|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.03.2013
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SOLIQ HISOBOTINING ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1760-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-sonli “Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-aprel,
30-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-aprel,
2011-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandida:
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bozorlar boʻyicha 18-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha 19-ilovaga muvofiq”.
2. 1-ilovada:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobining 1, 4, 5, 7, 8-ilovalari tegishincha ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2—6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq 12-ilova bilan toʻldirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlar tomonidan toʻlanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobining 2-ilovasi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 8-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. 2-ilovada:
Hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida maʼlumotlar va ularga ilovalarni ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 9-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Toʻlangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma va uning ilovasi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 10-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 11-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — chet ellik jismoniy shaxsning jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 3-ilovada:
a) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida:
1, 2, 4, 6, 7-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 12—16-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 17-ilovasiga muvofiq tahrirda 8-ilova bilan toʻldirilsin;
b) Hisobvaraq-fakturani toʻldirish tartibi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 18-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
v) ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 19-ilovasiga muvofiq tahrirda Olingan (realizatsiya qilingan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadigan hujjatlar) reyestrini yuritish tartibi bilan toʻldirilsin.
5. 4-ilovada:
Alkogolli mahsulotlar boʻyicha aksiz soligʻining hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan alkogolli mahsulotlar boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 20-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
4 va 5 varaqlar tegishincha 6 va 7 varaqlar deb hisoblansin;
Pivo boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan pivo boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 21-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Oʻsimlik (paxta) yogʻi boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan oʻsimlik (paxta) yogʻi boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 22-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Sigaretalar boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi va Mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga mansub yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan sigaretalar boʻyicha aksiz soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 23-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
12 — 21 varaqlar tegishincha 16 — 25 varaqlar deb hisoblansin.
22 va 23 varaqlar chiqarib tashlansin.
6. 6-ilovada:
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumot ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 24-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 25-ilovasiga muvofiq tahrirda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar (faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻldiriladi) bilan toʻldirilsin;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi va uning ilovasi 03-04-varaqlar deb hisoblansin.
7. 7-ilovada:
a) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining 4-ilovasi:
0207-satri chiqarib tashlansin;
rus tilidagi matnning 0209-satrida “energoperedach” degan soʻz “elektroperedach” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma izohida “25-yanvarigacha” degan soʻzlar “25-yanvaridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 9-ilovada:
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan toʻlovchilarning obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 26-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan toʻlovchilarning obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 27-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. 11-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 28-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
10. 12-ilovada Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 29-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. 13-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 30-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. 15-ilovada:
Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 31-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 32-ilovasiga muvofiq tahrirda Yakka tartibdagi tadbirkor — yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar va Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi bilan toʻldirilsin;
13. 16-ilovada Joriy soliq davrining 1-yanvardagi holati boʻyicha yagona yer soligʻi hisob-kitobi 050-satridagi formula quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(5-ustun 030-satr x 040-satr) x 1000”.
14. Ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 33-ilovasiga muvofiq tahrirda 18-ilova bilan toʻldirilsin.
15. Ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 34-ilovasiga muvofiq tahrirda 19-ilova bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)