1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoyishi
2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur farmoyish Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yer osti suv sathini kamaytirishga qaratilgan drenaj tizimini yanada takomillashtirish, Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasi va infratuzilmasini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratish hamda shu asosda aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1. 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda uch oy muddatda 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturining quyidagi chora-tadbirlarni koʻzda tutadigan loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin:
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazish va ular asosida meliorativ-irrigatsiya tarmoqlari hamda suv sathini tushirishning boshqa infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Doʻstlik” kanali va unga yondosh kollektorlarda betonlash va filtrlanishga qarshi ishlarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda butun tizimdan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan xizmatni mustahkamlash;
Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yangilash va shahar qiyofasiga mos yangi maydon va xiyobonlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali arxitektura ansambllari tashkil etish;
yoʻl-transport infratuzilmasi tizimini tubdan takomillashtirish, bunda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari va magistral koʻchalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni koʻzda tutish;
suv taʼminoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr, gaz va issiqlik taʼminoti hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
mavjud uy-joylarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobidan uy-joy fondini qayta tashkil etish;
aholi, ayniqsa, yoshlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish va ularning dam olishiga oid masalalarni kompleks ravishda hal etishni taʼminlaydigan obyektlarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobidan ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
3. Sirdaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda boshqa xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston shahrining 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun Bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlasin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin, bunda shahar drenaj tizimini takomillashtirish boʻlimini sifatli ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin.
4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-mart,
F-4421-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi F-4421-son farmoyishiga ILOVA
2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
Sh.M. Mirziyoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi
B.I. Zakirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
O.Sh. Ashurmatov
—
Sirdaryo viloyati hokimi
B.A. Xodjayev
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
B.M. Yusupov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
A.R. Toxtayev
—
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Sh.R. Xamrayev
—
qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
A.V. Alimov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
I.B. Turamuratov
—
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi
A.A. Yusupov
—
Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori
S.A. Arabov
—
Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
U.A. Xalmuxamedov
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
M.R. Abdullayev
—
Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktori
A.A. Abduvaliyev
—
“Oʻzavtoyoʻl” DAK boshqaruvi raisi
I.S. Basidov
—
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi
Sh.N. Maxmudov
—
“Oʻztransgaz” AK bosh direktori
A.A. Abdumoʻminov
—
“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori
U.M. Mustafoyev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
B.U. Abdullayev
—
“Oʻzshaharsozlik LITI” DUK direktori
Y.D. Magrupov
—
1 “OʻzGASHKLITI” DUK bosh direktori
A.O. Akbarov
—
Guliston shahri hokimi
X.N. Hosilov
—
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti mudiri, Komissiya kotibi
Izoh.
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 110-modda)