Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda).
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq, togʻ-qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablarini amalga oshirish boʻyicha Amaliy harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasining geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 3-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-dekabr,
332-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Oʻzbekneftegaz” MXK ga karashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom “Oʻzbekneftegaz” Milliy Xolding Kompaniyasi (kelgusida “Oʻzbekneftegaz” MXK) (hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ)ga qarashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha Harbiylashtirilgan qism (keyin matnlarda OʻzHQ)ning asosiy vazifalari, ishlarni tashkil etish tartibi va faoliyatini belgilab beradi.
2. “Oʻzbekneftegaz” MXKning OʻzHQ maxsus harbiylashtirilgan davlat xizmati hisoblanib, yer qaʼridan foydalanuvchilarga ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish ishlarini olib borishda, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida gaz xavfsizligi holatini nazorat qilishda xizmat qilish uchun chaqirilgan.
OʻzHQ xodimlari attestatsiyadan oʻtadilar, OʻzHQ avariya-qutqaruv tashkiloti sifatida attestatsiya qilinishi va qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
OʻzHQ “Oʻzbekneftegaz” MXKning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
3. OʻzHQ oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish uchun doimiy jangovar shay holatda boʻlishi, hamda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarga koʻrsatiladigan yordam oʻz vaqtida va samarali boʻlishi uchun hududiy jihatdan yaqin joylashgan boʻlishi lozim.
4. OʻzHQ oʻzining faoliyatida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur nizomga, “Oʻzbekneftegaz” MXK buyruq va farmoyishlariga, hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ish olib borishi lozim.
5. OʻzHQ oʻz faoliyatini quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boradi:
avariya va neft va gaz quduqlarida ochiq favvoralarni sodir boʻlishiga holatlariga doimiy shay holatda boʻlishi, tezkor choralar koʻrishi va ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga tayyor boʻlishi;
xavfga tayyor boʻlishi hamda avariya-qutqaruv ishlarida va zaruriy hollarda xavfsizligini taʼminlash;
insonparvarlik va rahmdillikka tayangan holda avariya holatlarida insonlar hayoti va sogʻligʻini saqlab qolish majburiyatini bajarish.
II. OʻzHQning vazifa va funksiyalari
6. OʻzHQning asosiy vazifalari boʻlib xizmat koʻrsatiladigan obyektlarida quduqlarni burgʻulash jarayonida yoki taʼmirlash ishlarini olib borayotganda, atrof muhit va qazilma boyliklariga zararli taʼsir qiluvchi ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf qilishda tezkor choralar koʻrish, quduqlardagi portlash va yonishga xavfli quduqlarda maxsus asboblar va uskunalar zarur boʻlgan xollarda avariya-taʼmirlash ishlarini olib borish, neft va gaz favvoralarini oldini olish maqsadida profilaktik ishlarni olib borish, tabiiy resurslarni saqlab qolish.
7. Oʻziga yuklatilgan vazifalarga asosan OʻzHQ quyidagi funksiyalarni bajaradi:
xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda ochiq favvoralar, neft-gaz otqinlari holatlarida insonlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlarini olib boradi;
ochiq favvoralarni bartaraf qilish va avariyaviy qayta tiklash ishlarni olib borishda, gazga va yongʻinga xavfli hududlarda, maxsus nafas yoʻllarini himoyalovchi apparatlarda, maxsus texnika va apparaturalarda olib boriladigan ishlarni bajaradi;
reja boʻyicha nafas oluvchi apparatlarda bajariladigan gazga xavfli ishlarni bajaradi;
xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni oldini olish maqsadida favvora va gaz xavfsizligi talablari bajarilishi boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi;
xizmat koʻrsatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ishlab chiqarish, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;
kutilmagan holatlar sodir boʻlganda tegishli tashkilotlar va tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda ishlaydi (OʻzHQ bilan oʻzaro aloqa sxemasi ilova* qilingan);
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
quduqlarni burgʻulash, mukammal taʼmirlash, sinash va ishlatishda masʼuliyati yuqori boʻlgan alohida texnologik jarayonlarni va texnologik reglament rejalarini kelishadi;
xizmat koʻrsatilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida alohida olib boriladigan ishlarga oʻrnatilgan tartibda hujjatlarni beradi;
sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni aniqlash maqsadida xizmat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlar tahlil qilish maqsadida toʻplaydi, umumlashtiradi va roʻyxatga oladi;
ochiq favvoralardagi otqinlarda havo tarkibidagi zaharli va portlashga xavfli boʻlgan bugʻ va gaz konsentratsiyasini aniqlash maqsadida tahlillar oʻtkazadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha oʻrnatilgan meʼyoriy talablarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda avariyani bartaraf etish rejasini tuzishda va kelishishda ishtirok etadi;
OʻzHQ xodimlarini professional tayyorlaydi;
xizmat koʻrsatadigan obyektlardagi ishchi va muhandis texnik xodimlarni avariya va noxush hodisalarni vujudga kelishi oldindan aniqlash va boshlangʻich bosqichida harakatlari boʻyicha oʻqitadi;
neft va gaz favvoralarini hamda avariyalarni bartaraf qilish uchun zarur boʻladigan nostandart uskuna va moslamalarni ishlab chiqish boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boradi;
ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar, nazorat uskunalari va boshqa turdagi maxsus moslamalarga texnik xizmat koʻrsatadi.
