O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NODIR, ALOHIDA QIMMATLI VA NOYOB NASHRLAR SAQLANISHINI TA’MINLASH, ULARNING FONDINI TIZIMLI KO‘PAYTIRISH VA BOYITISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni, bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni tizimli sotib olishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish bo‘yicha kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mavjud axborot-kutubxona fondi doirasida bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarning elektron o‘xshashlari shakllantirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi aholining shaxsiy foydalanishidagi qo‘lyozma va litografiyalangan kitoblar, tarixiy hujjatlar, noyob bosma nashrlar, gazetalar, jurnallarni to‘plash va sotib olishni tashkil etishda, shuningdek xususiy kolleksiyalardagi qo‘lyozmalarni aniqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, “O‘zarxiv” agentligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyul,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga
1-ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar
Oldingi tahrirga qarang.
T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi Xarajatlar, mln so‘m Moliyalashtirish manbalari Mas’ul bajaruvchilar
amalga oshirish shakli

bajarish muddati

1. Nodir va alohida qimmatli nashrlarning normativ-metodik bazasini va yagona elektron fondini shakllantirish
1.‎

Axborot-kutubxona resurslarini nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslariga kiritish, shuningdek ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy
‎normativ-
‎huquqiy
‎hujjat
2012-yil
‎IV chorak
-‎ -‎ “O‘zarxiv”
‎agentligi,
‎ Milliy
‎kutubxona,
‎O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
2.‎

Nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining elektron fondi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ichki buyruq‎ 2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
3.‎

Manuskriptlarni, shuningdek Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan nodir nashrlarni bosqichma-bosqich elektron formatga o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ishlar jadvali ‎ 2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
4.‎ Milliy kutubxonaning noyob fondlarini elektron formatga o‘tkazish:
‎— raqamlash texnologiyasini tanlash;
— elektron namunalar yaratish va identifikatsiyalash;
— elektron resurslarning bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratish. ‎
Ishlar jadvali‎ Amalga oshirishning boshlanishi —
‎2012-yil IV chorak ‎
60,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎ xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎kutubxona‎
5.‎

Manuskriptlarning, shuningdek Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo‘lgan nodir nashrlarning bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish hamda uni to‘ldirish.‎

Ma’lumotlar bazasi‎ Boshlanishi
‎nashrlar to‘planishiga qarab —
‎2012-yil
‎ IV chorak ‎
-‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎

‎‎II. Axborot-kutubxona fondlarining konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatlarini texnik jihozlash va
‎ishlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

6.‎

Axborot-kutubxona fondlarining konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatlari ishlarini tashkil etish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlash.‎

Asbob-uskunalar ro‘yxati‎ Tasdiqlash —‎ 2012-yil
‎III chorak,
‎amalga
‎oshirish —
‎2013–2014-yillar ‎
600,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya (homiylik) mablag‘lari
Milliy
‎kutubxona,
‎Moliya
‎vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ‎
7.‎

Nodir va alohida qimmatli nashrlarni ular zarur tarzda saqlanishini ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida saqlash bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek axborot-kutubxona fondlarini o‘g‘irlanishdan himoya qilish tizimini takomillashtirish.‎

Tadbirlar rejasi ‎ 2012-yil
‎ III chorak‎
290,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari ‎
Milliy
‎ kutubxona‎
8.‎

Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan nodir va alohida qimmatli nashrlarga annotatsiyalar bilan birgalikda elektron namunalar va bibliografik ma’lumotlar bazasini taqdim etgan holda veb-sayt yaratish.‎

Veb-sayt‎ Amalga oshirishning boshlanishi —
‎2012-yil IV chorak ‎
6,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎ doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎ kutubxona,
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
9.‎

Milliy kutubxona fondidagi mavjud milliy hujjatli yozma merosni tahlil qilish, o‘rganish va saralash.‎

Ishlar jadvali‎ 2012-yil III chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
10.‎

So‘rovnomani to‘ldirish uchun yo‘riqnoma va tavsiyalarni ishlab chiqish. Nodir va alohida qimmatli nashrlarni pasportlashtirish.‎

Ma’lumotlar bazasi‎ Ishlab
‎chiqish — ‎2012-yil I
‎II chorak,
‎amalga
‎oshirish —
‎2012-yil
‎IV chorak ‎
Milliy
‎kutubxona‎
11.‎

Milliy kutubxonaning avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining “Fondlarning saqlanishi” modulini yaratish va joriy etish.‎

Dasturiy mahsulot‎ Yaratish — ‎2013-yil II
‎ chorak, a‎malga oshirishning boshlanishi —
15,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎ta‎shqari �a
‎xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari ‎
‎Milliy
‎ kutubxona‎
12.‎

Foydalanuvchilarning nodir va alohida qimmatli nashrlar bilan tanishishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ichki buyruq ‎ 2012-yil
‎ III chorak‎
-‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
III. Restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
13.‎

Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Milliy kutubxonaning o‘quv-maslahat kurslari bazasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish masalalari bo‘yicha ta’lim beruvchi seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish.‎

