Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni va Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda:
davlat buyurtmasini shakllantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor loyihalarini tanlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va koʻnikmalarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qaroriga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha savolnomani tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat buyurtmasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi barcha organlariga yuborsin;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.
4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
b) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haqlarni belgilash mezonlarini hisobga olgan holda 2013-yil 1-iyulgacha kadrlarni tanlash choralarini koʻrsinlar, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
belgilangan tartibda oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlari uchun belgilangan kompyuter savodxonligi darajasi talablariga muvofiqligi;
idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini, Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalashadigan axborot tizimlari komplekslarini oʻz vaqtida joriy qilish;
axborot tizimlari, shu jumladan qogʻozsiz hujjat aylanish ulushining koʻpayishini taʼminlashni hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanishni taʼminlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
axborot xavfsizligi, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-yanvar,
18-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar deb ataladi) shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari (departament, boshqarma, boʻlim, xizmat, guruh, shuʼba) va tasarrufidagi tuzilmalar (davlat unitar korxonalar, shuʼba korxonalar, filiallar) shaklidagi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarga joriy etiladi.
2. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish lavozim maoshiga ustama haq toʻlash tarzida amalga oshiriladi.
3. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haq tegishli tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan belgilanadi.
II. Ustama haq belgilash mezonlari
4. Quyidagilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun ustama haq belgilash mezonlari hisoblanadi:
tashkilotlarda qogʻozsiz hujjat aylanish ulushini kamida oʻrtacha ichki 90 foiz, idoralararo aylanishda – kamida 70 foiz taʼminlanishini hisobga olgan holda elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish;
yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ikki tomonlama yoki tranzaksion oʻzaro hamkorlik shaklidagi 70 foizdan kam boʻlmagan mavjud interaktiv xizmatlar taʼminlanishini hisobga olgan holda joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilot rasmiy veb-saytining qonunchilik talablariga kamida 80 foiz darajasida muvofiqligini taʼminlash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tashkilotlarning markaziy apparatlaridagi lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish uchun vazifalarni 100 foiz darajasida, hududiy va tasarrufdagi boʻlinmalarda – kamida 80 foiz bajarish;
axborot xavfsizligini taʼminlash;
tashkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha aniq asoslangan takliflar va tashabbuslar kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, boshqaruv va ish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha kompleks idoraviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tashkilot axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining uzluksiz ishlashini va uning ishida avariya holatlari, bekor turishlar va toʻxtab qolishlar boʻlmasligini taʼminlash;
idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish;
Milliy axborot tizimi doirasida integratsiyalanadigan axborot tizimlari komplekslarini oʻz vaqtida joriy qilish;
ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar shtatdagi xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasi boʻyicha talablarga muvofiqligi uchun attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha ijobiy baho olishi;
tashkilot xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha dasturlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilish.
Ushbu boʻlimda koʻrsatilgan mezonlar asosida har bir tashkilot axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatidan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni belgilash uchun oʻz mezonlarini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ularning belgilangan tartibda oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtishi natijalari hisobga olinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
III. Ustama haq belgilash tartibi
5. Tashkilot rahbariyati ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar boshliqlarining ushbu Namunaviy nizomning II boʻlimida koʻzda tutilgan mezonlar boʻyicha muddati, miqdori va asoslari koʻrsatilgan holda ustama haqlarni belgilash taqdimnomalari asosida belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar boshliqlari uchun taqdimnomani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish masalalarini mutasaddilik qiluvchi tashkilot rahbarining oʻrinbosari beradi.
6. Ustama haq ushbu ustama haq tayinlangan mezonlarga muvofiqligi taʼminlanmagan taqdirda, rahbarning mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari, ixtisoslashtirilgan boʻlinma boshligʻining qoʻyilgan vazifalarning bajarilmaganlik holatlari toʻgʻrisida asoslangan tahliliy maʼlumotlar va materiallarni ilova qilgan holdagi asoslangan bildirishnomasi asosida tashkilot rahbarining qaroriga koʻra belgilangan muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Mehnat intizomining buzilishi, shuningdek ishlarning bajarilishi yoki erishilgan natijalar toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotning taqdim etilishi ustama haqlarning belgilanishini rad etish yoki belgilangan ustama haqlarni bekor qilish uchun sabab boʻlishi mumkin.
Belgilangan ustama haq ixtisoslashtirilgan boʻlinmaning shtatdagi xodimiga hayfsan eʼlon qilingan taqdirda bekor qilinishi mumkin, bunda ustama haqni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror hayfsan eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi qarorda aytib oʻtilgan boʻlishi kerak.
IV. Ustama haq toʻlashni moliyalashtirish miqdori va manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustamalar xodim lavozim maoshining kamida 100 foiz miqdorda belgilanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan boshqa tashkilotlar oʻzlarining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda shtatdagi xodimlariga ustamalarni mustaqil belgilaydilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
9. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni toʻlash tegishli tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash fondi hisobiga va uning doirasida amalga oshiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
10. Ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning shtatdagi xodimlariga nisbatan tegishli tashkilotning mehnatga haq toʻlash amaldagi tizimida koʻzda tutilgan ragʻbatlantirish boʻyicha boshqa toʻlovlar ham qoʻllanishi mumkin.
11. Samarali mezonlarga muvofiq ustama haqlarni belgilash va toʻlashning samarali mezonlarini belgilash uchun javobgarlik tegishli tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 54-modda, 40-son, 528-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 50-son, 628-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)