Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.06.2020
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-sentabrda 2151-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2151, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-sentabr,
245-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 6-banddagi “raisi bo‘lmaganda” degan so‘zlar “raisi vaqtincha bo‘lmaganda (xizmat safari, mehnat ta’tili, kasallik va h. k.)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 12-bandning o‘n birinchi xatboshisi “hisobotini eshitish” degan so‘zlardan keyin “, notariuslar tomonidan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etilganligi holatini muhokama qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 18-banddan “va talabgorni malaka imtihoniga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 20-banddagi “imtihonini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi” degan so‘zlar “imtihoni qabul qilinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “doimiy yashash joyidagi” degan so‘zlar “stajirovka o‘tagan joydagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi “to‘g‘risida” degan so‘zdan keyin “talabgorning hisoboti,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganda, mazkur bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.”.
6. 27-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.”.
7. 28-bandning birinchi xatboshisi “uzrli sabablarga ko‘ra” degan so‘zlardan keyin “(kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tillari, harbiy yig‘inlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 40-son, 501-modda)