Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYORLASh, SAQLASh, EHTIYOTLASh VA TOPShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarining ish bilan to‘liq band qilinishini ta’minlash, shuningdek respublikaning xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-yanvardagi 10-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda; )
3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzishda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirishning ushbu tartibiga qat’iy amal qilsinlar.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha qora va rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash topshiruvchi tashkilotlarni metall parchalarini va chiqindilarini topshirganlik uchun rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxda amalga oshiriladi.
5. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yig‘ish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga topshirish yuzasidan shaxsan javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qora, rangli metallar chiqindilarining hosil bo‘lish manbalari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsinlar, ularni o‘g‘irlash va respublika tashqarisiga olib ketishga urinish hollarining qat’iy oldini olsinlar.
(3–6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-fevraldagi 61-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-noyabrdagi 457-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qarori tahririda. Mazkur bandning rus tilida matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
49-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 49-son qaroriga
1-ILOVA
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish
TARTIBI
Ushbu Nizom qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini (bundan keyin “qora va rangli metallar parchalari va chiqindilari” so‘zlari o‘rniga “metall parchalari” so‘zlari qo‘llanadi) tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va yetkazib berish xususiyatlarini tartibga soladi hamda uni barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, kompaniyalar, xoldinglar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarish, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, majburiy hisoblanadi.
I. TOPShIRIQLARNI TAYYORLASh, TASDIQLASh, TAQSIMLASh VA ShARTNOMALAR TUZISh
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (topshirish) bo‘yicha topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va joriy yilning oktyabr oyidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tasarrufida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar (bundan keyin “mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” so‘zlari o‘rniga “metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” so‘zlari qo‘llanadi) bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar metall parchalari tayyorlash (topshirish) bo‘yicha topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda metall parchalari tayyorlash (topshirish)ning, uning turlari ko‘rsatilgan holdagi, bir yil uchun belgilangan topshiriqlarini tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga yetkazadilar. Tayyorlash (topshirish) topshirig‘i bo‘lmagan taqdirda har qanday yuridik shaxsda to‘plangan metall parchalarining hammasi “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (bundan keyin “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rniga “tayyorlovchi” qo‘llanadi) korxonalariga topshirilish majburiydir.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
3. Xuddi shu muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xoldinglar, uyushmalar tasdiqlangan topshiriqlar asosida o‘z tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga, metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini, ularni shaharlar, tumanlar, viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha jamlash hamda metall parchalari topshirish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun, tayyorlovchilar rekvizitlari ko‘rsatilgan holda jo‘natadilar.
4. Metall parchalari tayyorlash (topshirish) hajmlari bo‘yicha tasdiqlangan topshiriqlarga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno hollarda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi metall parchalarini topshirish va yetkazib berish nazarda tutilgan yil choragi (oy) boshlangungacha 30 kundan kechikmay topshiriqqa tuzatish kiritishi mumkin.
 LexUZ sharhi
4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
5. Metall parchalaridan o‘zining metall quyish ishlab chiqarishida foydalanish to‘g‘risidagi takliflar metall parchalari topshiruvchilar tomonidan kiritiladi hamda Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga binoan amalga oshiriladi. Bunda o‘zining metall quyish ishlab chiqarishi uchun foydalanilgan metall parchalari hajmlari tayyorlovchiga berilgan ma’lumotnoma asosida metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshirig‘i bajarilishiga qo‘shiladi.
 LexUZ sharhi
5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
II. MIQDORI, SIFATI, TOPShIRISh VA YETKAZIB BERISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari bo‘yicha — “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasi, rangli metall parchalari bo‘yicha — “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakolatli tayyorlovchilar hisoblanadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
7. Tayyorlovchilarning vakillari hech bir istisnosiz barcha metall parchalari yig‘uvchilarni, topshiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni metall parchalarini yig‘ish, saqlash, ishlatish va jo‘natishning to‘g‘riligi bo‘yicha, shuningdek metall parchalari hosil bo‘ladigan joylarni tekshirishga haqlidirlar.
8. Metall parchalari topshiruvchilarda hosil bo‘ladigan metall parchalarining hammasi tayyorlovchiga topshirilishi majburiydir.
9. Metall parchalari topshiruvchilar metall parchalarini yig‘ish, saqlash va jo‘natishni o‘z kuchi va vositalari bilan bajarishga majburdirlar. Metall parchalarini jo‘natish muddatlari har oyda, teng ulushlarda belgilanadi.
10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Tartibning buzilishi, shuningdek metall parchalarining yo‘q qilinishi va yaroqsizlantirilishi, ularning axlatxonaga hamda ushbu korxona va tashkilotlarga biriktirilmagan hududlarga olib borib tashlanishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlovchining vakili metall topshiruvchining vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma mazkur Tartibda nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
11. Metall parchalarining jo‘natish vaqtida aniqlanadigan miqdori (og‘irligi) va sorti tayyorlovchi tomonidan metall parchalari qabul qilib olingandan keyin qabul qilish dalolatnomalarida aniqlashtiriladi. Qabul qilish dalolatnomalari hisob-kitob qilish va tayyorlash topshirig‘ining bajarilishini hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
III. QABUL QILISh TARTIBI
12. Avtomobil transportida tayyorlovchiga yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifatiga ko‘ra qabul qilinadi hamda qabul qilish natijalari topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda tayyorlovchiga yetkazib berilgan metall parchalari yuzasidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi esa metall parchalari topshiruvchiga beriladi.
13. Metall parchalari tayyorlovchiga temir yo‘l transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda har bir temir yo‘l vagoni, konteyner uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi vagon, konteyner oluvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab, vagon, konteyner yetib kelgan kunni hisobga olmasdan, ko‘pi bilan ikki sutka mobaynida uch nusxada tuziladi. Tayyorlovchida olib kelingan metall parchalari sifati bo‘yicha e’tiroz paydo bo‘lgan taqdirda, u ushbu metall parchalarini mas’ul saqlovchida qoldiradi va metall parchalari topshiruvchining vakilini chaqirtiradi.
14. Metall parchalari topshiruvchi tomonidan tayyorlovchiga portlash xavfi bo‘lgan, kimyoviy jihatdan toza bo‘lmagan va radioaktivli metall parchalarining jo‘natilishi taqiqlanadi.
IV. HISOB-KITOB QILISh TARTIBI
15. Metall parchalari topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3438-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
16. Ushbu Tartibning 8, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun metall parchalari topshiruvchidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima undiriladi.
17. Iqtisodiy sanksiyalarning qo‘llanishi metall parchalarini majburiy topshirishdan ozod qilmaydi.
18. Metall parchalarini yo‘q qilganlik va yaroqsizlantirganlik, axlatxonaga va metall parchalari topshiruvchiga biriktirilmagan hududga olib borib tashlaganlik uchun metall parchalari topshiruvchi korxona, tashkilot rahbariga tayyorlovchining vakolatli vakillari tomonidan metall parchalari topshiruvchining vakillari bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar asosida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan pul jarimasi solinadi.
19. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek metall parchalarini qabul qilishni asossiz rad etganlik uchun tayyorlovchi metall parchalari topshiruvchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Metall parchalari topshiruvchilar ikki hafta muddatda tayyorlovchi vakilining iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha xatti-harakati yuzasidan “O‘zmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xo‘jalik hisobidagi boshqarmasiga va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, ularning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda esa — xo‘jalik sudiga shikoyat qilishga haqlidir.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 4-5-son, 28-modda; 37-38-son, 379-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)