1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi 38-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 24-sentabrdagi PQ-1822-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi (keyingi oʻrinlarda Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi deb ataladi) erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha yosh iqtidorli kurashchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, oʻquvchilari yashash joyi, toʻrt marta ovqatlanish, sport ekipirovkasi, formali kiyim-bosh, sport uskunalari va anjomlari bilan taʼminlanadigan, internatga ega boʻlgan sport taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilarining umumiy soni, vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 kishidan oshmaydi;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida oʻqish muddati koʻpi bilan ikki olimpiya siklini (8 yilgacha) tashkil qiladi va oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga qabul qilinadigan hamda ular bilan Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi oʻrtasida kontrakt tuziladigan vaqtgacha davom etadi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida oʻquv-mashq jarayonining davom etishi va davriyligi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi va oʻquvchilarning har bir guruhi uchun yakka tartibda sport tayyorgarligi davrlari hisobga olingan holda sport maktabi rahbariyati tomonidan belgilanadi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida mashgʻulotlar 2013-yil 1-fevraldan, keyinchalik esa — har yili 2-sentabrdan boshlanadi.
2. Quyidagilar:
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining xodimlarning cheklangan umumiy soni 55 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 9 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilarini yashash uchun anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash normativlari 3-4-ilovalarga muvofiq;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini jihozlash uchun Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi mablagʻlari va homiylik mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan zarur oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik anjomlari, jihozlar, mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
“Qoʻl jangi markazi”ning qurilishi tugallanmagan obyekti negizida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining oʻquv-mashq korpusi qurilishini tugallash chora-tadbirlari kompleksi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlarining har kunlik normasi har yili tegishli moliya yilining 1-yanvarida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqi miqdoriga nisbatan foizlarda, lekin 30 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda, “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati huzuridagi turgʻun ovqatlanish shoxobchasining qoʻshimcha xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda belgilanadi.
5. Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda, Kurashning birlashtirilgan uslublari xalqaro federatsiyasi (FILA) trenyerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi trenyerlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishni;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining oʻquv-mashq jarayonida institut va Uyushmaning kadrlar hamda ilmiy-metodik salohiyatidan foydalanishni;
trenyerlar tarkibi va kurashchi oʻquvchilarning sport kurashlari boʻyicha yetakchi xorijiy markazlar va maktablarda stajirovkadan oʻtishini tizimli asosda tashkil etishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi bilan birgalikda:
erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha yosh kurashchilarni tayyorlashning ilgʻor xalqaro tajribasini hisobga olgan holda oʻquvchilarni tayyorlash dasturini bir hafta muddatda tasdiqlasin;
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining ayni bir vaqtda umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchilari hisoblanadigan oʻquvchilari uchun oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini tuzishda, eng avvalo, ularning asosiy oʻqish joyi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari jadvalini hisobga olsin;
oʻquv-mashq jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, oʻquv xonalarini zarur oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash chora-tadbirlarini taʼminlasin.
7. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maktab sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻquvchilar va trenyerlarni xalqaro musobaqalarda va xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashish uchun yuborish huquqi berilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-noyabr,
323-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-noyabrdagi 323-son qaroriga 1-ILOVA
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining
Tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-noyabrdagi 323-son qaroriga 2-ILOVA
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida tanlab olish
tartibi
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni tanlab olish va qabul qilish qoidalarini belgilaydi.
2. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni qabul qilish faqat tanlov asosida, ushbu Tartibga 1-ilovaga binoan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oʻquvchilarni sifatli tanlab olishni taʼminlash maqsadida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi va Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi qabul qilish boshlanishidan kamida ikki oy oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov va uni oʻtkazish shartlari toʻgʻrisida tegishli eʼlon beradilar.
II. Qabul komissiyasi
4. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni tanlov asosida sinash va tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyrugʻi bilan tasdiqlangan, yetti kishidan iborat tarkibdagi qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qabul komissiyasining raisi va kotibi oʻquvchilarni qabul qilish, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va saqlash yuzasidan masʼul shaxslar hisoblanadi.
5. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi direktori komissiyaning raisi hisoblanadi. Komissiya raisi etib, shuningdek Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining tajribali, malakali trenyerlaridan biri tayinlanishi mumkin.
Komissiya tarkibiga psixolog, tibbiyot xodimi, Oʻzbekiston sport kurashlari uyushmasi, shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritiladi.
6. Qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida oʻqishga talabgorlar, ota-onalar, jamoatchilik oʻrtasida maktabga qabul qilish tartibi va maktabning faoliyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
tanlov asosida tanlab olish oʻtkazilgungacha oʻqishga kirishga talabgorlar va ularning ota-onalari uchun mutaxassislar maslahatlarini tashkil etish;
tanlov sinovlari va tanlab olishni oʻtkazish, oʻquvchilarni qabul qilish yakunlarini umumlashtirish.
III. Hujjatlarni qabul qilish
7. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga kirishga talabgorlar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga qabul qilish toʻgʻrisida direktor nomiga (voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan) talabgorning arizasi;
pasportning yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (asl nusxalari qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilishda taqdim etiladi);
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
talabgorning 3,5-4,5 sm oʻlchamli 6 ta fotosurati;
talabgorning sport razryadini (unvonini) tasdiqlaydigan sportchining klassifikatsiya daftarchasi (sport guvohnomasi);
talabgorning umurtqa va oʻpkasi rentgen surati.
8. Hujjatlar har yili 20-iyul—10-avgust davrida qabul qilinadi*.
IV. Tanlov sinovlarini oʻtkazish
9. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida tanlov sinovlari va tanlab olish qabul komissiyasi tomonidan har yili 15—25-avgust** davrida oʻtkaziladi.
10. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga kiruvchi talabgorlarga quyidagi eng kam talablar qoʻyiladi:
sport ustaligiga nomzoddan past boʻlmagan sport razryadining mavjudligi;
kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari boʻyicha sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli oʻrinlarning (1— 3-oʻrinlar) mavjudligi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
11. Qoidaga koʻra, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga 17 yoshdan katta sportchilar — olimpiya zaxirasi kollejlarida yoki sport maktablarida oʻqishni tugatgan Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari qabul qilinadi. Istisno tariqasida, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga yanada yosh iqtidorli sportchilarning ham qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
12. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida tanlov sinovlari ushbu Tartibga 2 va 3-ilovalarga muvofiq maxsus va umumiy tayyorgarlik boʻyicha normativ talablarga binoan oʻtkaziladi.
13. Maktabga oʻqishga kiruvchilarning koʻnikmalari, layoqati va bilimlari 100 balli tizim (eng yuqori ball) boʻyicha baholanadi, ularning 70 ballgachasi maxsus jismoniy tayyorgarlikka va 30 ballgachasi – umumiy jismoniy tayyorgarlikka qoʻyiladi.
Tanlov boʻyicha tanlab olish qabul qilish rejasiga binoan, faqat eng koʻp ball olgan talabgorlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
14. Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga kirish uchun talabgorlarning ballari teng boʻlgan hollarda qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi.
15. Tanlov sinovlari va tanlab olish natijalari qabul komissiyasi tomonidan, ular tugallangandan keyin uch kun mobaynida eʼlon qilinadi.
V. Yakunlovchi qoidalar
16. Tanlov sinovlaridan va tanlab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar qabul komissiyasi protokoli asosida direktorning buyrugʻi bilan Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga qabul qilinadi.
Qabul komissiyasining protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.
17. Olingan ballar sonini hisobga olgan holda, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga qabul qilinmagan talabgorlar orasidan qabul qilish uchun zaxira shakllantiriladi.
18. Oʻquv yili mobaynida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining barcha oʻquvchilari har oyda ixtisosi boʻyicha, shuningdek umumiy va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha nazorat test sinovlari topshiradilar.
