O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Mahalla” ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleko‘rsatuvlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika aholisini, ayniqsa yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining roli va ahamiyati to‘g‘risida keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oila qadriyatlarini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish sohasida mahalla faoliyati tajribasini har taraflama yoritish maqsadida:
1. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan quyidagi:
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida davlat unitar korxonasi shaklidagi yangi kechayu-kunduz ishlaydigan raqamli respublika “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish;
“Mash’al” radiokanalini “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi (DUK)dan yangi tashkil etilayotgan “Mahalla” teleradiokanali tarkibiga mavjud shtat birligi va belgilangan xarajatlar smetasi bilan birga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar “Mahalla” teleradiokanali” DUK faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma — mahalla institutining jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishdagi, aholi uchun hayotiy muhim ijtimoiy masalalarni yechish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat maqsadli vazifaga erishishdagi roli va ahamiyati to‘g‘risida mamlakatimiz aholisini keng xabardor qilish, shuningdek mahallaning har tomonlama rivojlanishini va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish tajribasini yoritish;
jamiyatda yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirishda, milliy urf-odatlar va an’analarni avaylab-asrash va hurmat qilish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash va mustahkamlashda, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlashda mahalla institutining roli va ahamiyatini namoyon etadigan dasturlar yaratish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy sharoitni, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini shakllantirish, keksalarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan avlodni, ayniqsa qizlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, erta nikohlarning oldini olish, yigit va qizlarni sog‘lom va mustahkam oila qurish uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlash, to‘y hamda boshqa tantana va marosimlarni ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazishni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish yuzasidan namunali mahallalar faoliyatining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha teleradiodasturlar tayyorlash;
aholi bandligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilikni va oilaviy biznesni rivojlantirish, mahalla ijtimoiy infratuzilmasining darajasi va sifatini oshirish, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini yechishda mahalla faoliyatini keng yoritish;
Oldingi tahrirga qarang.
mahallalarning pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va sport organlari, jamoat tuzilmalari bilan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga doimiy e’tiborda bo‘lish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, diniy ma’rifat, kasb-hunar kollejlari va litsey bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalarida ijtimoiy hamkorlik qilishni kengaytirish, shuningdek ushbu masalalarda qonunchilikka rioya qilinishi va davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahalla funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha teleradiodasturlar tashkil etish.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
3. Quyidagilar:
“Mahalla” teleradiokanali” DUK xodimlarining cheklangan shtat soni 154 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 10 nafar, ulardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladigan xodimlar soni 91 nafar bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlarining umumiy shtat soni 4 657 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari soni 213 nafar bo‘lgan yangilangan tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparatining xodimlari cheklangan shtat soni 230 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari soni 58 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Mahalla” teleradiokanali” DUK xodimlariga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faoliyat ko‘rsatayotgan teleradiokanallari xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2014-yilning oxirigacha “Mahalla” teleradiokanali” DUKni moliyalashtirish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar xodimlarining shtat sonini maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 2015-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
5. Yangi tashkil etilayotgan “Mahalla” teleradiokanali” DUK Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 69-uy manzilidagi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi binolariga joylashtirilsin.
6. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab, raqamli formatda televizion ko‘rsatuvlarning o‘rtacha sutkalik hajmlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin, bunda 2015 — 2020-yillarda “Navo” telekanalini bosqichma-bosqich o‘z xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashga o‘tkazilishi hamda “Madaniyat va ma'rifat”, “Dunyo bo'ylab”, “Kinoteatr” telekanallari va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining hududiy bo‘linmalari xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari daromadlar ulushining ko‘paytirilishi nazarda tutilsin.
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-dekabr,
PQ-2273-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga
1-ILOVA
“Mahalla” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining
TASHKILIY TUZILMASI


Direktor


Badiiy kengash

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Buxgalteriya

2

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

2

Ma’rifiy-tarbiyaviy dasturlar tahririyati

16

Mahalla” radiokanali

34

Kadrlar bo‘limi

2

Marketing bo‘yicha bosh mutaxassis

1


Yurist

1

Ijtimoiy-huquqiy dasturlar tahririyati

16

Moddiy-texnik ta’minlash

bo‘yicha mutaxassis

1

Ko‘rsatuvlarni ta’minlash xizmati

6

Tok-shou dasturlar tahririyati

15

Ko‘rsatuvlarni rejalashtirish shu’basi

2

Umumiy bo‘lim

2

Badiiy-ma’rifiy dasturlar tahririyati

15

Kompyuterlashaxborotlashtirish va mediatexnologiyalar sho‘basi

2

Bosh rejissor xizmati (operatorlar, ovoz rejissorlar, montaj ustalar, rassomlar guruhi)

23

Mediametriya va reyting sho‘basi

2

Efirga uzatishi bo‘yicha bosh rejissor xizmati (efir guruhi, anonslar, videoteka)

12

Texnikani rejalashtirish va taqsimlash guruhi

2

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 154 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 10 nafar.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimining tashkiliy
TUZILMASI

O‘zbekiston MTRK

230 (58)



Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi

204 (4)

Namangan viloyati teleradiokompaniyasi

86 (4)

O'zbekiston” teleradiokanali” DUK

486 (11)

Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati

414 (8)

Respublika teleradiomarkazi” DUK

941 (14)

