Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2013
Hujjat 09.08.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
2012 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2283-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 23-oktabrdagi 4-mb-sonli “2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2403, 10.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda) asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 4-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 484-modda) bilan tasdiqlangan 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-iyul,
1-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-son qaroriga
ILOVA
2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 23, 32 va 35-son ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 27/1-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Yilda 2-marta (fevral, dekabr)” va “2 raza v god (fevral, dekabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 27/2-son ilovada:
“Har oyda,” va “Ejemesyachno,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 30-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 36-son ilovadagi “Mavsumiy” va “Sezonnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 43-son ilovadagi “Oylik (mavsumiy)” va “Mesyachnaya (sezonnaya)” degan soʻzlar tegishlicha “Yilda 2-marta (1-iyul, 1-oktabr)” va “2 raza v god (1-iyulya, 1-oktabrya)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 61/1-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 96-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 160-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan soʻzlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 361-modda)