III. OʻzHQ huquqlari
8. OʻzHQ xodimlariga oʻz faoliyati doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
xizmat koʻrsatayotgan obyektlarda avariya yoki baxtsiz hodisalar sodir boʻlishi xavfi tugʻilganda ishlab chiqarish ishlarini toʻxtatish yoki taʼqiqlash;
tashkilot rahbarlari va sanoat xavfsizligi sohasidagi vakolatli organlarga xizmat koʻrsatayotgan obyektlarda aniqlangan favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha talablarning buzilishi haqida maʼlumotlarni yuborish;
favvora va gaz xavfsizligi talablari buzilishi oqibatida vujudga kelgan avariya va noxush hodisalarni kelib chiqish oqibatlarini aniqlash komissiyasi ishlarida qatnashish;
xizmat koʻrsatuvchi obyektlar hududiga avariyalarni bartaraf etish ishlarini bajarish uchun hech qanday toʻsiqlarsiz kirish;
avariyani favqulodda holatlarda bartaraf etish uchun ketayotgan transport vositasi toʻsiqlarsiz oʻtish, birinchi navbatda yoqilgʻi moylovchi materiallar bilan taʼminlash hamda birinchi navbatda texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida taʼmirlash ishlarini bajarish;
xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda avariyani bartaraf etish va maxsus ishlarni bajarish uchun javobgar shaxsdan tegishli maslahatlar olish va mutaxassislarni jalb qilgan holda ishni yakunlash;
xizmat koʻrsatuvchi obyektlar hisobidan sanitariya va texnik talablarga javob beruvchi xizmat binosi bilan taʼminlash.
IV. OʻzHQ faoliyatini tashkil etish
9. OʻzHQ tarkibida tezkor, tezkor-profilaktik harbiylashtirilgan boʻlinmalar, kadrlarni tayyorlash oʻquv markazi, tajriba-konstruktorlik byurosi, tibbiy taʼminlovchi guruhi hamda yordamchi boʻlinmalari mavjud.
10. Harbiylashtirilgan boʻlinma OʻzHQ tarkibidagi ishchilarning mehnat munosabatlari, zarur mehnat shartnomalari, maxsus ustavlar va nizomlar orqali tartibga solinadi.
OʻzHQ xodimlari tomonidan insonlarni qutqarish va avariyani bartaraf qilish bilan bogʻlik xizmatlar majburiyatlarini astoydil bajarish xamda xizmat majburiyati imzolanadi.
11. Oddiy va oʻrta boshliqlar tarkibi, asosan burgʻulash va neft gazni qazib chiqarish sohasida ishlovchi malakali mutaxassislar jismonan sogʻlom hamda ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar va termohimoyalovchi kiyimlarda ishlash bilan bogʻlik ogʻir ishlarda ishlashga loyiq ishchilardan tuziladi.
Katta va yuqori boshliqlar tarkibi, maxsus oliy maʼlumotli va neft va gaz sanoatida boshqaruv tajribasiga ega shaxslardan tuziladi.
Harbiylashtirilgan boʻlinmalarda xodimlarni malakaviy tanlash talablari “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan va “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi (hozirda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi) bilan kelishilgan Nizom boʻyicha amalga oshiriladi.
