini sinab koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Quyidagilar:
Toshkent viloyatining oʻz faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar kompleksi ilovaga* muvofiq;
* Ilova berilmaydi.
tijorat banklarining tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda kredit berish uchun maxsus kredit jamgʻarmasi tashkil etish boʻyicha tashabbusi maʼqullansin.
Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa bozorga oid tuzilmalar bilan birgalikda Toshkent viloyati tadbirkorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2000-yil 1-iyulgacha Toshkent viloyatining kamida 100 fermer xoʻjaligiga 10 ming AQSh dollariga teng miqdorgacha xorijiy valyutada yoki milliy valyutada mikrokreditlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, tijorat banklari fermer xoʻjaliklariga, xususiy tadbirkorlarga hamda kichik biznesning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berishning soddalashtirilgan tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va amaliyotga kiritsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi ular tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi va koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazmasdan vakolatli banklarda valyuta hisob raqamlari ochish uchun asos hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34— OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta hisob raqamlari ochilgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi axborot, oyning 5-kunidan kechikmay, har oyda vakolatli banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34— OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish shaklini bir hafta muddatda belgilasin.
5. Ushbu qaror bilan maʼqullangan chora-tadbirlar kompleksining bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgarlik Toshkent viloyati hokimi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-mart,
75-son