O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risida
(hujjat nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyatida “Angren” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Angren” EIZ deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq hududlar chegaralari doirasida barpo etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin va yerlarning tegishli ravishda ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, “Angren” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiritilgan yer maydonlari “Angren” EIZ direksiyasining bevosita tasarrufida bo‘ladi.
(1-bandning uchunchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘kotgan — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ faoliyat yuritadigan muddat mobaynida uning hududida maxsus soliq tartibi va bojxona imtiyozlari amal qiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZ qatnashchisi maqomi elektron onlayn-auksion savdo natijasiga ko‘ra “Angren” EIZ direksiyasi tomonidan beriladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” EIZda ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik subyektlariga nisbatan soliq to‘lovchining holatini yomonlashtiradigan O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi aktlari qo‘llanilmaydi, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi aktlar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘kotgan — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘kotgan — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Toshkent viloyati hokimligi belgilangan tartibda “Angren” EIZda loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun quyidagilarni ta’minlasin:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi navbatda sobiq sanoat zonalarining foydalanilmayotgan hududlarida korxonalar qurish uchun yer maydonlarini o‘z vaqtida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil yil 12-oktabrdagi PF-233-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “bir darcha” tamoyili asosida berish.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Angren” EIZda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, Toshkent viloyati hokimligi bo‘linmalari va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar kommunikatsiyalarni ishlab chiqarish maydonchalariga tutashtirgan holda kafolatli ulanishini ta’minlaydilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zavtoyo‘l” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Angren” MIZ Direksiyasini tashkil etsin va “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin, unda “Angren” maxsus industrial zonasi to‘g‘risidagi Nizom hamda “Angren” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashi haqidagi Nizomni tasdiqlash nazarda tutilsin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 146-sonli “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-aprel,
PF-4436-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-apreldagi PF-4436-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar
RO‘YXATI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
I. Angren shahri
II. Ohangaron shahri
III. A-373 avtomobil yo‘lidan shimol tomonda Ohangaron va Angren shaharlari o‘rtasidagi uchastkada joylashgan hudud (78 — 101 km qismi), Alisher, Azimota, Uvoq, Chirish, Geolog, Yangi Kuchbuloq, Sog‘lom aholi punktlari bundan mustasno, va:
janub tomondan — A-373 avtomobil yo‘li (78 — 101 km qismi) bilan;
sharq tomondan — Qorabov daryosi qayirining o‘ng tomoni bilan;
shimol tomondan — Oqchasoy jilg‘asi qayirining so‘l tomonidan Angren sanoat magistral kanali (ASMK) bo‘ylab 3 km, so‘ngra shimol tomonga 500 kV EUL “Yangi Angren IES-PS O‘zbekiston” (500 kV EUL) gacha, keyin 500 kvV EUL bo‘ylab Alisher aholi punkti orqali 4-sug‘orish quvuri (SQ)gacha va so‘ngra suv quvuri bo‘ylab 500 kV EUL bilan kesishgungacha, keyin sharqqa qarab 500 kV EUL bo‘ylab Achchiqsoy jilg‘asigacha, keyin shimolga qarab Achchiqsoy jilg‘asi 2-SQ bilan kesishgungacha, so‘ngra 2-SQ bo‘ylab Uvoq aholi punkti orqali sharqqa tomon u Qurtoshsoy jilg‘asi bilan kesishgungacha, so‘ngra Qurtoshsoy jilg‘asi bo‘ylab shimolga qarab u Olmaliq KMKning Angren ruda boshqarmasi gidroqatlamiga olib boradigan avtomobil yo‘li bilan kesishgungacha, keyin ushbu avtomobil yo‘li bo‘ylab sharqqa tomon Chirishsoy jilg‘asigacha, keyin u 500 kV EUL bilan kesishgunigacha janubga tomon, so‘ngra 500 kV EUL bo‘ylab u “Qizil Olma” koniga olib boruvchi avtomobil yo‘li bilan kesishgunigacha shimoli-sharqqa tomon, keyin ko‘rsatib o‘tilgan avtomobil yo‘li bo‘ylab janubi-sharqqa tomon Sog‘lom aholi punkti chegarasigacha, keyin sharqqa tomon Qorabov daryosigacha chegaralangan hudud.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: “Angren” erkin iqtisodiy zonasiga kiruvchi hududlar va uning chegaralari, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PF-5728-sonli Farmoniga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 177-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son; 26.06.2019-y., 09/19/525/3340-son; 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)