Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarini joylashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlari 1-ilovaga muvofiq binolar va xonalarda joylashtirilsin.
2. Mulkiy komplekslar tegishli davlat organlarining operativ boshqaruv huquqi asosida 2-ilovaga muvofiq bepul berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
“Qishloqqurilishbank” ATBga Toshkent shahri, A. Navoiy koʻchasi, 18A-uy manzilida joylashgan mulkiy kompleksni mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida;
mulkiy kompleks va asosiy vositalar uchun belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq realizatsiya qilish.
4. Belgilansinki, quyidagilarning sotilishidan tushgan mablagʻlar:
Toshkent shahri, A. Navoiy koʻchasi, 18A-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlardan tushgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan tashqari, toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi, koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Qishloqqurilishbank” ATBning qoʻshimcha chiqariladigan aksiyalarini nominal qiymatda sotib olishga maqsadli yoʻnaltiriladi;
3-ilovada koʻrsatilgan mulkiy kompleks va asosiy vositalardan tushgan mablagʻlar Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlarida taʼmirlash-qurilish ishlarini olib borish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli foydalanish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi ixtiyorida qoladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi ikki oy muddatda mazkur qarorning 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan mulkiy komplekslarni qabul qilish-topshirish va sotishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-aprel,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlari joylashgan binolar va xonalar

T/r

Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organi

Manzil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus sh., A. Temur koʻchasi, 112 “A” uy

2.

Andijon viloyati hududiy boshqarmasi

Andijon viloyati, Andijon sh. A. Navoiy koʻchasi, 30-uy

3.

Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

Buxoro viloyati, Buxoro, Mustaqillik koʻchasi, 10-uy

4.

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 63-uy

5.

Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., A. Temur koʻchasi, 43-uy

6.

Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., P. Ochilov koʻchasi, 24-uy

7.

Namangan viloyati hududiy boshqarmasi

Namangan viloyati, Namangan sh., A. Navoiy koʻchasi, 72-uy

8.

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mir Said Baraka koʻchasi, 49-uy

9.

Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., M. Qoshgʻariy koʻchasi, 36 “A” uy

10.

Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., 3-massiv, Oʻzbekiston koʻchasi, 3-uy

11.

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi

Toshkent sh., Mustaqillik koʻchasi, 107-uy, 1-qavat

12.

Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, A. Navoiy koʻchasi, 17-uy

13.

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy, 3-qavat

14.

Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

Toshkent sh., A. Temur koʻchasi, 16 “a” uy

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
2-ILOVA
Tegishli davlat organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan mulkiy komplekslar

T/r

Mulkiy kompleksning balansda saqlovchisining nomi

Joylashgan joyi

Qabul qiluvchi organlar

Foydalanish maqsadi

1.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus sh., A. Temur koʻchasi, 129 “A” uy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash boʻlimini joylashtirish

2.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Gʻijduvon koʻchasi, 17-uy

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boʻlinmalarini joylashtirish *

3.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., Oʻzbekiston koʻchasi, 184-uy

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Soliq, valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Qashqadaryo viloyati departamentini joylashtirish

4.

Tugatilgan Davlat mulki qoʻmitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi

Namangan viloyati, Namangan sh., Bankovskaya koʻchasi, 9-uy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

“OʻzGASHKLITI” DUKning Ustav fondiga maʼmuriy bino sifatida foydalanish uchun topshirish

5.

Tugatilgan Davlat mulki qoʻmitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Boʻstonsaroy koʻchasi, 85 “A” uy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

Davlat bojxona qoʻmitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasini joylashtirish **

6.

Tugatilgan Davlat mulki qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al-Xorazmiy koʻchasi, 30-uy

Xorazm viloyati hokimligi

Xorazm tarixi va madaniyati muzeyini joylashtirish

* Buxoro viloyati adliya boshqarmasi hisob raqamidan Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisob raqamiga Buxoro shahridagi “Baxt uyi” obyekti qurilishi uchun ilgari yoʻnaltirilgan 344,0 mln soʻm miqdoridagi mablagʻlar Buxoro viloyati hokimligining xayriya ehsoni deb hisoblansin, ushbu mablagʻlar 2013-yil davomida Buxoro shahri, Mustaqillik koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan Davlat raqobat qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi binosida taʼmirlash-qurilish ishlarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
** Keyinchalik rejim choralari va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida asosiy binoga tutashgan qoʻshimcha imorat buzib tashlash sharti bilan.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-apreldagi 104-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan sotiladigan mulkiy komplekslar va asosiy vositalar
roʻyxati

T/r

Realizatsiya qilinadigan mulk

Joylashgan joyi

1.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining mulkiy kompleksi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., N. Xoʻjayev koʻchasi, 5-uy

2.

Tugatilgan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi binosidagi mebel, inventar va uskunalar*

Toshkent sh., A. Navoiy koʻchasi, 18A-uy

* “Qishloqqurilishbank” ATB tomonidan mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymat boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotiladi.