Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-dekabr,
PF—4491-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2013-yilning 1-yanvaridan kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF–871-sonli Farmonida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga har oylik nafaqa;
b) 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga har oylik nafaqalar uchun — respublika va mahalliy budjetlarning mablagʻlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 23-avgustdagi PF–938-sonli Farmoni 4-bandining uchinchi xatboshidagi “amaldagi” soʻzidan oldin “yil boshida belgilangan” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi PF–3017-sonli Farmonida:
a) 2-bandidagi “eng kam” soʻzlaridan oldin “yil boshida belgilangan” soʻzlari yozilsin;
b) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-martdagi PF–3864-sonli Farmoni 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-sonli Farmoni 8-bandidagi “kichik korxonalar” soʻzlaridan keyin “(tabiiy gazni tranzit va eksport qiladigan korxonalar bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)