|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
Hujjat 22.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda litsenziya berish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiya tarkibini va komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-noyabr,
479-son
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom veterinariya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Ekspert komissiya tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert komissiya majlislari kamida oyiga bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalanadigan veterinariya faoliyati quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari;
veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qoʻshimchalari, biologik preparatlar, zoogigiyena vositalari va veterinariya atributlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish.
Veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari roʻyxati litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
6. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan veterinariya faoliyati faqat litsenziyada koʻrsatilgan ishlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi boʻlinmalar va obyektlar) mavjud boʻlgan taqdirda litsenziya berish vaqtida koʻrsatib oʻtilgan filiallar (alohida hududlardagi boʻlinmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashga joyi koʻrsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar veterinariya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
veterinariya sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
yuridik shaxs shtatida oliy maʼlumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan veterinariya vrachlarining mavjud boʻlishi;
yakka tartibdagi tadbirkorning oliy veterinariya maʼlumotiga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi;
yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi;
litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga ega boʻlishi;
tegishli tashkiliy-texnik shartlar va moddiy-texnika jihozlarining, shu jumladan asbob-uskunalar, asboblar, transport hamda ruxsat berilgan veterinariya texnologiyalarini qoʻllash uchun foydalaniladigan hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
veterinariya va sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika, profilaktika va davolash usullarini, shuningdek veterinariya preparatlarini qoʻllash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Veterinariya faoliyatining tegishli yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga va boshqa texnika vositalariga qoʻyiladigan eng kam talablar belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun – yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan veterinariya faoliyati ishlari turlari
(9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – yuridik shaxslar uchun; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – jismoniy shaxslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) hududiy davlat veterinariya organining mavjud binolar va asbob-uskunalarning veterinariya talablariga muvofiqligi hamda litsenziyalanadigan veterinariya faoliyati turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati organining veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
e) litsenziya talabgorida veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va apparaturalar roʻyxati;
j) veterinariya muassasasi rahbari mehnat daftarchasi va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomining notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek uning tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi – yuridik shaxslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
z) yuridik shaxs xodimlari — veterinariya mutaxassislari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan oʻtish toʻgʻrisidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxalari) malakasini tasdiqlovchi hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyaning masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiya masʼul kotibi joyida boʻlmaganligi tufayli hujjatlarning qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspert komissiya masʼul kotibi vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
14. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi ular olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert komissiya yigirma besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiya xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun litsenziyalovchi organ ekspert komissiya iltimosiga koʻra oʻz mablagʻlari hisobiga:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud sharoitlarni joylarga chiqib baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
16. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan veterinariya faoliyati turi (ishlari)ning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qaroriga asosan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil (manzillar);
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
veterinariya faoliyatining muayyan yoʻnalishini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan yoki filial ochilgan taqdirda litsenziya bitimiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert komissiya taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiya xulosasi asosida toʻrt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
(V-boʻlimning nomi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
21. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va amaldagi litsenziyaning asl nusxasi ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
23. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga litsenziat arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori taxririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya berganlik uchun undiriladigan toʻlov summasining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etishga majbur boʻlgan muddatlarni belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan veterinariya faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirish hollari aniqlangan taqdirda materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Litsenziyalar reyestri
30. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Veterinariya faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestri yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida yuritiladi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar:
yuridik shaxslar uchun – tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar toʻgʻrisida maʼlumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasporti maʼlumotlari, yashash manzili, telefoni;
b) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
v) litsenziya blankasining seriyasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
d) veterinariya faoliyati turi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
z) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
31. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar ular bilan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular toʻlov asosida litsenziyalovchi organdan aniq litsenziatlar toʻgʻrisida litsenziyalar reyestridan koʻchirma sifatida maʼlumot olishlari mumkin.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyalar reyestridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga maʼlumotlar tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
32. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Veterinariya faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 203-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 30.07.2018-y., 09/18/590/1591-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)