1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli ““Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarorining 80-bandiga muvofiq, shuningdek xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, rivojlantirish hamda yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati (keyingi o‘rinlarda Jamiyat deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining Jamiyatga quyidagi qo‘shimcha asosiy vazifalarni yuklash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, bolalarning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
“Quvnoq startlar” va “Yozgi ta’til” sport musobaqalarini o‘tkazish, “Umid nihollari” sport musobaqalarini o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish;
sport musobaqalarining respublika bosqichlari g‘oliblari va sovrindorlari bo‘lgan o‘quvchilardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining sport turlari bo‘yicha terma va zaxira jamoalarini shakllantirish hamda sport turlari bo‘yicha federatsiyalar bilan hamkorlikda iqtidorli o‘quvchi sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida qatnashishini ta’minlash.
2. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda bolalarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
3. Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi nazarda tutilsin:
jamiyat a’zolarining a’zolik badallaridan tushgan mablag‘lar;
budjet mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlari ta’minoti xarajatlarini budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
5. Quyidagilar:
Jamiyat faoliyati uchun 2 ta yengil transport vositasi ajratilishi va budjet mablag‘lari hisobidan saqlanishi inobatga olinsin;
Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining trener-o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori talablari asosida belgilangan ustama va qo‘shimcha haqlar tatbiq etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
51. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq to‘lash shartlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
6. Toshkent shahar hokimligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamiyat uchun jahon talablariga javob beradigan sport bazasini yaratish uchun Toshkent shahrida tegishli binoni hududi bilan Jamiyatga ajratish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning ijrosi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 1-avgust,
210-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 210-sonli qaroriga 1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda bolalarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
KOMPLEKSI
T/r
Tadbirlar nomi
Bajarish muddatlari
Bajarish uchun mas’ullar
I.Jamiyat faoliyatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan ishlar
1.
Jamiyat Markaziy Kengashi va uning tizimidagi mintaqaviy kengashlar hamda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan uning zarur normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.
2014-yil
1-oktabr
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq ta’limi vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar
2.
Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlarining xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va namunaviy shtatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Jamiyatning markaziy va mintaqaviy kengashlari trenerlari mehnatiga haq to‘lashni budjetdan moliyalashtiriladigan sport maktablari trener-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash tartibiga muvofiqlashtirish.
2014-yil 1-oktabrgacha
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi
3.
Iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash, sportchilar zaxirasini tayyorlash va sport turlarini rivojlantirish ishlarini olib borish tartibini ishlab chiqish.
2014-yil 1-noyabr
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xalq ta’limi vazirligi
4.
Sport maktablari o‘quvchi sportchilari, pedagoglar va boshqa xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari, o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida zamonaviy moddiy texnik bazaga ega bo‘lgan bittadan sport maktabi bino va inshootlarini Jamiyatning mintaqaviy kengashlariga bepul ravishda foydalanish uchun biriktirish.
2014-yil 20-sentabr
Xalq ta’limi vazirligi
5.
Jamiyat tomonidan jahon talablariga javob beradigan sport bazasini yaratish uchun Toshkent shahrida tegishli binoni hududi bilan Jamiyatga ajratish, keyingi yillarda ushbu binoni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.
2014-yil 15-sentabrgacha
Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi
II.Bolalarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etishga yo‘naltirilgan ishlar
6.
Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim, sport maktablari hamda boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida turli sport musobaqalari va tadbirlarini o‘tkazish orqali seleksiya ishlari doimiy tarzda yo‘lga qo‘yilishini hamda yuqori mahoratli sportchilar tanlab olinishini ta’minlash.
Bir yilda ikki marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar
7.
Xalq ta’limi tizimidagi:
sport maktablarining yillik o‘sishi darajasini hududlar bo‘yicha olib borilishini yo‘lga qo‘yish;
har bir sport maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilash;
sport maktablarining faoliyatini tahlil etish, baholash va yaxshi natijalarga erishgan sport maktablarini rag‘batlantirish;
sport maktablari faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida hisobotlarni eshitish va tahlil qilish.
Bir yilda ikki marta
Har 6 oyda
Bir yilda bir marta
Har chorak va yil yakunida
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
8.
Sport seksiyalari va to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar jadvallarini maqbullashtirish, har xil sport turlari, eng avvalo sportning olimpiya turlari bo‘yicha yangi qo‘shimcha seksiya va guruhlar tashkil etish hisobiga bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shug‘ullanishga yanada kengroq jalb etish.
Har chorakda
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar
9.
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari, talabalari, o‘qituvchi va boshqa xodimlarining jismoniy tayyorgarligini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus sport-test sinovlarini topshirish jarayonini to‘liq yo‘lga qo‘yish.
Bir yilda bir marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar
10.
Sport, tinchlik, hamkorlik va o‘zaro totuvlik g‘oyalarini hamda yuqori natijalarga erishgan yosh sportchi va trenerlarning yutuqlarini o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida davra suhbatlari uyushtirish;
respublika hududlarida, ayniqsa qishloq joylarda tizimli asosda respublikaning yetakchi sportchilari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqalar chempionlari hamda sovrindorlari ishtirokida ko‘rgazmali mahorat saboqlari o‘tkazilishini tashkil etish.
Har oyda ikki marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar, sport turlari bo‘yicha respublika federatsiyalari bilan birgalikda
11.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida hududlarda va umumrespublika miqyosida o‘tkaziladigan “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish.
Bir yilda bir marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
12.
“Umid nihollari” sport musobaqalarining barcha bosqichlari (maktab, tuman, shahar va viloyat) sifatli o‘tishini ta’minlash maqsadida kalendar rejalarni ishlab chiqish hamda musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish.
Har yili 2-chorakda
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
13.
