|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-martdagi PQ-2325-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-martdagi PQ-2325-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 59-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Ustavni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-may,
132-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 132-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
roʻyxati
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qarori)” 2008-yil 25-noyabrdagi 256-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 62-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 259-modda)