Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING YAGONA DAVLAT REGISTRI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini koʻrsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
1. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 25-sentabr,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qaroriga
1-ILOVA
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi oʻrinlarda KTYADR deb ataladi) axborot fondini tashkil etish maqsadini, yuritish tartibini va uning mazmunini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
2. KTYADR axborot-maʼlumotnoma tusidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan maʼlumotlardan iborat boʻlgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni taʼminlaydi.
KTYADR davlat statistikasining yagona axborot tizimi tarkibidagi davlat axborot resursi hisoblanadi.
KTYADR davlat tilida yuritiladi.
3. Quyidagilar KTYADRni yuritishning maqsadi hisoblanadi:
yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaxslarning yagona davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni taʼminlash;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi va davlat boshqa organlaridan olingan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, shuningdek ularni davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish;
statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlari maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari bilan axborotlar borasida oʻzaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini taʼminlash.
4. Quyidagilar KTYADRni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, yangilash, saqlash va tarqatishning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan metodologiyasining yagonaligi;
statistika klassifikatorlaridan foydalangan holda KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qoʻllash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan yuridik shaxslarni qamrab olishning toʻliqligi;
yagona dasturiy-texnik vositani qoʻllash va uni doimiy ravishda yangilab borish;
KTYADR axborotlaridan foydalanishning qulayligi va uni Milliy axborot tizimiga integratsiyalash.
II. KTYADR axborot fondining mazmuni
5. KTYADRning axborot fondi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
identifikatsiyalashtirish koʻrsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, kodi (KTUT), soliq toʻlovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR);
yuridik shaxsning klassifikatsiya koʻrsatkichlari — asosiy faoliyat turining xarakteri, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
maʼlumotnoma tusidagi koʻrsatkichlar — pochta manzili, telefonlarining raqami, muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (tugatilganligi) toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
6. Yuridik shaxsning kodi (KTUT — korxona, tashkilotning asosiy kodi) — KTYADRga kiritishda yuridik shaxsga beriladigan va statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan individual raqam hisoblanadi.
KTUT sakkizta raqamli belgilardan iborat boʻladi, dastlabki yettita raqam generatsiyalaydigan dasturiy metod bilan tasodifiy raqamni tashkil qiladi, sakkizinchi raqam kod himoyachisi hisoblanadi (bir razryadli nazorat soni).
KTUT bir marta beriladi, yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi va boshqa yuridik shaxsga berish uchun undan takroran foydalanilmaydi.
7. Klassifikatsiyalashtirish koʻrsatkichlarini aniqlash uchun statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistika klassifikatorlari qoʻllanadi.
Statistika organlari oʻrtasida axborotlar ayirboshlashni unifikatsiyalash maqsadida soliq va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan KTYADRda soliq toʻlovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR)dan foydalaniladi.
III. KTYADRni yuritish
8. KTYADRni yuritish quyidagi holatlarda maʼlumotlarning elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni oʻz ichiga oladi:
a) yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
b) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
v) yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
g) yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan (birlashtirilgan, qoʻshib yuborilgan) yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritishda;
d) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonunchilikda belgilangan muddatlarda ustav jamgʻarmasining shakllantirilmaganligi, shuningdek uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinganda;
(8-bandning d kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
e) yuridik shaxsning pochta manzili oʻzgarganda;
j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning oʻrtacha yillik soni oʻzgarganda — yillik statistika hisoboti asosida;
(8-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi oʻzgarganda — uning muassislari yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan tushgan maʼlumotlari asosida.
(8-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
9. KTYADRni yuritish uchun:
roʻyxatdan oʻtkazgan organlardan tushadigan maʼlumotlardan;
statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika maʼlumotlaridan;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda maʼlumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi.
10. KTYADR axborot fondini yuritish va yangilash uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi registrlarni va maʼlumotlar axborot bazalarini tashkil qiladigan va yuritadigan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
11. KTYADR maʼlumotlar yagona bazasiga yozuvlarni kiritish tartibi va ularning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
12. KTYADRni yuritish milliy statistika tizimida qoʻllanadigan dasturiy-texnologik vositalardan foydalangan holda elektron tarzda amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
KTYADR maʼlumotlari yoʻqolishining oldini olish maqsadida har oyda elektron manbalarda oyning 1-kunidagi holatiga koʻra uning rezerv nusxasi shakllantiriladi, u uning yoʻqolishini bartaraf etadigan joylarda asl nusxasi bilan birgalikda saqlanadi.
IV. KTYADRni yuritishda qatnashadigan tashkilotlarning funksiyalari
13. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy organlari tomonidan yuritiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi quyidagilarni taʼminlaydi:
KTYADRni rivojlantirishning metodologik asoslari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
KTYADR maʼlumotlari elektron bazasini ishlatish va boshqarish hamda undan uni yuritishda qatnashuvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda foydalanish;
yuridik shaxslarni hisobga qoʻyish va roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ishlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
statistika klassifikatsiyalari tizimini yuritish;
KTYADRning rezerv nusxalarini saqlash va uning axborot xavfsizligini taʼminlash;
davlat organlari bilan axborotlarni idoralararo ayirboshlash;
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V boʻlimida nazarda tutilgan tartibda axborot-maʼlumotnoma xizmati koʻrsatish.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlari quyidagilarni taʼminlaydi:
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlardan tushadigan KTYADR maʼlumotlarini ishlash hamda axborotlarning yoʻqolishi, buzilishi va soxtalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
KTYADRdagi klassifikatsiyalashtirish koʻrsatkichlarini statistika kuzatuvlarini oʻtkazish jarayonida olingan dastlabki statistika maʼlumotlari asosida oʻz vaqtida oʻzgartirish;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
tegishli hududdagi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, soliq organlari va davlat mulkini boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V boʻlimida nazarda tutilgan tartibda axborot-maʼlumotnoma xizmati koʻrsatish.
16. Quyidagilar:
yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining “b”—“e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;
yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining “a”—“e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar davlat statistika organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
V. KTYADRdan foydalanuvchilarga axborot-maʼlumotnoma xizmati koʻrsatish tartibi
17. KTYADRdagi identifikatsiyalashtirish, klassifikatsiyalashtirish koʻrsatkichlari, shuningdek yuridik shaxslarning pochta manzillari, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tartib raqami va sanasi (taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari barchaning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, KTYADRdagi boshqa koʻrsatkichlar maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 354-modda)
18. KTYADRdagi axborotdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar KTYADRning foydalanuvchilari boʻlishi mumkin.
Quyidagi maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda bepul taqdim etiladi:
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
KTYADRdagi maʼlumotlar — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga;
KTYADRdagi maʼlumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
KTYADRdan boshqa maʼlumotlarni olish uchun buyurtmachi tomonidan haq toʻlanadi.
19. KTYADRdan olingan maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan axborotning manbaini koʻrsatmasdan tarqatishga va (yoki) KTYADRdagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga tijorat maqsadlarida berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VI. KTYADRni tugatish
20. KTYADRni tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tugatishda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, KTYADR maʼlumotlari bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beriladi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridagi yuridik shaxs toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar
1. Yuridik shaxsning nomi‎‎
Toʻliq:
Qisqacha
‎‎2. Pochta manzili (tuman, shahar, manzil)
‎Aloqa telefonlari:
‎‎Elektron manzili (tashkilot yoki muassisning):
‎‎
‎‎3. Yangidan tashkil etilgan ‎‎ qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎faoliyati tiklangan (tugatish tartiboti toʻxtatilgan) ‎‎

