Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoniga muvofiq hamda Qo‘mita faoliyati samarali tashkil qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish kompleksi rahbari R.S. Azimov tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlarini bir oy muddatda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etsin va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan to‘ldirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qo‘mita huzurida tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalar va boshqa xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mulkini boshqarish departamenti hamda “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasi negizida davlat unitar korxonasi shaklidagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga quyidagilar yuklansin:
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari hamda davlat mulkini samarali boshqarish bo‘yicha davlat ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) bo‘yicha, shu jumladan ularni davlat ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalar va xo‘jalik birlashmalariga ishonchli boshqaruvga berish yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini ro‘yobga chiqarish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish hisobiga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aktivlari bo‘yicha dividendlarning aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishini ta’minlashga ko‘maklashish.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni;
Davlat aktivlarini boshqarish markazining tuzilmasini va Markaz to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 55-uy.
7. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-noyabr,
322-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 523-modda; 2015-y., 43-son, 549-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)