|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.10.2017
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ASILLIK DARAJASI TO‘LOVI VA ASILLIK DARAJASI TO‘LOVINI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-sonli “Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Quyidagilar:
Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Asillik darajasi to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-may,
232-son
Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovi miqdorlari
|
T/r |
Ishlarning nomi |
O‘lchov birligi |
Asillik darajasi to‘lovi miqdori, so‘m |
|
I. Asillik darajasini belgilaganlik va tamg‘alaganlik uchun to‘lov | |||
| 1.1 | Fonddagi metalldan tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash | | |
| | oltindan yasalgan buyumlar | g | 150 |
| | kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari | g | 32 |
| | kumushdan yasalgan maishiy buyumlar | g | 18 |
| | platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 145 |
| 1.2 | Fonddan tashqari manbalardan tushgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | dona | 490 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | dona | 145 |
| 1.3 | Jismoniy shaxslardan tushayotgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlarning as�llik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 160 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 36 |
| | oltindan yasalgan soat korpusi | dona | 650 |
| | platina va palladiydan yasalgan soat korpusi | dona | 740 |
| | kumushdan yasalgan soat korpusi | dona | 160 |
| 1.4 | Xorijdan sotib olingan va O‘zbekiston Respublikasida sotish uchun mo‘ljallangan xorijda tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash, bojxona deklaratsiyasi mavjud bo‘lganda | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 175 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 50 |
| 1.5 | Xorijdan sotib olingan va O‘zbekiston Respublikasida sotish uchun mo‘ljallangan xorijda tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va maishiy buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamg‘alash, bojxona deklaratsiyasi bo‘lmaganda | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan buyumlar | g | 350 |
| | kumushdan yasalgan buyumlar | g | 100 |
|
II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlaganlik uchun to‘lov | |||
| 2.1 | Tarkibida 1-5 element mavjud bo‘lgan kichik oddiy buyumlar (tangalar, uzuklar va shunga o‘xshash buyumlar) | | |
| | oltin, platina va palladiydan yasalgan kichik oddiy buyumlar | g | 72 |
| | kumushdan yasalgan kichik oddiy buyumlar | g | 18 |
| 2.2 | Har qanday massadagi murakkab buyumlarning asillik darajasini belgilash qiymati buyum tarkibida: | | |
| | 6 tadan 15 tagacha element bo‘lganda — 2 baravar; | | |
| | 16 tadan 50 tagacha element bo‘lganda — 3 baravar; | | |
| | 51 tadan 100 tagacha element bo‘lganda — 4 baravar; | | |
| | 100 tadan ortiq element bo‘lganda — 5 baravar ko‘payadi. | | |
| 2.3 | Ayrim hollarda noyob buyumlar, asillik darajasini belgilash murakkab bo‘lgan buyumlar yoki tarkibidagi elementlar sonini aniqlash imkoni bo‘lmagan buyumlarning asillik darajasini belgilashda to‘lov miqdori shartnoma asosida belgilanadi. | | |
|
III. Buyumlarni ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lov | |||
| 3.1 | Mulkchilik shakllaridan va moliyalashtirish turidan qat’i nazar, tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslar uchun tamg‘alarning izlari, shaxsiy tamg‘alarning asillik darajasi, haqiqiyligi va sifatini belgilash: | | |
| | zargarlik buyumlari va boshqa maishiy buyumlar | g | 500 |
| | texnik maqsaddagi buyumlar | g | 20 |
| | stomatologiya muassasalari uchun buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish | g | 65 |
| 3.2 | Tekshirish jarayonida muomaladagi nazorat qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat asillik darajasi tamg‘alarining izlari bo‘lmagan yoki asillik darajasi tamg‘alari va shaxsiy tamg‘alarning izlari qalbaki bo‘lgan buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish | g | 750 |
| 3.3 | Qalbaki tamg‘alar va soxta shaxsiy tamg‘alar izlarini yo‘qotish (taqdim etuvchining yozma roziligi bilan) | dona | 750 |
| 3.4 | Shaxsiy tamg‘a berilganligi uchun to‘lov | dona | 14400 |
|
IV. Tekshirib chiqilganligi uchun to‘lov | |||
| 4.1 | Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalardagi: | | |
| | kupelyatsiya usuli bilan oltinni aniqlash (nazorat tartibida) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| | atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.2 | elektrolitlar, yuvish uchun suvlar va eritmalar (suyuq oltin)dagi: | | |
| | oltinni aniqlash (so‘ngida kupelyatsiya usuli bilan) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| | atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.3 | qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlardagi: | | |
| | oltinni aniqlash (so‘ngida kupelyatsiya usuli bilan) | 1 tekshiruv | 3200 |
| | kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| 4.4 | yorug‘likni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalardagi kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan) | 1 tekshiruv | 1795 |
| 4.5 | Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish: | | |
| | oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish | 1 tekshiruv | 4015 |
| | oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish | 1 tekshiruv� | 4820 |
| | platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash | 1 tekshiruv | 3130 |
| 4.6 | Atom-emissiya spektometrida 1-8 element bo‘yicha miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 5610 |
| 4.7 | Asillik darajalaridagi namlikni aniqlash | 1 tekshiruv | 725 |
| 4.8 | Asillik darajalaridagi qizdirish paytidagi kamomadni aniqlash | 1 tekshiruv | 725 |
| 4.9 | Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik tekshirish | 1 tekshiruv | 4825 |
| 4.10 | Rentgen-fluoressent spektrometrda asillik darajasining kimyoviy tarkibini tekshirish (60 elementgacha) |
| |
| | tezkor tekshirish (asosiy qismlar) | 1 tekshiruv | 4475 |
| | aralashmalarni tekshirish | 1 tekshiruv | 13815 |
| 4.11 | Rentgen-fluoressent spektrometrda buyumlar, qotishmalar va zargarlik sanoati parchalarini miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 990 |
| 4.12 | Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metal�, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish | 1 tekshiruv | 4575 |
| 4.13 | ICP-mass-spektrometrda namunada kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish | 1 tekshiruv | 14080 |
Asillik darajasi to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida
Nizom
1. Mazkur Nizom Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi o‘rinlarda matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi) tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi belgilaganligi, tekshirilganligi va ular tamg‘alaganligi uchun asillik darajasi to‘lovini to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Asillik darajasi to‘lovi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3. Asillik darajasi to‘lovi qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar asillik darajasi to‘lovini to‘lovchilar hisoblanadi.
5. To‘lovchilar tomonidan to‘langan asillik darajasi to‘lovi qaytarib berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Asillik darajasi to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi banklari orqali respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
7. Asillik darajasini belgilash ishlari uchun to‘lov oltin, kumush va boshqa qimmatbaho boyliklarning massasi aniq ko‘rsatilgan holda, ushbu qimmatbaho boyliklarning zargarlik korxonalaridan, boshqa tashkilotlardan yoki jismoniy shaxslardan tushishidan qat’i nazar, buyumlarning toshlar bilan birgalikdagi umumiy massasidan undiriladi.
8. Davlat zargarlik korxonalari uchun asillik darajasini belgilash va tamg‘alashning tezkorligi uchun asillik darajasi to‘lovi:
xulosa bir sutka mobaynida berilganda — uch baravar;
xulosa ikki sutka mobaynida berilganda — ikki baravar ko‘payadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alashning tezkorligi uchun asillik darajasi to‘lovi:
xulosa bir sutka mobaynida berilganda — olti baravar;
xulosa ikki sutka mobaynida berilganda — to‘rt baravar;
xulosa uch sutka mobaynida berilganda — uch baravar ko‘payadi.
9. Noma’lum qotishmadan yasalgan buyumlarni qabul qilishda asillik darajasi to‘lovi:
sariq rangli metalldan yasalgan buyumlar uchun — oltin buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
oq rangli metalldan yasalgan buyumlar uchun — kumush buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
kulrang metalldan yasalgan buyumlar uchun — platina buyumlar uchun belgilangan miqdorda undiriladi.
10. Barcha parallel belgilashlar bitta tekshirish sifatida hisobga olinadi.
11. Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlari tomonidan tanlab olingan materiallarning nazorat namunalarini tekshirganlik va ekspertizadan o‘tkazganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan asillik darajasi to‘lovi miqdoriga muvofiq to‘lov to‘lanadi.
12. Tashqi nazorat* bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganligi uchun tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi to‘lovining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
*Tashqi nazorat — o‘lchovlarning mushtarakliligiga erishish, turli laboratoriyalarda bajarilgan tekshirishlar natijalaridagi muntazam tafovutlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida asillik darajasini kimyoviy tekshirish natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini boshqa korxona (tashkilot) laboratoriyasida tekshirish.
13. Arbitraj* tekshirishlari o‘tkazilganligi uchun tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi to‘lovining uch baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
* Arbitraj nazorati — aynan bitta asillik darajasini kimyoviy tekshirish natijalari bo‘yicha laboratoriyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish maqsadida kimyoviy tekshirishlar natijalarining aniqlik ko‘rsatkichlarini xolis laboratoriyada tekshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi uchun o‘tkaziladigan tekshirish va ekspertizalar to‘lovsiz bajariladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
15. Asillik darajasi to‘lovining to‘g‘ri undirilganligi uchun javobgarlik Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
16. Asillik darajasi to‘lovining to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi va budjetga to‘langanligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
17. Asillik darajasi to‘lovi nazarda tutilmagan boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar uchun to‘lov shartnomaviy narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 79-modda;2005-y., 3-4-son, 24-modda)