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport to‘garaklari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish.
2014-yil 1-oktabr
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
14.
Sport federatsiyalari bilan hamkorlikda sport turlari bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek sportni targ‘ib qiluvchi tarqatma materiallar, plakatlar yaratish hamda har bir ta’lim muassasasini ta’minlash.
Har yilda bir marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar
15.
O‘qituvchilar va trenerlarning jismoniy tarbiya bo‘yicha malakalarini oshirish va ularga metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan o‘quv seminarlar tashkil etish.
Ishlab chiqilgan jadval asosida
Xalq ta’limi vazirligi, Respublika “Yoshlik” bolalar sport jamiyati, tegishli vazirlik va idoralar
16.
Xalq ta’limi tizimidagi 1-sport va 2-sport davlat statistika hisobot shakllarini barcha ta’lim muassasalaridan o‘z vaqtida qabul qilish va hisobotlarini yuritish.
Bir yilda bir marta
Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, tegishli vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 210-sonli qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq to‘lash shartlari
1. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi
T/r
Lavozimlar nomi
Shtat birliklari soni
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan
(koeffitsiyentda)
1.
Raisning birinchi o‘rinbosari
1
4,610
2.
Raisning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
4,379
3.
Raisning moliya va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
4,379
4.
Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis
1
3,625
5.
Yuriskonsult
1
*
6.
Matbuot kotibi
1
4,379
7.
Bo‘lim boshlig‘i
4
4,111
8.
Bosh mutaxassis
5
3,625
9.
Yetakchi mutaxassis
5
3,389
10.
Bosh buxgalter-bo‘lim boshlig‘i
1
4,111
11.
Buxgalter-bosh mutaxassis
1
3,625
12.
O‘qituvchi-trenerlar
42
**
Jami
64
2. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy kengashlari
T/r
Lavozimlar nomi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar
Jami shtat birliklari soni
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)
1.
Rais o‘rinbosari
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
14
4,358
2.
Buxgalter
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
14
4,111
3.
Bosh mutaxassis
2
2
3
2
3
1
2
2
2
2
3
2
2
2
30
3,389
4.
Yetakchi mutaxassis
2
1
2
1
3
1
2
2
2
1
2
2
1
1
23
3,159
5.
O‘qituvchi-trenerlar
4
4
6
7
7
3
4
10
8
6
13
6
9
8
95
**
Jami:
10
9
13
12
15
7
10
16
14
11
20
12
14
13
176
Izoh.
* O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati yuriskonsultiga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq haq to‘lanadi.
** O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati o‘qituvchi-trenerlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa lavozimlarni kiritish me’yorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan shtat birliklari soni doirasida Markaziy kengashi va mintaqaviy kengashlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida yangi bo‘lim va lavozimlar tashkil qilingan taqdirda, tegishliligi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan lavozimlarning mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llanadi.
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq to‘lash shartlariga ILOVA
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatida texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa lavozimlarni kiritish
ME’YORLARI
1. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — Jamiyat) Markaziy kengashida ombor mavjud bo‘lsa, 1,0 ta shtat birligidan iborat ombor mudiri lavozimi kiritiladi.
lokal isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun 2,0 ta shtat birligidan, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun 1,0 ta shtat birligidan;
alohida kichik qozonlari bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa 1,0 ta shtat birligidan, 6 va undan ortiq bo‘lsa 2,0 ta shtat birligidan;
isitish pechlari orqali isitiladigan jamiyatda har 10 dona pech uchun 1,0 ta shtat birligi va keyingi har 5 dona pech uchun qo‘shimcha 0,5 ta shtat birligidan, lekin 0,5 ta shtat birligidan kam bo‘lmagan holda;
pechka orqali isitiladigan, issiq suv bilan doimiy ta’minlanib turiladigan jamiyat uchun yuqoridagi 1,0 ta shtat birligidan iborat o‘t yoquvchi lavozimlaridan bittasi butun yil davomiga kiritiladi.
3. Binolarning foydalaniladigan ichki qismi, shu jumladan, xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zali hamda o‘quv sinflari maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 350 kv. m tozalash maydoni uchun 0,5 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda kiritiladi.
4. Jamiyatning qoplama to‘shalgan (asfalt, beton, bruschatka) hamda sport maydonlarining har 2500 kv.m maydoni uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, hovli supuruvchi lavozimi, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam bo‘lmagan holda kiritiladi.
5. Jamiyatning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydon uchun 1,0 ta shtat birligi, keyingi har 2,0 ga maydon uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, bog‘bon lavozimi kiritiladi (ijaraga bergan maydoni bundan mustasno).
6. Jamiyatni qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, 3,0 ta shtat birligidan iborat qorovul lavozimi kiritiladi.
7. Jamiyatda mavjud bo‘lgan har bir soz avtotransport vositasi uchun 1,0 ta shtat birligidan iborat haydovchi lavozimi kiritiladi.
8. Jamiyatning har 500 yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va koroba, bunda balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan holda, biroq 0,5 ta shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda elektromontyor lavozimi kiritiladi.
9. Jamiyatning suv quvurlari, kanalizatsiya tizimi va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2000 kv.m foydali maydon uchun 1,0 ta shtat birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, biroq 0,5 shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda chilangar-santexnik lavozimi kiritiladi.
10. Jamiyatning Markaziy kengashiga raisning birinchi o‘rinbosari uchun 1,0 ta shtat birligidan iborat kotib lavozimi kiritiladi.
11. Jamiyatning Markaziy kengashiga 1,5 ta shtat birligidan iborat tibbiyot hamshirasi lavozimi kiritiladi.
Izoh. Tibbiyot hamshirasiga ish haqi to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori asosida tartibga solinadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 31-son, 386-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)