OʻzHQ boʻlinmalarining joylashishi va xodimlar soni OʻzHQ rahbarlari tomonidan xizmat koʻrsatuvchi obyektlar bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
12. OʻzHQ boʻlinmalaridagi harbiylashtirilgan xizmatni oʻtash “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan “Sanoatgeokontexnazorat” bilan kelishgan holda OʻzHQ ichki xizmat ustavi boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Harbiylashtirilgan tarkibidagi intizomiy javobgarlik masalalari “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “OʻzHQ intizom ustavi” boʻyicha belgilanadi.
14. Boʻlinmalardagi xizmatni oʻtashda komandirlar buyruqlari va farmoyishlari asosida, avariya holatlarida insonlarni qutqarish boʻlinma avariya — qutqaruv ishlari boʻyicha xatarli topshiriqlarni bajarishdan iborat.
15. Avariyani bartaraf qilish uchun doimiy tayyor boʻlish maqsadida xar bir tezkor boʻlinmada kechayu kunduz navbatchilik tashkil etiladi.
16. Murakkab va doimiy avariyalarni bartaraf qilishda boʻlinma shaxsiy tarkibi maxsus ish rejimiga oʻtkazilishi mumkin (avariyani bartaraf qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida OʻzHQ shaxsiy tarkibiga kazarma holati eʼlon qilinishi va kechayu-kunduz ishlarni tashkil qilinishi mumkin).
17. Ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf etish ishlarini tashkil etish va xavfsiz olib borish “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan neft va gaz quduqlaridagi otqinlar va favvoralarni bartaraf qilish ishlarini tashkil qilish va xavfsiz olib borish yoʻriqnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
18. Jangchilar va komandirlarning kasbiy tayyorgarligi OʻzHQning kadrlar tayyorlash oʻquv markazida OʻzHQga yuklatilgan barcha ishlarni tashkil etish va bajarishni taʼminlovchi maxsus dasturlar asosida olib boriladi.
V. OʻzHQni moliyalashtirish va taʼminot
19. Shaxsiy tarkib xizmat vazifalarini bajarish vaqtida maxsus formada boʻlishi va ajralib turuvchi belgiga ega boʻlgan uniformada boʻlishi, maxsus kiyim boshda va oyoq kiyimda boʻlishi, shuningdek shaxsiy himoya vositalarida boʻlishi kerak, bular qism tomonidan taʼminlanadi.
Forma, uniforma, maxsus kiyimlar va himoya vositalarini kiyish talablari “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan OʻzHQ moddiy taʼminoti va texnik standartlari nizomi boʻyicha belgilanadi.
20. OʻzNQ boʻlinmalarini apparatlar, maxsus himoya vositalari, anjomlar, moslamalar, zaxira materiallar, tegishli avtotransport bilan MXK tomonidan tasdiqlangan taʼminot tabeli boʻyicha barchasi xizmat koʻrsatilayotgan obyektlar hisobidan taʼminlanadi.
21. OʻzHQ shaxsiy tarkibi, uskunalari, moslamalari va avtotransporti asosiy vazifalariga tegishli boʻlmagan hollarda ishga jalb qilish faqatgina “Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruvi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
22. Barcha avariyani bartaraf etish xarajatlari obyekt egasi tomonidan amalga oshiriladi, shu bilan bir qatorda;
avariya sodir boʻlgan joyga OʻzHQ shaxsiy tarkibi, maxsus uskunalar, harbiy texnika va barcha avariyani bartaraf etish uchun muhim boʻlgan moslamalar va uskunalarni olib borish va olib qaytishini taʼminlash;
zarur boʻlgan avtotransport va maxsus texnika, uskunalar va kimyoviy reagentlar va boshqa materiallar bilan taʼminlash;
uch martalik ovqatlanish, yashash, maxsus kiyim aloqa va tibbiy xizmat boʻyicha OʻzHQ shaxsiy tarkibini taʼminlash;
zarur boʻlgan hollarda nostandart uskunalar va moslamalarni tayyorlash;
Yongʻin xavfsizligi, quduqlarni zararsizlantirish, geofizik va boshqa maxsus xizmatlar va texnik moslamalarni avariya xarakteri va talabga muvofiq jalb etish.
23. OʻzHQni moliyalashtirish “Oʻzbekneftegaz” MXK, chet el kompaniyalari burgʻulash, qidiruv, qayta ishlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega boʻlgan va Oʻzbekiston qonunchiligiga zid kelmaydigan faoliyat yurutuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat hisobidan amalga oshiriladi.
VI. Tugatish va qayta tashkil etish
24. OʻzHQni tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.