Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-7]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-iyul,
22/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 28-iyuldagi 22/1-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 12-bandning “g” kichik bandidan “hamda notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan hamda notarial tasdiqlangan ikki dona varaqcha. Mazkur kichik bandning notarial tasdiqlashga doir qismi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
3. 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Yuridik shaxslarning, shuningdek ularning vakolatxona va filiallarining imzolari namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha notarial tasdiqlanadi. Mazkur talabning notarial tasdiqlashga doir qismi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kasaba uyushmalari birlamchi tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ularning yuqori turuvchi kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qo‘shimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi.
33. Yuridik shaxs rahbari ikkita imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga — rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi, ikkinchisiga — buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Bankda hisobvaraq ochish uchun yuridik shaxslar bankka rahbar, shuningdek buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzolari namunalari va dumaloq muhr izi qo‘yilgan varaqchani ikki nusxada taqdim qiladi. Mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i va yakka tartibdagi tadbirkor dumaloq muhri bo‘lmagan hollarda, o‘z imzolari namunalarini taqdim etadi.
To‘lovga taqdim etiladigan cheklarning raqamlarini tekshirish maqsadida bank mijozlarga bergan pul cheklari raqamlarini mas’ul ijrochi va nazoratchilardagi mijozlarning imzolari hamda muhr izlari namunasi ko‘rsatilgan varaqchada qayd etiladi.”.
4. 38-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning notarial tasdiqlashga doir qismi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
5. 41-banddagi “korxonani” degan so‘z “yuridik shaxsni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin va “notarial tasdiqlangan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 362-modda)