|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.01.2017
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ–1989-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq:
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 139 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-oktabr,
PQ–2058-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ–2058-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan ayrim qarorlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 5-sentabrdagi PQ–167-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ–1730-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi, 3-bandi uchinchi xatboshi, 8-bandi to‘rtinchi xatboshi va 9-bandi, shuningdek qarorning 2-ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ–1836-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va 1-ilovasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritishlar to‘g‘risida” 2012-yil 25-oktabrdagi PQ–1840-sonli qarorining 2-bandi va qaror ilovasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 44-son, 578-modda; 2014-y., 15-son, 162-modda)