Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 80-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidirish va qutqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati Muvofiqlashtirish kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzaviatsiya” agentligi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi uch oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror bilan muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-aprel,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 80-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati — maxsus vakolatli boshqaruv organining vazifalari, funksiyalari, shuningdek, uning mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati (keyingi oʻrinlarda YAAQQX deb ataladi) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidirish va qutqarish ishlarini tashkillashtirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi asosida qutqaruv ishlarini olib borish uchun belgilangan.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
halokatga uchragan havo kemasi — yerda harakatlanayotganda, parvoz qilish, uchish, qoʻnishda yoki qulash natijasida jiddiy zarar koʻrgan yoxud butunlay vayron boʻlgan, shuningdek, aerodrom tashqarisida favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan havo kemasi;
halokatga uchrayotgan havo kemasi — oʻziga yoki bortidagi shaxslarga bevosita xavf paydo boʻlgan yoki radioaloqa yoʻqolgan va joylashgan joyi nomaʼlum boʻlgan havo kemasi;
qidiruv-qutqaruv kuch va vositalari — qutqaruv va hayotni taʼminlash uskunalari va ekipajlari boʻlgan havo kemalari, avariya-qutqaruv anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari hamda ularni halokat yeriga yetkazuvchi vositalar, aloqa punktlari, nazorat va boshqaruv organlari;
qidiruv-qutqaruv ishlari — halokatga uchragan havo kemalarining yoʻlovchilari va ekipajlarini qidirish va qutqarish maqsadida olib boriladigan umumlashtirilgan amaliyotlar;
qidiruv-qutqaruv boʻlinmasi (guruhi) — qidiruv-qutqaruv ishlarini tezkor oʻtkazish uchun taʼlim olgan xodimlardan iborat va mos uskunalar bilan jihozlangan boʻlinma (guruh).
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarining yoʻlovchilari va ekipajlarini qidirish va qutqarishni taʼminlash uchun YAAQQX tarkibiga kiruvchi aviatsiya qismlari, boʻlinmalari, vazirlik, idoralar va aviakompaniyalar (keyingi oʻrinlarda YAAQQX kiruvchi tashkilotlar deb ataladi) qidiruv-qutqaruv kuch va vositalarining kecha-kunduz davomida navbatchiligi tashkillashtiriladi.
5. Navbatchilikni, ogohlantirishni, halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidirish va qutqarishni, qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish, shuningdek, YAAQQX kiruvchi tashkilotlarning hamkorligi va harakatlarini muvofiqlashtirish YAAQQX Muvofiqlashtirish kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini amalga oshirish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
6. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasining ekspluatanti YAAQQXga barcha kerakli maʼlumotlarni taqdim etishga majburdir.
II. YAAQQX boshqaruv organi
7. YAAQQX faoliyatini boshqarish uchun YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlar vakillari qatoridan aviatsiya qidiruv va qutqaruv ishlari boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashi (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtirish kengashi deb ataladi) tuziladi.
Muvofiqlashtirish kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Muvofiqlashtirish kengashi rais, rais oʻrinbosari va Muvofiqlashtirish kengashi aʼzolaridan iborat.
9. Muvofiqlashtirish kengashning raisi Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondoni hisoblanadi.
Muvofiqlashtirish kengashi raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
III. YAAQQX vazifalari
10. YAAQQX asosiy vazifalari quyidagicha:
idoraviy qidiruv-qutqaruv xizmatlarining kecha-kunduz davomida navbatchiligini tashkil etish va taʼminlash;
manfaatdor xizmatlar va tashkilotlarga halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari toʻgʻrisida xabar berish;
halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi bilan maʼlumot almashinish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari yoʻlovchilari va ekipajlarini qidirish va qutqarishni amalga oshirish;
havo kemalarining halokatga uchragan yoʻlovchilari va ekipajlariga birinchi zarur boʻlgan tibbiy yordamni koʻrsatish;
tashkilotlarda parvozlarning qidiruv-qutqaruv taʼminotini muvofiqlashtirish, ushbu ish holatini nazorat qilish va uni yanada takomillashtirish choralarini koʻrish;
YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatlari uchun tashkiliy va uslubiy masalalar boʻyicha koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
parvozlarning qidiruv va avariya-qutqaruv taʼminoti sohasi boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun moʻljallangan qidiruv, qutqaruv, hayotda omon qolish va evakuatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqishda, buyurtma berishda va ularni ishga tushirishda yagona texnik siyosatni amalga oshirishda ishtirok etish;
oʻz vakolatlari doirasida aviatsiya qidiruv-qutqaruv faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish.
IV. YAAQQX funksiyalari
11. YAAQQXning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar quyidagi funksiyalar uchun javobgardir:
a) YAAQQX Muvofiqlashtirish kengashi:
YAAQQX qidiruv-qutqaruv xizmatlarining kecha-kunduz davomida navbatchiligini tashkil etish;
halokatga uchragan havo kemalarining yoʻlovchilari va ekipajlarini qidirish va qutqarishda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshqarish;
YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning qutqaruv xizmatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarining yoʻlovchilari va ekipajlarini qidirish va qutqarishda oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtirish;
qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarish uchun aeroportlar (aerodromlar) avariya-qutqaruv xizmatlarining (boʻlinmalarining) guruhlari va texnik vositalari, shuningdek, YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kuch va vositalari oʻz vaqtida faollashtirilishini nazorat qilish;
parvozlarni boshqarish organlari bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilingan idoralarning havo kemalarini aeroportlarda (aerodromlarda) cheklovsiz qoʻndirish va uchirish, navbatsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish;
noqonuniy aralashuv obyekti ekanligi maʼlum boʻlgan yoki taxmin qilingan havo kemasiga yordam koʻrsatish uchun zarur choralarni koʻrish;
xalqaro shartnomalar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlari faoliyatini optimallashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qidiruv-qutqaruv faoliyati sohasidagi xalqaro manfaatlarini ifodalash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga boʻysunadigan qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining kecha-kunduz davomida navbatchiligini tashkil etish;
halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi bilan maʼlumot almashinishni tashkil etish;
manfaatdor tashkilotlarni halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
YAAQQX tarkibiga kiruvchi tashkilotlar bilan halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarining yoʻlovchilari va ekipajlari toʻgʻrisida maʼlumot almashinishini taʼminlash;
aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, jabrlanganlarga birinchi zarur tibbiy yordamni koʻrsatish;
avariya-qutqaruv xizmatlarining kuchlari va vositalarini, davlat komissiyasi aʼzolarini (agar zarur boʻlsa) halokatga uchragan havo kemasi hududiga yetkazish, shuningdek, evakuatsiya choralarini koʻrish maqsadida havo kemalari bilan taʼminlash;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzaviatsiya agentligi” deb ataladi):
sodir boʻlgan voqea toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zudlik bilan xabar berishni tashkil etish;
havo kemasi halokatga uchragan joyga vakillarning joʻnashini tashkil etish, ularning harakatlarini prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vakillari bilan muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻrish, tergov uchun zarur materiallarni yigʻish;
g) “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi:
kompaniyaga boʻysunuvchi qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining kecha-kunduz navbatchiligini tashkil etish;
halokatga uchrayotgan havo kemasi bilan maʼlumot almashinishni tashkil etish va amalga oshirish;
oʻzaro hamkorlik qiluvchi xizmatlarni halokatga uchragan havo kemasi toʻgʻrisidagi zarur axborot bilan taʼminlash;
aviakorxonalarning navbatchi qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini shay holatga keltirish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish davomida ularning harakatlariga tezkor rahbarlik qilish;
qidiruv-qutqaruv ishlarini oʻtkazishda yer usti qidiruv-qutqaruv guruhlari va qidiruv havo kemalarining ishtirokini taʼminlash;
davlat komissiyasi aʼzolarini havo kemasi halokatga uchragan joydan eng yaqin aeroportga olib borish uchun ekipajli havo kemasi ajratish;
havo kemasining halokati toʻgʻrisidagi axborot boshqa manbadan olingan boʻlsa, havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimining tegishli markazlarini, havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish organlarini va aeroport (aerodrom) direktorini xabardor qilish;
halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi toʻgʻrisida uzluksiz axborot toʻplash, shuningdek, qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarining olib borilishi toʻgʻrisidagi axborotni manfaatdor tashkilotlarga yetkazish;
havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimining bosh markazi bilan birgalikda qidiruv hududida qidiruv havo kemalarining ishlashini taʼminlash;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga boʻysunuvchi qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining kecha-kunduz navbatchiligini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimlarining qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb etilgan kuch va vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
halokatga uchragan havo kemalari yoʻlovchilari va ekipajlarini yerdan qidirish va qutqarishni tashkil etish va amalga oshirish;
avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazish, jabrlanganlarga birinchi zarur tibbiy yordam koʻrsatish;
qoʻshimcha kuch va vositalarni (zarurat boʻlganda) jalb etish;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
begona shaxslar va avtotransport vositalarining kirishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida havo kemasi halokati joyini (bagajni) oʻrab olish va qoʻriqlash;
yoʻl harakatini tartibga solish, nazorat-oʻtkazish punktlarini tashkil etish;
yongʻinlarni oʻchirish, ular bilan bogʻliq birinchi navbatdagi avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazishda ishtirok etish;
havo kemasi halokatga uchragan joyda tezkor-tergov tadbirlarini oʻtkazish;
halokat sodir boʻlgan joydan odamlar va begona avtotransportni evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
halokatga uchragan havo kemasini olib ketish yoʻnalishi boʻyicha kuzatib borishni tashkil etish;
