Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kreditlarini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtirilgan xorijiy banklar kreditlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan kreditlarini o‘z vaqtida qaytarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori 6-bandiga muvofiq 2012-yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to‘lovlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan valyuta tushumi qismi vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom to‘lab bo‘linadigan muddatga qadar ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga, istisno tariqasida:
tarkibiy bo‘linmalarning xorijiy valyutadagi bo‘sh mablag‘larini “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi joriy talab qilib olinadigan hisob raqamida jamlashga ruxsat berilsin;
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-sentabr,
253-son