|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2014-yilda qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, shartnomalarni amalga oshirishda bozor mexanizmlarini yanada joriy etish va shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish, shuningdek mahsulot eksporti hajmlarini ko‘paytirish maqsadida:
1. 2014-yilda mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balanslari 1 — 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zkimyosanoat” DAK qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga shartnoma asosida va haqini 100% oldindan to‘lash sharti bilan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan mineral o‘g‘itlarni 5-ilovadagi* jadvalga muvofiq sotishni amalga oshirsin.
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
3. Belgilansinki, mineral o‘g‘itlarni birja savdolari orqali sotish belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJ orqali rasmiylashtirilib, keyin xaridorning xohishiga ko‘ra, respublika viloyatlaridagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan yoki ularning vakolatli omborxonalaridan berib yuboriladi.
4. “O‘zkimyosanoat” DAKning mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalariga:
2014-yilning 1-mayidan boshlab, belgilangan tartibda, “qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga boshqa mahsulotlar yetkazib berish” balansining moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun” balansining moddasi bo‘yicha har oyning yakunida sotilmay qolgan mineral o‘g‘itlar hajmini eksportga sotishga;
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJning valyuta maydonchasi orqali sotishga chiqarilgan eksport mahsulotiga talab bo‘lmagan va jahon bozoridagi narxlar pasaygan hollarda, avvalgi birja sessiyasidagi boshlang‘ich narxga nisbatan yangi boshlang‘ich narxni qadam-baqadam 1,0 foizgacha, ammo mahsulot tannarxidan kam bo‘lmagan miqdorgacha pasaytirishga ruxsat etilsin.
6. 2014-yilda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan va sotadigan “O‘zkimyosanoat” DAK korxonalari yetkazib berilgan mineral o‘g‘itlar uchun qarzlarni undirish to‘g‘risida xo‘jalik sudlari va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilayotgan da’volar bo‘yicha oldindan to‘lanadigan davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAK bilan birgalikda 2014-yilda mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va taqsimlash balansining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin, shuningdek yetkazib berilgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilinishi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakdan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-mart,
PQ-2151-son