Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.03.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ADVOKATLIK BYuROLARI, HAY’ATLARI, FIRMALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYALARNI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-noyabr,
485-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
485-son qaroriga
ILOVA
Advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-banddagi va 8-bandning birinchi xatboshidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari “viloyatlar, Toshkent shahar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 10-banddagi “hokimlik” so‘zi “statistika” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. 12-band birinchi xatboshidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari “viloyatlar, Toshkent shahar” so‘zlari bilan almashtirilsin, “o‘z ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi” so‘zlaridan keyin esa quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda adliya organlari advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalariga aniqlagan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma kiritishga haqlidir”.
4. 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Advokatlik byurolari, hay’atlari va firmalari adliya organlariga statistika hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha va muddatlarda taqdim etadilar”.
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — adliya organlari) tomonidan beriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziyalar litsenziya talabgori yashaydigan joydagi adliya organlari tomonidan beriladi”.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, litsenziyalanadigan faoliyat turini ko‘rsatgan holda litsenziya berish to‘g‘risida arizani bevosita yoxud pochta aloqa vositasi orqali adliya organiga taqdim etadi. Arizaga malaka komissiyasining qarori ilova qilinadi.
Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir:
litsenziya talabgori tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
litsenziya talabgori litsenziya talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganda, shu jumladan belgilangan tartibda uning layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan taqdirda, shuningdek sudlanganligi qaytarib olinmagan yoki olib tashlanmagan taqdirda.
Boshqa sabablar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga ruxsat berilmaydi.
Litsenziya talabgori adliya organining litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek adliya organining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga 3 kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish adliya organi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi”.
8. 19-band birinchi xatboshidan oldin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“19. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa adliya organi ko‘rsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir”;
birinchi—uchinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi—oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari litsenziya beruvchi organlar sifatida advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, shu jumladan advokatlik faoliyatini belgilovchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek advokatlarning kasb tayyorgarligini nazorat qiladilar”.
10. 29-band “to‘xtatish” so‘zidan keyin “yoki to‘xtatib turish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
11. 30—34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holat mavjud bo‘lgan davrda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi taqiqlanishini anglatadi.
31. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda adliya organi qaroriga ko‘ra to‘xtatib turilishi mumkin:
advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan paytdan boshlab va sudning hukmi qonuniy kuchga kirguncha qadar yoxud oqlovchi asoslarga ko‘ra uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingungacha;
advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga;
advokat tomonidan uning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishni talab etuvchi adliya organining qarori bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan advokatning qonun hujjatlarini, advokatlik etikasi qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham to‘xtatib turilishi mumkin.
Adliya organi litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Ko‘rsatilgan muddat 6 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak, advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilganda adliya organi ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdig‘i olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
32. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi mazkur Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan holatlar boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
33. Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda, biroq ilgari qabul qilingan topshiriq bajarilgandan keyin, agar mijoz o‘z so‘zida turib olsa;
belgilangan tartibda huquqiy layoqati cheklangan yoki advokat huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilganda;
adliya organi belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilmaganda;
adliya organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
advokatga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda.
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan litsenziya talablari va shartlari advokat tomonidan muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham to‘xtatilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga ko‘ra ham to‘xtatilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi.
34. Litsenziyaning bekor qilinishi mazkur bandda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha litsenziyaning haqiqiy emasligi e’lon qilinishi bilan bog‘liq bo‘lganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
Adliya organi tomonidan litsenziya quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
advokatning arizaga ko‘ra;
advokat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan taqdirda;
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda litsenziya olish holati aniqlangan taqdirda.
Litsenziya sudning qaroriga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin.
Litsenziyaning bekor qilish to‘g‘risidagi qaror, qaror berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning kasbiy faoliyatini bajarishda uning harakatlari noqonuniyligini e’tirof etmaydi”.
12. 35-bandning birinchi xatboshi, 36 va 37-bandlarning “Litsenziyaning amal qilish to‘xtatilishi” so‘zlari “Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, to‘xtatilishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi axborot adliya organi tomonidan litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan shaxslarning ko‘rib chiqilayotgan ishlarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sud-tergov organlariga ma’lumot uchun yuboriladi”.
14. 39-bandning “va amal qilishi to‘xtatilgan” so‘zlari “va amal qilishi to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. 4-ilovaning 4-ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi, to‘xtatilganligi yoki uning bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 206-modda)