|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2006
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IShLAB ChIQARILGAN VA SOTILADIGAN PAXTA TOLASI UChUN HISOB-KITOB QILISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta tolasi ishlab chiqarish va sotishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, paxta tolasining respublika bozorida raqobat muhitini yaratish, etishtirilgan paxta va paxta mahsuloti uchun hisob-kitob qilishning jahon amaliyotida umumiy ravishda qabul qilingan shakllari va tizimlarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
paxta mahsuloti xaridorlari va ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida hisob-kitoblarning zamonaviy madaniyatli shakllarini joriy qilish;
paxtani qayta ishlovchi korxonalar bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlash va shu asosda umuman iqtisodiyotda mablagʻlar aylanishini jadallashtirish;
etishtirilgan paxta xomashyosi va paxta tolasi uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilish uchun tashqi savdo kompaniyalari va paxtani qayta ishlovchi tuzilmalar aylanma mablagʻlari (shu jumladan oʻz mablagʻlari va qarz olingan mablagʻlar)ning barqaror manbalarini aniqlash paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirishning muhim maqsadli vazifalari hisoblansin.
2. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin:
tashqi savdo kompaniyalari tuzilgan shartnomalar asosida paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan ulgurji xarid qiladi, keyinchalik uni jahon paxta bozorining shakllanayotgan konʼyunkturasidan kelib chiqib eksportga, shuningdek paxta tolasini erkin muomaladagi valyutaga sotib oladigan qoʻshma korxonalarga mustaqil ravishda sotadi;
respublika isteʼmolchilari paxta tolasini kimoshdi savdolari asosida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotib oladilar;
paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika isteʼmolchilariga berish faqat ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, 2003-yil paxta hosilidan boshlab tashqi savdo kompaniyalari:
oʻz marketing strategiyasini mustaqil ravishda belgilaydilar va paxta tolasini sotishning zamonaviy samarali usullarini qoʻllagan holda jahon paxta narxining qulay konʼyunkturasidan kelib chiqib eksportga sotadilar;
paxta tolasini eksportga yetkazib berish prognozlari va istiqbollaridan hamda jahon bozorida paxta mahsulotiga shakllanayotgan narxlardan kelib chiqib “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxta tolasini ulgurji xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
hisob-kitob qilishning akkreditiv shaklidan ustun darajada foydalangan holda paxta tolasini forvard va fyuchers kontraktlar boʻyicha eksportga sotishdan tushgan mablagʻlar, shuningdek qarzga olingan mablagʻlar hisobidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan toʻliq hisob-kitob qiladilar.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarida paxta tolasini xarid qilish narxlari bilan uni eksportga sotishning amaldagi narxlari oʻrtasida shakllanadigan ijobiy yoki salbiy tafovut uni oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda tashqi savdo kompaniyalari moliya-xoʻjalik faoliyatining natijalariga tegishli boʻladi.
4. Quyidagilar:
tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
respublika isteʼmolchilari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son , 69-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bir oy muddatda Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotish va uning uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishning Vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
8. Paxta tolasini eksportga sotuvchi tashqi savdo kompaniyalari uchun soliqlar va budjetga hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga muvofiq Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari tashkil etilganligi va faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2003-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda respublika mintaqalarida qoʻshimcha ravishda kamida oltita ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminali tashkil etsinlar, buning uchun mavjud omborxonalardan foydalansinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashqi savdo kompaniyalariga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan paxta tolasi xarid qilish, uni sertifikatlash, saqlash, sugʻurtalashda va eksportga yetkazib beriladigan paxta tolasini tashishni amalga oshirish uchun tegishli infratuzilmani tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
(9-bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda paxta tolasi va lintini qayta ishlovchi barcha mahalliy sanoat korxonalarini xatlovdan oʻtkazsinlar, 2003-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda, xususiy korxonalar tashkil etgan holda ularni toʻliq xususiylashtirsinlar.
Joriy yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda xususiy mulk etib qayta tashkil qilinmagan korxonalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga ularni tugatish hamda obyektlar va mol-mulklarini boʻlib-boʻlib sotgan holda davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida takliflar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
bir oy muddatda idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-iyun,
240-son
Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar
sxemasi
Tashqi savdo kompaniyalari bilan
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
1. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan, hajmlarni, tiplarni, navlarni va yuklab joʻnatish muddatlarini koʻrsatgan holda shartnoma tuzadilar.
