Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
YUQORI ChASTOTALI QURILMALARNING RUXSAT BERUVChI HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh, QURILMALARNI ROʻYXATGA OLISh VA ULARNING TEXNIK PARAMETRLARINI OʻLChAShNI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1751-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) hamda 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 42-son, 454-modda) muvofiq buyuraman:
1. Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1751, 2007-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 542-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-mart,
6-yu-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 20-martdagi 6-yu-son buyrugʻiga
ILOVA
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning birinchi xatboshisidan va 1-ilovadan “sotish” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. 9, 12 va 13-bandlardan “va sotish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 10-bandning beshinchi xatboshisidagi va 11-banddagi “oʻtkazish va sotishga” degan soʻzlar “oʻtkazishga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2012-yil 24-fevral
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2012-yil 27-fevral
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v. b. U. TURDIYEV
2012-yil 1-mart
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2012-yil 2-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 185-modda)