Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorini bajarish, qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda:
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilganligiga doir ishlarni koʻrib chiqish va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-fevral,
70-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”da:
5-banddagi “bitishuvlardan tashqari” soʻzlaridan keyin “koʻrsatuvchiga beriladigan qimmatli qogʻozlar bilan” soʻzlari qoʻshilsin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti) qiymatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishga majburdir”;
10-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “kiritishlari mumkin” soʻzlari chiqarib tashlansin va “shartiga” soʻzidan keyin “qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa istalgan shartlarni kiritishadi” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining investorlar bilan qiymatli qogʻozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investorlar huquqlarini cheklaydigan shartnomalar tuzishi taqiqlanadi”;
12-banddagi “qatnashchisi” soʻzi “professional qatnashchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozning yangi egasi yoki uning vakili bitishuv roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin emitentni bitishuv tuzilganligi, shuningdek oʻzining qimmatli qogʻozga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart”;
24-bandning uchinchi xatboshidagi “moliya, soliq”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda mahalliy moliya organlari tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi”, “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar birja, shuningdek birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin”;
band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent” respublika fond birjasining yoki boshqa qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisining rasmiy listing roʻyxatiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni ikkilamchi bozorda sotish-xarid qilish boʻyicha bitishuvlar faqat koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonlarida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno”.
31-banddagi “professional qatnashchilar”, “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boshqa attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “professional qatnashchilarning mutaxassislari va shaxslari”, “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 35-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)