Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.10.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-may,
121-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 121-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (1-ilova):
8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Diniy tashkilotlarning band bo‘lgan shaxsi, shu jumladan mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sharti bilan ularning ish davri qo‘shib hisoblanadi”;
48-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Chet elda ishlash davrlari ish stajiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘langan bo‘lsa qo‘shib hisoblanadi”;
65-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“I guruh nogironiga yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har 12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari I guruh nogironi yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarning pensiya ishiga tikib qo‘yiladi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda bolani parvarishlash ta’tili boshlangan sana sifatida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan sana qabul qilinadi”;
sakkizinchi xatboshiga “biroq” so‘zidan keyin “ushbu Nizomning 35-bandi “j” kichik bandiga muvofiq” so‘zlari qo‘shilsin;
70-banddagi “faqat” so‘zi chiqarib tashlansin;
86-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada ushbu bandning birinchi xatboshi talablaridan kelib chiqqan holda u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi”;
115-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiya Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilingan kundan boshlab hisoblab chiqiladi va to‘lanadi”;
122-bandning ikkinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Ushbu holatda pensiya boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi”;
159-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2014-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, taqdirlash puli va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi”;
160-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjat rasmiylashtirilgan davlatning vakolatli davlat organi tomonidan apostil qo‘yilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) ishtirokchi davlatlari — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar mustasno”;
169-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda qarzdorlik summasining murojaat etilgan sanadagi pensiyaning o‘n ikki barobarigacha bo‘lgan qismi biryo‘la, qolgan qismi esa — oylik pensiya summasidan ortiq bo‘lmagan teng ulushlarda to‘lanadi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiyani to‘lash pensioner yoki uning vasiysi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelgandan so‘ng va u ariza taqdim etgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanadi”;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
173-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar nogiron tayinlangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogiron deb e’tirof etilgan taqdirda to‘xtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab to‘lanadi”;
177-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin”;
197-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng beriladi”;
Nizomga 12-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
‎‎“OLD TOMONI

‎‎Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
‎NAMUNASI

‎‎Tashkilotning
‎shtampi
‎___________ № _______ ‎

‎‎M A ’ L U M O T N O M A
‎Ushbu ma’lumotnoma
__________________________________________________ ga

‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎1. Ish haqi summasidan (oylik va choraklik mukofotlar, yil yakuni bo‘yicha taqdirlash puli bundan mustasno) to‘langan sug‘urta badallari quyidagicha ekanligini tasdiqlash uchun berildi:

Oylar‎‏ ______ y.‎‎ ______ y.‎‎ ______ y. ______ y.‎‎ ______ y.‎‎
ish haqi ‎ hisoblangan sug‘urta badallari ‎ ish haqi ‎ hisoblangan sug‘urta badallari ‎ ish haqi ‎ hisoblangan sug‘urta badallari ‎ ish haqi ‎ hisoblangan sug‘urta badallari ‎ ish haqi ‎ hisoblangan sug‘urta badallari
Yanvar‎
Fevral‎
Mart‎
Aprel‎
May‎
Iyun‎
Iyul‎
Avgust‎
Sentyabr‎
�ktyabr‎
Noyabr‎
Dekabr‎
Hammasi‎
‎‎ORQA TOMONI

‎‎2. Oylik va choraklik mukofotlar, yil yakuni bo‘yicha taqdirlash puli summasidan to‘langan sug‘urta badallari quyidagicha:

To‘lov oyi va yili ‎ Summa‎ Hisoblangan sug‘urta badallari ‎ To‘lov qaysi davr uchun amalga oshirilgan ‎ Qanday ko‘rsatkichlar uchun to‘langan ‎ To‘lov oyi va yili ‎ Summa‎ Hisoblangan sug‘urta badallari ‎ To‘lov qaysi davr uchun amalga oshirilgan ‎ ‎‎Qanday ko‘rsatkichlar uchun to‘langan
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

Jami‎

‎‎
‎‎
‎‎Ushbu ma’lumotnoma quyidagi hujjatlar asosida berildi:
‎‎___________________________________________________________________________________________

(vedomostlar, shaxsiy hisob raqamlari va boshqalar)‎‎

‎‎‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.
‎Ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etish uchun berildi.

