Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.12.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fransiya Respublikasi Hukumati ishtirokida “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 23-avgustdagi PQ-2029-son qaroriga muvofiq “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Loyihalarni amalga oshirish markazi” davlat muassasasining moliyalashtirilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-dekabr,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 336-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 25-bandning ikkinchi xatboshidagi “va vazirlikning hududiy bo‘linmalarini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini, vazirlik huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 26-bandning birinchi xatboshidagi “va uning hududiy bo‘linmalarini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini, qishloq va suv xo‘jaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar bo‘limlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 595-modda)