|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.11.2015
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 8-oktabrdagi 282-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy biznes maktabining xodimlarning cheklangan umumiy soni 52 nafar (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oliy biznes maktabining direktoriga zaruriyat boʻlganda uning tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining
tashkiliy tuzilmasi
Xodimlarning cheklangan umumiy soni 52 nafar (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun nazarda tutilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 4-iyuldagi 304-son qarorida:
a) 1-banddagi, 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “va ularni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasining” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 1-ilovada:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovada:
ilovaning nomidagi, 1 va 15-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi toʻgʻrisidagi nizomga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ustaviga” soʻzlari bilan almashtirilsin
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Markazning toʻliq nomi:
oʻzbek tilida — “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi”;
rus tilida — Sentr korporativnogo upravleniya Visshey shkoli biznesa pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — The Center for Corporate Management of the Nigher School of Bisiness the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom harbiy taʼlim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining magistraturalariga tatbiq etilmaydi”.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 375-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida Oliy biznes maktabi tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 18-maydagi 222-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, 2 — 14-bandlari hamda qarorga ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 47-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 17-iyundagi 180-son qaroriga ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 54-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 7-modda)