‎‎Tashkilot rahbari‎

‎‎______________

‎‎‎‎______________________

‎‎(imzo)

‎(F.I.O.)

‎‎Bosh buxgalter

‎‎‎‎______________

______________________

‎‎M.O‘.

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Izoh: agar ish haqini hisoblash daftarlariga tuzatishlar kiritilgan hollar mavjud bo‘lsa, u holda ushbu tuzatishlar ko‘rsatilishi kerak”.
2. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2-ilova) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqishga misol
1. Erkak kishi 2011-yil 12-aprelda 60 yoshga to‘lgach pensiya tayinlash uchun murojaat qildi va uning oxirgi o‘n yil mobaynida mehnat faoliyatining 5 yillik davri uchun 2006-yil may — 2011-yil aprel oylari tanlandi.
2. Pensiya tayinlanishidan oldingi 12 oy uchun o‘rtacha eng kam oylik ish haqi miqdorini aniqlaymiz.
O‘rtacha eng kam oylik ish haqi miqdori = (37680 so‘m (2010-yil aprel — iyuldagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4 + 45215 so‘m (2010-yil avgust — noyabrdagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4 + 49735 so‘m (2010-yil dekabr — 2011-yil martdagi eng kam oylik ish haqi miqdori) * 4) / 12 = 44210,0 so‘m.
3. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida (ma’lumotnoma bo‘yicha) ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini va har bir oy uchun hisoblab chiqilgan ish haqini aniqlaymiz:

Davrlar

Eng kam oylik

ish haqi miqdori

Pensiyalarni hisoblash uchun

qo‘llaniladigan ish haqi

Ish haqining yakka tartibdagi

koeffitsiyenti

O‘rtacha eng kam oylik ish haqi miqdori

Qayta hisoblab

chiqilgan ish haqi

1

2

3

4 (3/2)

5

6 (4*5)

2006-yil

May

9 400

72 000

7,6596

44 210,0

338 630,92

Iyun

9 400

123 400

13,1277

44 210,0

580 375,62

Iyul

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Avgust

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Sentyabr

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Oktyabr

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Noyabr

12 420

95 220

7,6667

44 210,0

338 944,81

Dekabr

12 420

95 220

7,6667

44 210,0

338 944,81

Jami:

2 952 675,40

2007-yil

Yanvar

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Fevral

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Mart

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Aprel

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

May

12 420

125 500,00

10,1047

44 210,0

446 728,79

Iyun

12 420

145 600,00

11,7230

44 210,0

518 273,83

Iyul

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Avgust

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Sentyabr

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Oktyabr

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Noyabr

17 077,50

130 930,00

7,6668

44 210,0

338 944,81

Dekabr

18 630

144 025,00

7,7308

44 210,0

338 944,81

Jami:

4 354 450,72

2008-yil

Yanvar

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Fevral

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Mart

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Aprel

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

May

20 865

185 425

8,8869

44 210,0

392 889,85

Iyun

20 865

224 560

10,7625

44 210,0

475 810,13

Iyul

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

Avgust

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

Sentyabr

25 040

194 500

7,7676

44 210,0

343 405,60

Oktyabr

25 040

194 500

7,7676

44 210,0

343 405,60

Noyabr

26 540

208 400

7,8523

44 210,0

347 150,18

Dekabr

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Jami:

4 281 937,45

2009-yil

Yanvar

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Fevral

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Mart

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Aprel

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

May

28 040

245 600

8,7589

44 210,0

387 230,97

Iyun

28 040

297 852

10,6224

44 210,0

469 616,30

Iyul

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Avgust

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Sentyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Oktyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Noyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Dekabr

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Jami:

4 152 972,45

2010-yil

Yanvar

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Fevral

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Mart

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Aprel

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

May

37 680

312 500

8,2935

44 210,0

366 655,64

Iyun

37 680

365 800

9,7081

44 210,0

429 195,10

Iyul

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Avgust

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Sentyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Oktyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Noyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Dekabr

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Jami:

4 059 017,36

2011-yil

Yanvar

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Fevral

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Mart

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Aprel

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Jami:

1 334 275,48

Hammasi:

21 135 328,86

4. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqamiz:
Pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi = 21 135 328,86 so‘m/60 = 352 255,48 so‘m”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 20-son, 227-modda)