“O‘zbekiston

tyelekanali

342

Yoshlar

telekanali

233

Toshkent

telemarkazi

631


Andijon viloyati teleradiokompaniyasi

72 (4)

Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi

67 (3)


“O‘zbekiston” radiokanali

91

Yoshlar

radiokanali

54

Toshkent radioeshittirish, ovozeshittirish va ovoz yozish uyi

122



Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi

67 (3)

Oilaviy” telekanali

53

Bolajon” telekanali

101


Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi

74,5 (4)

Nukus

teleradiomarkazi

188



Navo telekanali

26

Srortteleradiokanali” DUK

181 (7)


Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi

57,5 (3)

O'zbekiston MTRK Mediamarkazi” DK

255 (9)



Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi

49 (3)


Toshkent” teleradiokanali” DUK

179 (8)

Madaniyat va ma`rifat” teleradiokanali” DUK

227 (9)


Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi

72 (4)

Axborot-tahlil multimediya markazi

9

Madaniyat va ma`rifat telekanali

180

Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi

82 (4)

Toshkent” telekanali

141



Maxsus avtokorxona” DUK

209 (7)

Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi

58,5 (3)

Diyor telekanali

47

Toshkent” radiokanali

38


Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi

88 (3)



GUP Pansionat Oqtosh” DUK

43 + 25 (2)

Dunyo bo`ylab” teleradiokanali” DUK

171 (9)

Mahalla” teleradiokanali” DUK

154 (11)

MTRK Poliklinikasi” DUK

55,3 (3)

Dunyo bo`ylab” telekanali

151

Mahalla telekanali

119

Kinoteatr telekanali

20


Mash`al radiokanali

35



O'zbektelefilm” davlat unitar korxonasi

100 (7)


Xodimlarning umumiy soni — 4 657 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 213 nafar, budjet tashkilotlari ishchilari soni — 2 841,5 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 172 nafar; xo‘jalik hisobidagi korxonalar ishchilari soni — 1 815,5 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 41 nafar.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparatining
TASHKILIY TUZILMASI

Rais



Raisning birinchi o‘rinbosari

Raisning birinchi o‘rinbosari

Raisning o‘rinbosari

Raisning o‘rinbosari

Buxgalteriya

5

.

.


Teleradio ko‘rsatuvlarni monitoring va tahlil qilish bo‘limi

18

Texnik nazorat va texnologiyalar boshqarmasi

15

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi

7

Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi

6

Xalqaro aloqalar bo‘limi

5


Rejim va xavfsizlik bo‘limi

5

Yuridik bo‘lim

2

Teleradio ko‘rsatuvlarni muvofiqlashtirish va rejalashtirish bo‘limi

6

Kompyuter, axborotlashtirish va mediatexnologiyalar markazi

9

Investitsiyalar bo‘limi

2



Ishlar boshqarmasi

7

Ikkinchi bo‘lim

2


Istiqbolli medialoyihalarni ishlab chiqish bo‘limi

5

Kapital qurilish va joriy ta’mirlash bo‘limi

4

Binoga texnik xizmat ko‘rsatish, elektr-ta’minoti bo‘limi

56

Maxsus qism

2

Televideniye va radioeshittirish arxiv fondi

29


Reklama va marketing bo‘limi

7

Kanselyariya, nazorat va xatlar bo‘limi

17

Ruxsatnoma bo‘limi

6


Kutubxona, arxiv, muzey va dispetcher

6


Ta’minot bo‘limi

4

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni — 230 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 58 nafar.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali raqamli formatda televizion ko‘rsatuvlarning
O‘RTACHA SUTKALIK HAJMLARI

T/r

Korxonalar va tashkilotlar nomi

Raqamli formatda televizion ko‘rsatuvlarning

o‘rtacha sutkalik hajmlari

jami (soat) sutkada*

Shundan yiliga o‘rtacha kunlik televizion eshittirishlarning minimal miqdori

1.

O`zbekiston teleradiokanali” DUK

24,0

12,0

2.

Yoshlar” telekanali” AJ

24,0

12,0

3.

Sport” teleradiokanali” DUK

24,0

12,0

4.

Toshkentteleradiokanali DUK

24,0

12,0

5.

Madaniyat va ma`rifattelekanali” DUK

24,0

12,0

6.

Dunyo bo`ylab” telekanali” DUK

24,0

12,0

7.

Yoshlar” teleradiokanali” AJ huzuridagi Bolajon” telekanali”

15,0

8,0

8.

Mahalla” telekanali”

24,0

10,0

9.

Dunyo bo`ylab” DUK huzuridagi Kinoteatr” telekanali”

24,0

2,0

10.

Yoshlar” tyeleradiokanali AJ huzuridagi “Navo” telekanali”

24,0

3,0

11.

“O`zbekiston” tyeleradiokanali DUK huzuridagi “Oilaviy” tyelekanal

24,0

4,0

12.

“Madaniyat va ma`rifat” telekanali” DUK huzuridagi “Diyor” telekanali”

24,0

4,0

13.

Hududiy bo‘linmalar

216,0

30,0

Jami:

495,0

133,0

* O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalarining raqamli formatdagi O‘zbekiston MTRKning teleradiokanallar va hududiy bo‘linmalari mahsulotlarini uzatish va tarqatish xizmatlari uchun to‘lanadigan xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi (telemahsulotlarni analog shaklda uzatish va tarqatishda ushbu xizmatlarning amaldagi to‘lov tartibi saqlanib qolinadi).
 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 51-son, 603-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)