Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 327-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustaviga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi F-3949-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 10-apreldagi 61-son qaroriga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi ijro etuvchi apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha ‎razryadlar
Lavozimlar nomi Yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadi
Komissiya raisi 20‎
Inspeksiya (kotibiyat) rahbari 18‎
Inspeksiya (kotibiyat) rahbarining oʻrinbosari 17‎
Yetakchi inspektor 13‎
Bosh buxgalter 13‎
Arxiv mudiri 8
Ish yurituvchi‎ 7”.‎
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-fevral,
28-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 69-modda)