‎taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

‎‎
‎‎pochta manzilini oʻzgartirish ‎‎
‎‎belgilangan muddatda moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilm�gan yoki ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, ixtiyoriy tugatish jarayoni (keragining ostiga chizilsin) ‎‎
4. Tashkiliy-huquqiy shakli kodi: _____________________________________‎‎

‎Mulkchilik shakli kodi: ____________________________________________

MHOBT kodi: ____________________________________________________

‎KTUT kodi:______________________________________________________

Faoliyatining asosiy turi: _________________________________________

‎‎STIR: __________________________________________________________

‎‎5. Muassislar haqidagi maʼlumotlar:

Muassislar

Muassislarning ustav jamgʻarmasidagi‎ ulushi‎‎

ming soʻm

%‎

Mamlakat ‎‎

Nomi‎ (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎

Jami ustav jamgʻarmasi‎‎

��‎‎
‎‎
‎‎6. Xodimlarning moʻljallanayotgan soni*: _________________________ kishi
‎‎*yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun

7. Roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi: _________________________________

‎‎8. Roʻyxatdan oʻtkazilgan

______________‎‎

______________

‎‎

‎‎(raqami)

‎‎(sanasi)

‎‎‎‎9. Tugatilgan (faoliyati toʻxtatilgan**) ‎‎ __________‎‎ __________‎‎
** qoʻshish yoki birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun ‎‎

‎‎(raqami) ‎‎

‎‎(sanasi) ‎‎

‎‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri toʻgʻrisida” 1994-yil 17-noyabrdagi 555-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 51-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 33-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 450-modda; 2015-y., 27-son, 354-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)