Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2012-YIL 10-APRELDAGI PF-4435-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4435-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-iyun,
160-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-iyundagi 160-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 52-bandi “Masʼullar” ustunidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Davlat boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2012-yil 26-martdagi 82-son qaroriga ilovaning 32-bandi “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi” soʻzlari “Davlat boshqaruvi akademiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 254-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)