Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
“BOJXONA OMBORI” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1318-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-avgust,
01-02/12-23-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-son qaroriga
ILOVA
“Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar “hamda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 15-banddagi “to‘qqizinchi” degan so‘z “o‘ninchi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 22-bandning birinchi xatboshisidagi “oyiga bir marotaba” degan so‘zlar “har chorakda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
“261. ”Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi:
tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda;
tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganida;
tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qo‘yilgan taqdirda;
tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan davlat daromadiga o‘tkazilganda”.
birinchi xatboshidagi “yuk yetkazishni nazorat qilish kitobchasi” degan so‘zlar “yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi” degan so‘zlar bilan, “YUYENQK” degan abbrevitura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “YUYENQK” degan abbreviatura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin.
oltmish to‘qqizinchi xatboshidagi “9 raqamli” degan so‘zlar “10 raqamli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qson yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega bo‘lmagan omborga joylashtirilsa, mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan ruxsatnomaning raqami va sanasi ko‘rsatiladi”;
to‘qson yettinchi—yuzinchi xatboshilar tegishincha to‘qson sakkizinchi–bir yuz birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 39-son, 459-modda)