Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1863-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-mart,
7/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 14-martdagi 7/1-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Mijozga ochilgan, boshqa bankdan o‘tkazilgan yoki qayta harakatga keltirilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar, shuningdek, hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish hamda mijozning hisobvarag‘ini yopish shu kunning o‘zidayoq amalga oshiriladi.”.
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli xo‘jalik sudining qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlash vaqtida BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli xo‘jalik sudining qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlab bo‘lingandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”;
o‘n yettinchi xatboshidagi “Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 788-moddasiga binoan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi birinchi qismiga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bo‘yicha tegishli xo‘jalik sudining qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvarag‘iga mablag‘ jamlash vaqtida aktiv operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ikkilamchi hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 14-son, 159-modda)