Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.12.2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat mulkini tadbirkorlik subyektlariga, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan, ijara to‘lovining eng kam stavkasi bo‘yicha, tegishli koeffitsiyentlarni belgilamagan holda, ijaraga berishni nazarda tutuvchi namunaviy ijara shartnomasini ishlab chiqsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-may,
126-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-son qaroriga
ILOVA
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
ikkinchi xatboshidagi “yuridik shaxslarning mulki” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan texnopark hududidagi davlat mulki)” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
texnopark — kamida 10 000 kv.m tutash hududdan, davlat mulki (binolar va inshootlar)dan hamda mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkil etilgan (o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan biznes-reja asosida amalga oshiradigan) yuridik shaxsga ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun tasarruf etish huquqisiz berilgan zarur infratuzilmadan iborat bo‘lgan mulkiy kompleks”.
2. 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Texnopark hududidagi davlat mulkini ijaraga berishning eng ko‘p muddati, davlat mulkini ijaraga berishning ilgari tuzilgan shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilgan taqdirda ushbu muddatni uzaytirish imkoni bilan o‘n yilni tashkil qiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
3. Quyidagi mazmundagi 71-bandi qo‘shilsin:
“71. Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan ijaraga beriladi.
Investitsiya majburiyatlari va ularni tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarish shartlari ijara shartnomasida belgilanadi”.
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga, tegishli koeffitsiyentlar belgilanmasdan, ijara to‘lovining eng kam stavkasi bo‘yicha beriladi”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. 12-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda shartnoma muddati, ushbu ijara obyekti bo‘yicha majburiy tartibda e’lon berilmasdan, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan, tegishli ravishda davlat mulkini ijaraga berishning eng ko‘p muddatlaridan oshmaydigan muddatlarga belgilangan tartibda uzaytiriladi. Ushbu eng ko‘p muddatlar tugagach davlat mulki ijaraga umumiy asoslarda beriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 21-son, 246-modda)