|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.12.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sug‘urta sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 19-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Qarorga 2-ilova 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 81-modda)