O‘quv rejasi, seminarlar dasturi‎ Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil IV chorak ‎ 10,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎kutubxona‎
14.‎

Milliy kutubxona mutaxassislari uchun nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron formatga o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy stajirovkalarni tashkil etish.‎

Tadbirlar rejasi ‎ 2012-yil
‎ IV chorak‎
50,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎ mablag‘lari
‎ doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎kutubxona‎
15.‎

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron formatga o‘tkazish masalalari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish uchun seminarlar, treninglar tashkil etish.‎

Tadbirlar rejasi‎ 2012 — 2014-yillar‎ 50,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎t‎ashqari va
‎ xayriya
‎ (homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎kutubxona‎
16.‎

Axborot-kutubxona fondlarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha mahalliy va xorijiy tadbirlarda (konferensiyalarda, seminarlarda) qatnashish, ularni tizimli tashkil etish va keng foydalanish uchun taqdim etish.‎

Konferensiyalar
‎ va seminarlar ishida qatnashish‎
2012 — 2014-yillar‎‎ 10,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablag‘lari
‎ doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎ xayriya
‎(homiylik) mablag‘lari‎
Milliy
‎ kutubxona‎

Jami:‎

1 091,0‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga
2-ILOVA
Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish bo‘yicha
kompleks tadbirlar
Oldingi tahrirga qarang.
T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi Xarajatlar,
‎mln so‘m
Moliyalashtirish manbalari Mas’ul bajaruvchilar
amalga oshirish shakli

bajarish
‎muddati

I. Normativ-metodik bazani shakllantirish
1.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni aniqlash va tanlash bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo
‎normativ-huquqiy
‎hujjat
2012-yil
‎ IV chorak
-‎ -‎ “O‘zarxiv”
‎agentligi, Fanlar
‎ akademiyasining
‎ Sharqshunoslik
‎instituti, Milliy
‎ kutubxona,
‎Madaniyat va sport
‎ ishlari vazirligi,
‎Badiiy akademiya,
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston
‎matbuot va axborot
‎agentligi
2.‎

“Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni sotib olish, ijaraga olish va ulardan vaqtincha foydalanish uchun narxlarni belgilash mezonlari” yo‘riqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Idoralararo
‎ normativ-huquqiy
‎hujjat‎
2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Fanlar akademiyasi,
‎ “O‘zarxiv” agentligi,
‎ Milliy kutubxona,
‎ Moliya vazirligi,
‎Madaniyat va sport
‎ ishlari vazirligi,
‎ Badiiy akademiya,
‎O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston
‎matbuot va axborot
‎ agentligi ‎
3.‎

Nodir qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek noyob nashrlarni saqlovchilarga (ularning egalariga), ular o‘zgaga berilgan hollarda (ijaraga, vaqtincha foydalanishga berish, sotish va shu kabilar), bunday hujjatlar va raritet nashrlarning maqomiga (tarixiy, ilmiy, ijtimoiy qimmatliligi) tegishli asoslangan xulosalar berish.‎

Saqlovchi
‎(egasi) va manfaatdor
‎ tomon o‘rtasidagi namunaviy
‎shartnoma‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak ‎
-‎ -‎ “O‘zarxiv”
‎ agentligi, Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy kutubxona,
‎O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
4.‎

Aholida saqlanayotgan qo‘lyozmalar va bosma nashrlarni tizimli aniqlash va to‘plashni tashkil etish. ‎

Arxeografik ekspeditsiyalarning
‎ jo‘nab ketish
‎jadvali va
‎respublika viloyatlarida
‎bunday ekspeditsiyalarni tashkil etish ‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak,
‎har yili ‎
20.0‎ Ajratiladigan
‎ budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari va xayriya (homiylik) mablag‘lari ‎
Fanlar
‎akademiyasining
‎Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy‎ kutubxona,
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi,
‎Qoraqalpog‘iston Respublikasi
‎Vazirlar Kengashi,
‎ viloyatlar va
‎Toshkent shahar
‎hokimliklari ‎
5.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlar bilan foydalanuvchilarning ilmiy-ta’lim maqsadlarida tanishishi uchun ular to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish:
‎aholidan qimmatli qo‘lyozmalar va nashrlarni sotib olish;
‎hujjatning holati va saqlanish darajasi pasportini ishlab chiqish;
‎hujjatning holati va saqlanishi darajasi pasportini to‘ldirish. ‎

Hujjatlarning holati va
‎ saqlanishi darajasi ma’lumotlari
‎ bazasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak, har yili ‎
50,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari va xayriya (homiylik) mablag‘lari‎
Milliy ‎kutubxona,
‎O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎“O‘zarxiv”
‎agentligi ‎
6.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.‎