19. Yil mobaynida ixtisosi boʻyicha oʻquv dasturlari talablarini bajarmagan va nazorat test sinovlaridan oʻtmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgan, sogʻligʻining holati boʻyicha tibbiy salbiy koʻrsatkichlari boʻlgan oʻquvchilar Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilari safidan chiqariladi.
* 2013-yilda dastlabki oʻqishga qabul qilishda hujjatlar 2012-yil 20-dekabr—2013-yil 10-yanvar davrida qabul qilinadi.
** Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida tanlov sinovlari va tanlab olish 2013-yilda dastlabki oʻqishga qabul qilishda 2013-yil 15—25-yanvar davrida oʻtkaziladi.
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga oʻquvchilarni qabul qilish
SXEMASI
* 2013-yilda birinchi marta oʻqishga qabul qilishda hujjatlar 2012-yil 20-dekabr— 2013-yil 10-yanvar mobaynida qabul qilinadi.
** 2013-yilda birinchi marta oʻqishga qabul qilishda tanlov sinovlari va Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga tanlab olish 2013-yil 15—25-yanvar mobaynida oʻtkaziladi.
* Yashash uchun anjomlar ularning haqiqiy holati va foydalanishga yaroqliligi hisobga olingan holda almashtirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-noyabrdagi 323-son qaroriga 4-ILOVA
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oʻquvchilarini yashash uchun sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan taʼminlash
normativlari
T/r
Nomi
Oʻlchov birligi
1 oʻquvchi uchun normativ
Foydalanishning cheklangan muddati
1.
Kurash trikosi
dona
2
1 yil
2.
Kurash poyabzali
juft
1
1 yil
3.
Sport maykasi
dona
2
1 yil
4.
Sport shortlari
dona
2
1 yil
5.
Mashq qilish uchun sport kostyumi
toʻplam
1
2 yil
6.
Vaznni kamaytirish kostyumi
toʻplam
1
2 yil
7.
Sport poyabzali
juft
1
1 yil
8.
Ship�ak
juft
1
1 yil
9.
Sport sumkasi
dona
1
3 yil
10.
Tizzaband
juft
1
1 yil
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-noyabrdagi 323-son qaroriga 5-ILOVA
Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini jihozlash uchun zarur oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik anjomlari, jihozlar, mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari
roʻyxati
T/r
Buyumlar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Sport oʻquv-mashq anjomlari
1.
Kurash gilami
toʻplam
8
2.
Elektron tarozilar
ta
8
3.
Yoʻgʻon arqon
ta
10
4.
Kurash manekeni
ta
18
5.
Mashq shtangasi
ta
4
6.
Gimnastika turnigi
toʻplam
2
7.
Gimnastika bruslari
toʻplam
2
8.
Gimnastika skameykalari
ta
12
9.
Gimnastika stenkasi
ta
9
10.
Futbol toʻpi
ta
10
11.
Basketbol toʻpi
ta
10
12.
Tibbiyot toʻpi (medbol)
ta
10
13.
Hakam hushtagi
ta
10
14.
Ochkolar hisoblagich (qoʻl hisoblagichi)
ta
12
15.
Ogʻirlashtiruvchi jilet
ta
20
16.
Turli ogʻirlikdagi toshlar
ta
9
17.
Elektron qoʻl sekundomeri
ta
15
18.
Sakrash argʻamchisi
ta
15
19.
Rezina espander
ta
30
20.
Kabinet toʻplami
toʻplam
3
21.
Yumshoq mebel toʻplami
toʻplam
4
22.
Ikki javonchali stol
ta
10
23.
Bir javonchali stol
ta
29
24.
Yarim yumshoq yogʻoch stullar
ta
44
25.
Yarim yumshoq metall karkasli stullar
ta
72
26.
Suv ichish anjomlari uchun stol
ta
21
27.
Sinf doskasi
ta
2
28.
Kitob javoni
ta
16
29.
Rahbar kreslosi
ta
3
30.
Ikki seksiyali metall javon
ta
35
31.
Universal stellaj
ta
7
32.
Kompyuter stoli
ta
15
33.
Ikki seksiyali poʻlat sandiq
ta
1
Tibbiyot anjomlari
34.