2. Tashqi savdo kompaniyasi xorijiy firma (xaridor) bilan paxta tolasini eksport qilish yuzasidan kontrakt tuzadi.
3. Tashqi savdo kompaniyasi unga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bank) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan boʻlinadigan akkreditiv ochish uchun ariza beradi.
4. Bir oyda xarid qilish moʻljallanayotgan paxta tolasi hajmi doirasidagi mablagʻlar summasi tashqi savdo kompaniyasi tomonidan akkreditiv hisob raqamiga oʻtkaziladi.
5. Tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bankni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (xaridor banki) oʻz mijozi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi uchun akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochadi.
7. Sotuvchi banki “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini akkreditiv uchun alohida depozit hisob raqami ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
8. Tashqi savdo kompaniyasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga tuzilgan shartnomaga muvofiq paxta tolasini yuklab joʻnatish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tozalash zavodlaridan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga paxta tolasini yuklab joʻnatadi.
10. Tashqi savdo kompaniyasi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan shartnoma shartlariga muvofiq paxta tolasini xorijiy firmaga yuklab joʻnatadi.
11. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyingi kunda xizmat koʻrsatuvchi bankka paxta tolasi yuklab joʻnatilganligini va akkreditivni ochish uchun barcha shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, akkreditiv hisobiga toʻlangan mablagʻlar hajmini koʻrsatgan holda, taqdim etadi.
12. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi tasdiqlangan taqdirda tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank)ka mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan talabnoma yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan talabnomaga muvofiq emitent bank mablagʻlarni oʻtkazadi.
13. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank alohida depozit hisob raqamidan mablagʻlarni yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga akkreditivlar boʻyicha oʻtkazadi.
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmlariga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamiga oʻtkazadi.
15. Tashqi savdo kompaniyasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi qiymatini va akkreditivlardan toʻlangan summalarni har oyda oʻzaro solishtirib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
3-iyundagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
3-iyundagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Respublika isteʼmolchilari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar
sxemasi
Respublika isteʼmolchilari bilan
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan paxta tolasini respublika paxta tolasi isteʼmolchilariga kim oshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan sotish toʻgʻrisida Bosh vositachilik shartnomasini tuzadilar.
2. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari har bir kimoshdi savdosi oldidan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga kimoshdi savdosiga chiqarish uchun tegishli tiplar, navlar, klasslar (Oʻzbekiston “Sifat” markazi tomonidan tasdiqlangan) hamda paxta tolasi hajmi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadi.
Paxta tolasining boshlangʻich narxi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan jahon bozoridagi narxlar konʼyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu haqda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan 30 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Paxta tolasining boshlangʻich narxi savdo oʻtkazish sanasida jahon bozoridagi narxlar konʼyunkturasiga qarab oʻzgarishi (pasayishi yoki koʻtarilishi) mumkin. Narxlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan qabul qilinadi (bu haqda u Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini ham yozma ravishda xabardor qiladi) hamda savdoda kimoshdi savdosi qatnashchilariga eʼlon qilinadi.
3. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi kimoshdi savdolarini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali axborot eʼlon qiladi.
4. Savdoda qatnashish uchun buyurtmanoma bergan paxta tolasining respublika isteʼmolchilari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi hisob raqamiga berilgan buyurtmanoma summasining 2 foizi miqdorida garov summasi hamda 0,1 foizi miqdorida kimoshdi savdosida qatnashganlik uchun bir martalik yigʻim toʻlashi kerak.
5. Kimoshdi savdolari xaridorlardan tushgan buyurtmanomalar asosida har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kimoshdi savdosini oʻtkazish sanasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan kelishib olinadi.
6. Savdo gʻolibi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan ikki nusxada kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisida protokol imzolaydi, ularning bir nusxasi gʻolibga beriladi hamda mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzish uchun asos hisoblanadi, ikkinchi nusxasi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida saqlanadi.
7. Xaridor hamda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi xaridor bilan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi oʻrtasida imzolangan protokolga muvofiq paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzadilar.
8. Kimoshdi savdosi gʻolibi — xaridor “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bilan imzolangan shartnoma asosida paxta tolasi uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi hisob raqamiga mablagʻlarni toʻlaydi.
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmiga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazadi.
10. Paxta tozalash zavodlari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining naryadlari boʻyicha paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga (omborlarga) yuklab joʻnatadi. Paxta tolasining kontraktga muvofiq hajmi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) respublika isteʼmolchilariga yuklab joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 84-modda; 20-son, 190-modda; 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda; 34-36-son, 264-modda)