Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.02.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarorining 5-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 20-oktabr,
451-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 20-oktabrdagi
451-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 33-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“paxta tozalash korxonalarining kontraktatsiya shartnomalarini bajarishlarini va ular tomonidan taqdim etiladigan qabul qilingan paxtaning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 191-modda; 2004-y., 3-son, 33-modda)