|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2012/2013 YILLAR KUZ-QISh DAVRIDA BARQAROR IShLAShGA TAYYORLAShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari hamda tashkilotlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1 -ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 va 4-ilovalarga* muvofiq;
* 2 va 4-ilovalar berilmaydi.
koʻmir, mazut va texnik tuz, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha 2012/2013-yillar kuz-qish davri uchun yetkazib berish va tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;
* 5-ilova berilmaydi.
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 6-ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2012/2013-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev):
kommunal soha korxonalari, qozonxonalar, koʻp kvartirali turar-joy binolari, maktabgacha taʼlim, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2011/2012-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 20-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2012/2013-yillar kuz-qish davrida tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Uzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining kompaniyaga tegishli korxonalarida aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berishni tashkil etish uchun 65 400 dona maishiy gaz balonlarini ishlab chiqarish, shuningdek 15 000 dona gaz balonlari va 80 400 dona reduktorlarni import boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Oʻztransgaz” AK va uning unitar korxonalari tomonidan aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berishni tashkil etish uchun olib kelinadigan maishiy gaz balonlari hamda reduktorlar, shuningdek “Oʻzneftgazmash” AK zavodlarida maishiy gaz balonlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan metal va butlovchi buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha istisno tariqasida bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
2012-yil 20-iyun,
PQ-1778-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 6-son, 160-modda)