O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuni)
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-”j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-bandining “a” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larni yuridik shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 33-bandning oltinchi xatboshiga “bo‘limlari boshliqlarini” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari o‘rinbosarlarini” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 1-son, 4-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)