O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ta’kidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi konyukturaning sezilarli o‘zgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar o‘sdi, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish ta’minlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Tovarlarni eksportga yetkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini ta’minlaydigan “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.
Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmatsevtika, mebel, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shug‘ullanmayotgan korxonalar faoliyat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ko‘pchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq.
Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan to‘g‘ri foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi natijasidir.
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini ko‘paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda ko‘maklashish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov boshchiligida Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etsin.
Maxsus ekspert komissiyasi (U.U. Rozuqulov) uch oy muddatda eksportga mahsulot ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilish masalalari bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini ko‘rib chiqsin, ularning ushbu masala bo‘yicha rezerv va imkoniyatlarini o‘rgansin hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun zarur takliflarni kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi o‘z majlisida ushbu masalalarni muhokama qilsin hamda respublikada eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish borasidagi ishlarning ahvolini tubdan yaxshilash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida ko‘rib chiqilsin.
3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish korxonalarning eksportga yetkazib berishga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro‘yxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlanganligini puxta o‘rganib chiqsin hamda o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maxsus ekspert komissiyasiga (U.U. Rozuqulov) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ishlab chiqaruvchi korxonalari va tashqi savdo tashkilotlariga mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar bo‘yicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga ruxsat berish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda o‘z takliflarini Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqi berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
 LexUZ sharhi
4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mahalliy korxonalarga:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan o‘z tovar (ish, xizmat)larini yetkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan o‘zlari mulk egasi bo‘lgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan shartnomalar ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
8. Tijorat banklariga eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-mart,
PQ-1731-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 13-son, 140-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)