Ma’lumotlar
‎bazasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak ‎
100,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari va
‎ xayriya (homiylik) mablag‘lari‎
Milliy kutubxona,
‎O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, “O‘zarxiv”
‎agentligi‎
7.‎ Yaratilgan bazani elektron formatga o‘tkazish:
‎— raqamlash texnologiyasini tanlash;
‎— elektron namunalar yaratish va identifikatsiyalash;
‎— elektron resurslarning bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratish. ‎
Ishlar jadvali‎ Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak ‎
60,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablag‘lari doirasida,
‎budjetdan tashqari
‎ va xayriya
‎ (homiylik)
‎ mablag‘lari‎
Milliy
‎kutubxona, ‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎“O‘zarxiv”
‎ agentligi ‎
8.‎

Jamiyat uchun bosma nashrlar, adabiyot va san’at asarlari, qo‘lyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob nashrlarni bundan keyin saqlash va konservatsiya qilish, raqamli o‘xshashlari uchun master-nusxalar yaratish, master-nusxalar Milliy kutubxonada saqlanishini, sug‘urta nusxalari esa O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlarning markaziy davlat arxivida saqlanishini tashkil etish.‎

Tadbirlar
‎rejasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak ‎
80,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablag‘lari doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va xayriya (homiylik) mablag‘lari‎
Milliy kutubxona,
‎“O‘zarxiv” agentligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎ instituti

‎‎II. Restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

9.‎

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti talabalarining Milliy kutubxonada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi, amaliyot va stajirovkadan o‘tishi bilan bog‘liq holda, ularni keyinchalik ishga joylashtirgan holda, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.‎

Tadbirlar
‎ rejasi‎
2012-yil
‎II chorak‎
20,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablag‘lari doirasida,
‎budjetdan tashqari
‎ va xayriya
‎(homiylik)
‎mablag‘lari‎
Milliy kutubxona,
‎Oliy va o‘rta maxsus
‎ ta’lim vazirligi ‎
10.‎ “Axborot-kutubxona va arxiv fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish” bo‘limini 5A220301 – “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik” magistratura mutaxassisligining tegishli fani o‘quv dasturiga kiritish.‎ Tegishli mavzularni
‎o‘quv dasturiga
‎ kiritish‎
2012-yil‎ -‎ -‎ Oliy va o‘rta
‎maxsus ta’lim
‎ vazirligi,
‎Madaniyat va
‎sport ishlari
‎vazirligi,
‎“O‘zarxiv”
‎agentligi‎,
‎Milliy ‎kutubxona ‎
11.‎

5A220301 – “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik” magistratura mutaxassisligining tegishli fani bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritiladigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan o‘quv-metodik komplekslarni takomillashtirish.‎

O‘quv-metodik
‎materiallar va
‎ o‘quv-metodik komplekslarni
‎yangilash‎
2013-2014-yillar‎ -‎ -‎ Oliy va o‘rta
‎maxsus ta’lim
‎vazirligi, Fanlar
‎akademiyasi,
‎Madaniyat
‎va sport ishlari
‎ vazirligi,
‎“O‘zarxiv”
‎ agentligi ‎
12.‎

Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Milliy kutubxona va O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar markaziy davlat arxivi bazasida nodir va alohida qimmatli nashrlar va qo‘lyozma hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish uchun seminarlar, treninglar tashkil etish.‎

Seminarlar,
‎treninglar‎
2012 — 2014-yillar‎ 20,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablag‘lari doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari
‎va xayriya
‎ (‎homiylik)
‎ mablag‘lari‎
Fanlar
‎akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy kutubxona,
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi,
‎“O‘zarxiv”
‎ agentligi ‎
13.‎

Milliy madaniy meros obyektlarini saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish masalalari bo‘yicha xorijiy konferensiyalar, seminarlar, treninglarda qatnashish.‎

Konferensiyalar, seminarlar va
‎treninglar ishida qatnashish ‎
2012 — 2014-yillar‎ 60,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablag‘lari
‎ doirasida,
‎budjetdan
‎ tashqari va
‎xayriya (homiylik)
‎mablag‘lari‎
Fanlar
‎akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti, Milliy kutubxona, “O‘zarxiv”
‎agentligi‎

III. Aholidagi alohida qimmatli, nodir nashrlar va hujjatlarni aniqlash va to‘plash tadbirlarining maqsadlari,
‎mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish‎‎

14.‎

Aholidagi alohida qimmatli, noyob nashrlar va hujjatlarni aniqlash va to‘plash bo‘yicha ko‘rilayotgan tadbirlarning ahamiyati va talablari to‘g‘risida aholini keng xabardor qilish.
‎Olimlar, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining tele- va radio kanallarida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish.
‎Amalga oshiriladigan tadbirlar jarayoni va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish. ‎

Teleko‘rsatuvlar
‎ va radioeshittirishlar turkumi, ommaviy axborot vositalarida ruknlar
2012 — 2014-yillar‎‎ 30,0‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablag‘lari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya (homiylik) mablag‘lari‎
Qoraqalpog‘iston
‎Respublikasi
‎ Vazirlar Kengashi,
‎ viloyatlar va
‎Toshkent shahar
‎h‎okimliklari,
‎Milliy kutubxona,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi,
‎O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, milliy teleradiokompaniyasi ‎

JAMI:‎

440,0‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 317-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)