2-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Masʼul ijrochilar | Ijro muddati |
I. Tashkiliy va tayyorgarlik chora-tadbirlari | |||
1. | Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, savdo-vositachi tashkilotlar, shuningdek, aholining keng qatlamlari uchun mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari turlari toʻgʻrisida doimiy yangilanib turadigan yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, SSP, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Davlat statistika qoʻmitasi | 2013-yil 10-yanvargacha, keyinchalik har chorakda yangilanadi |
2. | yil davomida respublikaning barcha shahar va tuman markazlarini qamrab olgan holda koʻrgazma-yarmarkalar oʻtkazish jadvalni tasdiqlash; aniq muddatlar va ularni samarali tashkil etish uchun masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda qishloq aholi punktlarida sayyor koʻrgazma-yarmarkalar tashkil etish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Har yili 20-yanvargacha |
3. | Koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish uchun raqobatbardosh nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining keng doirasini jalb qilish. | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Har yili 20-yanvargacha |
4. | aniq muddatlar va ularni samarali tashkil etish uchun masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda qishloq aholi punktlarida sayyor koʻrgazma-yarmarkalar tashkil etish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi | Koʻrgazma-yarmarkalarni oʻtkazish jadvaliga muvofiq |
5. | Ommaviy axborot vositalari orqali aholi va manfaatdor ishbilarmon doiralarni oʻtkazilayotgan koʻrgazma-yarmarkalarning maqsad va vazifalari, shuningdek, ularni oʻtkazish jadvali toʻgʻrisida keng xabardor qilish. | Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | Koʻrgazma-yarmarkalarni oʻtkazish jadvaliga muvofiq |
6. | Oʻtkazilayotgan koʻrgazma-yarmarkalarga oʻzi ishlab chiqargan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarining maqbul narxlarda oʻz vaqtida yetkazib berilishni taʼminlash. | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Fayz” xolding kompaniyasi, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Koʻrgazma-yarmarkalarni oʻtkazish jadvaliga muvofiq |
7. | Koʻrgazma-yarmarkalar ishi natijalari boʻyicha: Aholi oʻrtasida yuqori talabga ega boʻlgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari nomenklaturasini aniqlash; Yuqori talabga ega boʻlgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari turlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, tovarlar dizayni va sifatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, idoralar va xoʻjalik birlashmalari | Har chorakda |
8. | Koʻrgazma-yarmarkalarning oʻtkazilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish. | Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi | Har chorakda |
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi turdagi nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
1. | Yarmarkalar va koʻrgazmalar davomida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ichki bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish va shu asosda ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash hamda mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish. | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Fayz” xolding kompaniyasi, SSP, tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar | Har chorakda |
2. | Vazirlar Mahkamasining komplekslariga ishlab chiqarishni koʻpaytirish va yangi, talab yuqori boʻlgan mahsulot turlarini, shu jumladan budjet segmenti boʻyicha oʻzlashtirish yuzasidan tarmoq dasturlarini moliyalashtirish manbalari va mahsulotlarni oʻzlashtirish muddatlari bilan oʻzaro bogʻliq holda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun birinchi navbatda: - elektrotexnika mahsulotlarining yangi modellari va nomenklaturasi; - talab yuqori boʻlgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari (aralash matolar, erkaklar va ayollar koʻylaklari, choyshablar, palto va yarim palto va b.) shuningdek, galantereya tovarlari; - raqobatbardosh charm-poyabzal mahsulotlari va charmdan sport anjomlari; - yosh oilalar uchun yotoqxona va oshxona mebel jilolari, shuningdek, qishloq joylarda foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlarni kiritish. Mahsulotlarning yangi, talab yuqori boʻlgan turlarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va oʻzlashtirish boʻyicha, shu jumladan moliyalashtirish manbalari va mahsulotlarni oʻzlashtirish muddatlari bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan budjet segmenti boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun birinchi navbatda: — elektrotexnika mahsulotlarining yangi modellari va nomenklaturasi; — talab yuqori boʻlgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari (aralash matolar, erkaklar va ayollar koʻylaklari, choyshablar, palto va yarim palto va b.) shuningdek, galantereya tovarlari; — raqobatbardosh charm-poyabzal mahsulotlari va charmdan sport anjomlari; — yosh oilalar uchun yotoqxona va oshxona mebel jilolari, shuningdek, qishloq joylarda foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlarni Vazirlar Mahkamasi komplekslariga kiritish. | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, “Fayz” XK, Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi komplekslari | Har yili 20-yanvargacha |
3. | Ishlab chiqaruvchi korxonalar, savdo-vositachi tashkilotlar va mahsulot isteʼmolchilari oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashish. | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Fayz” xolding kompaniyasi, SSP, ishlab chiqaruvchi korxonalar | doimiy |
4. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi “Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 111-son qarorining 6-bandida nazarda tutilgan shartlarda aholiga isteʼmol kreditlari ajratish. | Tijorat banklari | doimiy |