boshqaruv organlarini, oʻzaro hamkorlik qiluvchi va nazorat qiluvchi tashkilotlarni oʻtkazilgan maxsus ishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor qilish;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
vakilning halokat joyiga borishini va tezkor vaziyatga muvofiq keyingi harakatlarni bajarishini tashkil etish;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
halokat joyiga tibbiyot xodimlari bilan zarur miqdorda “Tez yordam” avtomobillari yuborilishini tashkil etish, uzluksiz navbatchilikni tashkil etish;
jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish va ularni halokat zonasidan evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etish;
halokatga uchragan havo kemalari yoʻlovchilari va ekipajlariga birinchi zarur tibbiy yordam koʻrsatish;
zarur miqdordagi dori-darmonlar va tibbiy anjomlar bilan taʼminlash;
tan jarohati olgan shaxslarni tibbiyot muassasalariga yuborishni tashkil etish, ularning hisobini yuritish;
i) mahalliy davlat hokimiyati organlari:
halokatga uchragan havo kemasini qidirish va qutqarishni amalga oshirishda har qanday yordam koʻrsatish hamda yoʻlovchilar va havo kemasi ekipajini qutqarish, ularga tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish uchun zarur choralar koʻrish, shuningdek, qidiruv-qutqaruv organlari yetib kelguniga qadar havo kemasi va uning bortidagi hujjatlar, asbob-uskunalar va mol-mulk qoʻriqlanishini taʼminlash;
jabrlanganlarni halokat yuz bergan joydan evakuatsiya qilish uchun zarur miqdorda transport vositalari ajratish;
jabrlanganlar va ularning qarindoshlarini mehmonxonalarga joylashtirishni taʼminlash;
jabrlanganlarni oziq-ovqat va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
halok boʻlganlarning jasadlarini ularning qarindoshlari kuzatuvida yashash joyiga joʻnatishni tashkil etish;
k) aeroport maʼmuriyati (aerodromning katta aviatsiya boshligʻi):
halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidirish va qutqarishda foydalaniladigan kuch va vositalarning harakatlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tezkor shtab tashkil etilishini va uning ishini tashkil etish;
halokatga uchragan havo kemasi ekspluatantining vakilini (agar bunday vakil aeroportda mavjud boʻlsa) xabardor qilish va uni halokat joyiga yuborish;
avariya holatidagi havo kemasining shikastlangan yoʻlovchilari va ekipajlarini qabul qilish uchun terminalda xona tayyorlash;
xorijiy havo kemasi ekipaji bilan aloqa qilish uchun tarjimon bilan taʼminlash.
V. YAAQQX mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
12. YAAQQX mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:
aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini oʻtkazishda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning kuchlari hamda vositalarini jalb etish va ulardan foydalanish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar darhol oʻtishi uchun aloqa vositalari berilishini talab qilish;
halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi ekspluatantidan qidiruv va qutqaruvni tashkil etish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilish;
maslahatlar olish va ekspertiza oʻtkazish uchun tegishli tashkilotlar orqali malakali mutaxassislarni jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi parvozlarining qidiruv va avariya-qutqaruv taʼminotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, zarurat boʻlganda, boshqa davlatlardan yordam soʻrash (shu jumladan, qidiruv havo kemalarini), shuningdek, ularning soʻroviga koʻra yordam koʻrsatish;
qidiruv-qutqaruv ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
oʻz harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinganda ularning qonuniyligini isbotlash.
13. YAAQQX mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
14. YAAQQX mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining
TASHKILIY TUZILMASI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Muvofiqlashtirish kengashi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro

aviatsiyasi agentligi

 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “MAI” aviakompaniyasi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

 

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati Muvofiqlashtirish kengashining
TARKIBI

A.J. Burxanov

Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondoni, Muvofiqlashtirish kengash raisi

K.M. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtirish kengash raisining oʻrinbosari

Muvofiqlashtirish kengashi aʼzolari:

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari

B.N. Qurbonov 

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

A.A. Xudayarov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

O.N. Lim 

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari

A.A. Akbarov 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

M.A. Rahmatullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari harbiy-havo kuchlari boshqarmasi boshligʻi

Sh.B. Azimov 

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariya-qutqaruv kuchlari boshqarmasi boshligʻi

A.G. Niyazov 

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv taʼminotini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi

Sh.A. Yadgarov 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv taʼminoti xizmati boshligʻi

B.S Ruzmetov 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “MAI” aviakompaniyasi direktori

Izohlar:
1. Muvofiqlashtirish kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Muvofiqlashtirish kengashini chaqirishda chaqiruvning hududiy mansubligidan kelib chiqqan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari jalb etiladi.