Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ALKOGOLLI MAHSULOT IShLAB ChIQARIShGA DAVLAT MONOPOLIYASINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tasdiqlangan standartlarga muvofiq alkogolli mahsulot ishlab chiqarishni tartibga solish, uning tegishli texnologiyasi va sifatini taʼminlash, shuningdek uni sotish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
1. Oziqabop spirt ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi oʻrnatilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
3. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” va “Oʻzkimyosanoat” uyushmalari “Oʻzdavstandart” hamda boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda oziqabop spirt, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish huquqini olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shu jumladan korxonalar amaldagi standartlarga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotlarning texnologiyasi va sifatini, shuningdek ularni sotish yuzasidan belgilangan tartibni taʼminlashlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar roʻyxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasi:
korxonalar, shu jumladan xorijiy sarmoyani jalb etgan korxonalar alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish huquqini olishlari uchun ularga ruxsatnomalar berish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin;
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan band boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni 1997-yilning 1-sentabriga qadar sinchiklab hisobga olsin hamda korxonalarga alkogolli mahsulot ishlab chiqarish huquqini olishga ruxsatnomalar berish uchun ushbu Farmon talablariga muvofiq ularning roʻyxatini belgilasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, 1998-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritiladigan vino-aroq mahsulotlarini sotish huquqi uchun litsenziya yigʻimining qatʼiy belgilab qoʻyilgan stavkalarini bir oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 398-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida”gi qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-iyun,
PF-1790-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 178-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)