Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.12.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qarori 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 12-son, 95-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-fevral,
47-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-fevraldagi 47-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 12-dekabrdagi 324-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish
1. 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo” so‘zidan keyin “(hujjatlari mavjud bo‘lmagan tovarlarni sotish)” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maxsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovka qilinishi kerak bo‘lgan chetdan keltiriladigan iste’mol tovarlari
RO‘YXATI
T/r Tovarning nomi TIF TN kodi

1.‎

Qisilgan yoki suyultirilgan gaz uchun idishlar 7311 00 110 0, 7311 00 130 0,
‎7311 00 190 0, 7311 00 300 0,
‎7311 00 910 0, 7311 00 990 0,
‎7613 00 000 0 ‎
2.‎ Ovqatni tayyorlash va isitish uchun qurilma 7321 11 100 0‎
3.‎ Harorat va havo namligini o‘zgartirish uchun
‎dvigateli va priborlari bo‘lgan, ventilyator
‎bilan uskunalangan havoni konditsiyalash uchun
‎qurilma, shu jumladan, havoni alohida tartibga
‎solish mumkin bo‘lmagan konditsionerlar
8415 10 100 0, 8415 10 900 0,
‎8415 20 000 9, 8415 81 009 0,
‎8415 82 000 9, 8415 83 000 9 ‎
4.‎ Elektr yoki boshqa turdagi muzlatgichlar,
‎sovutgichlar va boshqa sovutgich yoki muzlatgichlar
8418 10 200 1, 8418 10 200 9,
‎8418 10 800 1, 8418 10 800 9,
‎8418 21 100 0, 8418 21 510 0,
‎8418 21 590 0, 8418 21 910 0,
‎8418 21 990 0, 8418 29 000 0,
‎8418 40 200 1, 8418 40 200 9,
‎8418 40 800 1, 8418 40 800 9 ‎
5.‎ Uy-ro‘zg‘or idishlarini yuvish mashinalari 8422 11 000 0‎
6.‎ Plastina, silindrlar va 8442 tovar pozitsiyasi
‎boshqa bosma shakllari bilan bosishda
‎foydalaniladigan bosma mashinalar;
‎boshqa printerlar, nusxa ko‘chirish a�paratlari
‎va ‎faksimil apparatlari, birlashtirilgan
‎yoki ‎birlashtirilmaganlari
8443 31 100 0, 8443 31 910 0,
‎8443 31 990 1, 8443 31 990 9,
‎8443 32 100 1, 8443 32 100 9,
‎8443 32 300 0, 8443 32 910 0,
‎8443 32 930 1, 8443 32 930 9,
‎8443 32 990 0, 8443 39 100 0,
‎8443 39 310 1, 8443 39 310 9,
‎8443 39 390 0, 8443 39 900 1,
‎8443 39 900 2, 8443 39 900 9 ‎
7.‎ Maishiy yoki kirxonalar uchun kir yuvish
‎mashinalari, shu jumladan, yuvilgan buyum
‎suvini siqish qurilmasi bilan jihozlangan
‎mashinalar
8450 11 110 0, 8450 11 190 0,
‎8450 11 900 0, 8450 12 000 0,
‎8450 19 000 0 ‎
8.‎ Changyutgichlar 8508 11 000 0, 8508 19 000 1,
‎8508 19 000 9, 8508 60 000 0 ‎
9.‎ Mikroto‘lqinli pechlar 8516 50 000 0‎
10.‎ Maishiy turg‘un elektr plitalari 8516 60 101 0 ‎
11.‎ Uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz aloqa
‎tarmoqlari uchun telefon apparatlari
8517 12 000 0‎
12.‎ Videotyunerga birlashtirilgan yoki
‎birlashtirilmagan videoyozish yoki
‎videotiklash apparatlari
8521 10 200 0, 8521 10 950 0,
‎8521 90 000 1, 8521 90 000 9‎
13.‎ Ovoz yozgichi yoki ovoz kuchaytirish apparatlari
‎yoki soatlari bo‘lgan qo‘shma yoki bitta korpusga
‎birlashtirilmagan radioeshittirish uchun
‎qabul qiluvchi apparatlar
8527 91 190 0, 8527 91 350 0,
‎8527 91 910 0, 8527 91 990 0,
‎8527 92 100 0, 8527 92 900 0,
‎8527 99 000 0 ‎
14.‎ Tarkibiga qabul qiluvchi televizion apparat
‎kirmaydigan monitorlar va proyektorlar;
‎tarkibiga keng qamrovli radiopriyomnik yoki
‎apparatura, yozib oluvchi yoki ovozni aks
‎ettiruvchi yoki tasvirlovchilar kiradigan yoki
‎kirmaydigan televizion aloqa uchun qabul
‎qiluvchi apparatlar
8528 41 000 0, 8528 49 100 0,
‎8528 49 800 1, 8528 49 800 9,
‎8528 51 000 0, 8528 59 100 0,
‎8528 59 400 1, 8528 59 400 9,
‎8528 59 800 1, 8528 59 800 9,
‎8528 61 000 0, 8528 69 100 0,
‎8528 69 910 0, 8528 69 990 1,
‎8528 69 990 9, 8528 71 110 0,
‎8528 71 130 0, 8528 71 190 0,
‎8528 71 900 0, 8528 72 100 0,
‎8528 72 200 1, 8528 72 200 9,
‎8528 72 300 1, 8528 72 300 2,
‎8528 72 300 3, 8528 72 300 9,
‎8528 72 400 0,‎ 8528 72 600 0,
‎8528 72 800 0, 8528 73 000 0 ‎
”‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 8-son, 103-modda)