Shiftga qoʻyiladigan bakteritsid nurlatgich
ta
1
35.
Shifokor stoli
ta
2
36.
Tibbiyot shkafi
ta
2
37.
Anjomlar stolchasi
ta
2
38.
Temir seyf
ta
6
39.
Tibbiy kushetka
ta
2
40.
Uqalash kushetkasi
ta
3
41.
Aylanma-koʻtarma stul
ta
2
42.
Yordamchi stol
ta
1
43.
Uzoq muddat dori quyish shtativi
ta
1
44.
Yara bogʻlash stoli
ta
1
45
Elektrokardiograf
ta
1
46.
Tibbiyot javonchasi
ta
1
47.
Boʻy oʻlchagich
ta
1
48.
Tibbiyot tarozilari
ta
4
49.
Taglik-zinacha
ta
1
Elektr maishiy texnikalar
50.
Maishiy sovutgich
ta
6
51.
Sharbat ezgich
ta
1
52.
Mikrotoʻlqinli pech
ta
2
53.
Elektr choynak
ta
2
Texnika vositalari va tashkiliy texnika
54.
16 juft abonent uchun mini-ATS
toʻplam
1
55.
“Motorolla” radiostansiyasi
toʻplam
1
56.
Ovozga joʻr boʻladigan apparatlar
toʻplam
1
57.
CRT 21 televizori
ta
8
58.
LCD 32 televizori
ta
4
59.
DVD pleyer
ta
5
60.
Videokamera
ta
3
61.
Fotoapparat
ta
2
62.
Videoproyektor
ta
2
63.
Noutbuk
ta
3
64.
Kompyuter
ta
12
65.
Printer
ta
12
66.
Kseroks
ta
3
67.
Skaner
ta
2
68.
Faks
ta
3
69.
Konditsioner
ta
10
70.
SWITCN NUB tarmoq uskunasi
ta
10
71.
Musiqa eshittirish markazi
ta
4
72.
Kabel
metr
300
73.
Oʻt oʻchirgichlar (OP-5)
ta
64
74.
51 mm diametrli oʻt oʻchirish shlangi (1,0 mpa)
ta
64
Transport vositalari
75.
Yengil avtomobil
ta
2
76.
Avtobus
ta
1
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-noyabrdagi 323-son qaroriga 6-ILOVA
“Qoʻl jangi markazi”ning qurilishi tugallanmagan obyekti negizida Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining oʻquv-mashq korpusi qurilishini tugallash
a) tomning metall konstruksiyalarini yongʻindan himoya qilish boʻyoqlari bilan boʻyash (1450 m2)
50,0
2012-yil 30-noyabrgacha
IIV
b) “Izover” mineral momiq paxta bilan osma shiftni isitish (450 m2)
13,0
2012-yil 30-noyabrgacha
IIV
v) ruxlangan poʻlatdan havo oʻtkazish quvurlari yotqizish (125m2 — ventilatsiya uskunalarining havo kirish tizimini oʻrab chiqish) ventilatsiya uskunalarini montaj qilish (havo kirish tizimi)
260,0
2013-yil 10-fevralgacha
IIV
g) modul bugʻqozon blokini montaj qilish (quvvati — 1350 kVt)
240,0
2012-yil 31-dekabrgacha
IIV
d) yangi montaj qilingan transformator nimstansiyasini ulash
2012-yil 10-noyabrgacha
IIV
2.
Hududlarni obodonlashtirish: 2500 m2 — yoʻl va tor koʻchalarga asfalt-beton yotqizish 1000 m2 — koʻkalamzorlashtirish va sugʻorish 430 m2 — toʻsiqlarning pastki qismini siniq toshlar bilan qoplash
148,0
2012-yil 30-noyabrgacha
IIV
3.
Obyektni Ishchi komissiya va Davlat qabul komissiyasiga topshirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish
2013-yil 21-martgacha
IIV, Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi
Jami:
711,0
* Zarur summa 2012-yil uchun Ichki ishlar vazirligi qurilishlarining manzilli roʻyxatida nazarda tutilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 524-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)