Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zog‘irsanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-apreldagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 169-modda)
Quyidagilar bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati — Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9A, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21 va 21a-uylar manzillaridagi; Uchtepa tumani, 25-mavze, Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan Shirin ko‘chasi kesishgan joydagi bo‘sh yer uchastkasidagi binolarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-apreldagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 169-modda)
“BITI-PRODUCTION” qo‘shma korxonasi — Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilidagi binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha;
“Shodmonov” mas’uliyati cheklangan jamiyat — Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G9A mavzesi, 26, 26a va 26b-uylar manzillaridagi binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Universitet obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
4. Bosh loyihalash tashkiloti:
buyurtmachi bilan birgalikda 2013-yil 31-dekabrgacha Universitet binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
rekonstruksiya qilinayotgan binolar va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik va instrumental tekshiruvdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda, tasdiqlangan smeta-loyiha hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga 2013—2016-yillarda Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish tadbirlarining moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, tartibga solib boriladigan narxlar bo‘yicha Universitet obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarini obodonlashtirish uchun sement va metall prokati ajratilishini ta’minlasinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-apreldagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 169-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni va qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet binolari va inshootlarini o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va multimediy texnikasi, inventar va mebellarning asosiy turlari bilan jihozlash belgilangan normativlarga muvofiq, qurilish-rekonstruksiya ishlarining tegishli bosqichlari tugallanishiga ko‘ra, ularni sotib olish xarajatlarini loyiha-smeta hujjatlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yilda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Universitetga 2-ilovaga muvofiq eng zarur zamonaviy kompyuter texnikasi va multimediy vositalari bilan jihozlash uchun budjet mablag‘lari ajratsin.
Universitetga 2013-yilda, eng yaxshi takliflarni tanlov bo‘yicha tanlab olish yo‘li bilan, tender savdolari o‘tkazmasdan zarur kompyuter asbob-uskunalari va o‘qitishning multimediy vositalarini sotib olishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 48-uy manzilida joylashgan Universitet binolari va inshootlarini tezkor boshqarish huquqi bilan, Toshkent shahar hokimligiga bepul berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-avgust,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 222-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish
tadbirlari
Oldingi tahrirga qarang.
T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Obyektlar manzili‎ Amalga oshirish muddatlari‎
1.‎ ‎Universitetning 2200 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan yangi o‘quv-ma’muriy binosini qurish. Toshkent shahri, ‎Uchtepa tumani, ‎G9 A, ‎
‎Kichik halqa ‎yo‘li, 21-uy
2013 — 2015-yillar
2.‏

Universitetning sport zali, sport yadrosi (yugurish yo‘lkasi bo‘lgan futbol maydoni, voleybol, basketbol maydonchalari, tennis korti) iborat bo‘lgan sport majmuasini qurish.‎

5.‎

Fransuz filologiyasi fakultetining o‘quv korpusini rekonstruksiya qilish, keyinchalik unda ingliz tilining 3-fakultetini joylashtirish.‎

Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
‎ G9 A, Kichik halqa yo‘li, 21a-uy ‎
2013-2014-yillar‎
6.‎

Universitet rektoratining mavjud ma’muriy binosini rekonstruksiya qilish, unda zamonaviy axborot-resurs markazini joylashtirish.‎

Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
‎G9 A, Kichik halqa yo‘li, 21-uy
2014-2015-yillar
7.‎

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining mavjud o‘quv korpusini rekonstruksiya qilish, unda Respublika xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazini hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetini joylashtirish.‎

8.‎

4 qavatli alohida binoni rekonstruksiya qilish, unda 330 o‘rinli talabalar yashash joylarini tashkil etish.‎

Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
‎G9 A mavzesi, 26a-uy ‎
2013-2014-yillar‎
9.‎

Talabalar yashaydigan binoni mukammal ta’mirlash.‎

Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
‎G9 A mavzesi, 26 b-uy
2014-2015-yillar‎
10.‎ Sobiq oshxona binosini rekonstruksiya qilish, unda jalb etilgan xorijiy mutaxassislar uchun ‎20 o‘rinli mehmonxonani joylashtirish. ‎ Toshkent shahri,
‎Uchtepa tumani, ‎G9 A mavzesi, 26-uy‎
2015-yil
11.‎

8, 11 va 12-o‘quv korpuslari kompleksini rekonstruksiya qilish, ularda 550 o‘rinli talabalar yashash joylarini tashkil etish.‎

Toshkent shahri, Uchtepa tumani,
‎Zakovat ko‘chasi, 4-uy
2015-2016-yillar
12.‎ 7-o‘quv korpusini mukammal ta’mirlash.‎
13.‎ 9-o‘quv korpusini mukammal ta’mirlash.‎
14.‎ 10-o‘quv korpusini mukammal ta’mirlash.‎
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-apreldagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 14-son, 169-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 222-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti uchun zamonaviy kompyuter texnikasi va o‘qitishning multimediy vositalari
ro‘yxati
T/r‎

Asbob-uskunalar nomi‎

O‘lchov birligi‎ Soni‎
1.‎

Tillarni o‘rganish uchun kompyuterli lingafon sinflari.‎

Komplekt
‎(o‘qituvchi terminali — 1, talabalar uchun terminallar — 15,
‎kompyuter 15+1, konditsioner) ‎
6‎
2.‎

Xorijiy tillarni mustaqil o‘rganish paviloni.‎

Komplekt (12 ta kompyuter, konditsioner) ‎ 6‎
3.‎ Elektron kutubxona zali.‎ Komplekt (30 ta kompyuter, konditsioner) ‎ 3‎
4.‎

Multimediy auditoriyasi.‎

Komplekt
‎(kompyuter, proyektor, proyeksiya uchun ekran, aktiv kolonkalar,
‎konditsioner) ‎
12‎
5.‎ Multimediy auditoriyasi.‎ Komplekt
‎(LCD 42 televizori, konditsioner) ‎
14‎
6.‎

Universitet hududida radio va videotranslatsiya.‎

Komplekt
‎ (raqamli tyuner o‘rnatilgan LCD 42’ televizori,
‎“Uzdigital TV”ga ulanish va abonent to‘lovi, DVD pleyer — 8, ovoz
‎kolonkalari — 20, quvvatni kuchaytirgich va radiouzel — 3) ‎
1‎
7.‎

Xorijiy tillar bo‘yicha multimediy o‘quv materiallari yaratish uchun studiya.‎

Komplekt
‎ (15 nomdagi texnologik uskuna) ‎
1‎
8.‎

Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i uchun uskuna.‎

Komplekt
‎(2 ta server, kommunikatsiya uskunasi, kabellar,
‎ virusga qarshi dasturiy ta’minot)‎
1‎
9.‎ Radiostudiya majmui.‎ Komplekt‎ 1‎
10.‎ Kompyuter sinflari uchun mebel.‎ Komplekt
‎(kompyuter stoli + IZO yarimyumshoq stul )
258‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 33-son, 439-modda; 2015-y., 14-son, 169-modda)