|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.05.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining
buyrug‘i
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2469]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 62-sonli “Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2469-2, 01.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-may,
98-son
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 98-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq traktorlar, o‘ziyurar mashinalar, yo‘l qurilish va meliorativ texnikalarni (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) boshqarish huquqini berish uchun traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlarini berish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining hududiy organlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Texnika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki maxsus o‘quv muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarga traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyalarining buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Komissiya tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining Qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha tuman va shahar inspektori (bundan buyon matnda davlat inspektori deb yuritiladi), tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi mutaxassisi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining soha bo‘yicha o‘qituvchisi kiritiladi.
Davlat inspektori komissiya raisi hisoblanadi.
4. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni tegishli tumanda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga beriladi.
II bob. Traktorchi-mashinistlarning bilimlarini tekshirish, guvohnomalar va ogohlantirish talonlarini berish
5. Texnika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki maxsus o‘quv muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini olish uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladilar:
davlat inspektorining nomiga ariza;
tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi;
fuqarolik pasportining nusxasi;
texnika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki maxsus o‘quv muassasalari tomonidan berilgan diplom yoki guvohnomaning nusxasi;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat;
traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini olish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
6. Imtihonlar olishda traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,04;
texnikani ekspluatatsiya qilish qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
haydash ko‘nikmalari qoidalari bo‘yicha imtihonlar olinganligi uchun — 0,23;
guvohnoma berilganligi uchun — 0,17;
ogohlantirish taloni berilganligi uchun — 0,08 miqdorda yig‘im undiriladi.
Har bir takroriy imtihon uchun ko‘rsatilgan summa 2 barobar miqdorida undiriladi.
Yo‘qolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari o‘rniga yangilari berilganligi uchun ko‘rsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2014-yil 17-noyabrdagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2469-1, 18.11.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 47-son, 564-modda)
7. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini olish uchun yo‘l harakati qoidalaridan, texnikani ekspluatatsiya qilish qoidalaridan va haydash ko‘nikmalari qoidalaridan imtihon topshiriladi.
8. Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlarini berishda imtihon yakunlari bo‘yicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
9. Traktorchi-mashinistlar mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan imtihonlarning qaysi biridan o‘tolmagan bo‘lsalar, 15 kundan keyin tegishli imtihonni takroriy topshirishlari mumkin.
10. Mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan imtihonlarning barchasidan o‘tgan traktorchi-mashinistlarga shu kunning o‘zida davlat inspektori tomonidan tegishli toifadagi guvohnoma va ogohlantirish taloni beriladi.
11. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini berishda texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifalar ustuniga “ruxsat etilgan” so‘zi bilan muhr qo‘yiladi.
Ruxsat berilmagan toifa ustuniga esa “chiziq” belgisi bilan muhr qo‘yiladi.
12. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni beriladigan texnika turlariga qarab A, B, C, D, E va F toifalarga bo‘linadi.
Ushbu toifalar quyidagicha tavsiflanadi:
“A” toifa — 14 kN (1,4 tk) gacha klassli g‘ildirakli traktorlar;
“B” toifa — 14 kN (1,4 tk) dan yuqori klassli g‘ildirakli traktorlar;
“C” toifa — zanjirli traktorlar;
“D” toifa — mexanik transmissiyali o‘ziyurar mashinalar;
“E” toifa — gidrostatik transmissiyali o‘ziyurar mashinalar;
“F” toifa — meliorativ va yo‘l-qurilishi texnikalari.
13. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni 3 sinfga bo‘linadi va traktorchi-mashinistlarga:
III-sinf “A”, “B”, “C”; “D”;
II-sinf “A”, “B”, “C”; “D”, “E”;
I-sinf “A”, “B”, “C”; “D”, “E” ,”F” toifadagi texnikalarni boshqarish huquqi beriladi.
14. III-sinf traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki maxsus o‘quv muassasalarini bitirgan hamda imtihonlardan o‘tgan fuqarolarga beriladi.
15. II va I-sinf traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini olish uchun talabgor III-sinf traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni bilan kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda texnika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki maxsus o‘quv muassasalarida 240 soatdan kam bo‘lmagan o‘quv dasturi asosida qayta o‘qigan bo‘lishi lozim.
III bob. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini almashtirish
16. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni yaroqsiz holatga kelganda yangisiga almashtirib beriladi.
17. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni yaroqsiz holga kelganda, yangisiga almashtirish uchun traktorchi-mashinist davlat inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat inspektori nomiga ariza;
yaroqsiz holga kelgan guvohnoma yoki ogohlantirish taloni;
belgilangan miqdorda yig‘im to‘langanligi haqidagi hujjat.
18. Traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni yo‘qolganda davlat inspektoriga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat inspektori nomiga ariza;
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan guvohnoma yoki ogohlantirish taloni olib qo‘yilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni berilgan joyi va sanasi to‘g‘risida tegishli davlat inspektori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma;
yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
19. Davlat inspektoriga barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish taloni yangisiga almashtirib beriladi.
IV bob. Yakuniy qoida
20. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 11-may
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIYEV
2013-yil 11-may
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish | ||||||||||
| | ||||||||||
|
DALOLATNOMA | ||||||||||
| | | | | | | | | | | |
|
________________ tuman (shahar) | ||||||||||
| | | | | | | | | | | |
|
20__ yil “___” _________________ |
| | | | __________ raqamli | |||||
| | | | | | | | | | | |
| T/r | F.I.O. | Tug‘ilgan yil, kun, oy |
O‘qigan muassasasi nomi, diplom yoki guvohnoma raqami va sanasi |
Tibbiy ko‘rik ma’lumotnoma raqami va sanasi |
Imtihon natijalari | |||||
| yo‘l harakatidan |
texnikani ekspluatatsiya qilishdan |
haydash ko‘nikmalaridan | ||||||||
| o‘tdi | o‘tmadi | o‘tdi | o‘tmadi | o‘tdi | o‘tmadi | |||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
| | | | | | | | | | | |
| | ||||||||||
| | ||||||||||
|
Komissiya raisi |
|
_____________ |
|
__________________________ |
| | | |||
| | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) |
| | | ||
| | | | | | | | | | | |
|
Komissiya a’zolari |
|
____________ |
|
_________________________ |
| | | |||
| | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) |
| | | ||
| | | |
____________ |
|
_________________________ |
| | | ||
| | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) |
| | | ||
| | | |
____________ |
|
_________________________ |
| | | ||
| | | |
(imzo) |
|
(F.I.O.) |
| | | ||
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 322-modda; 2014-y., 47-son, 564-modda)